I.BOB. Turkiy tillar taraqqiyotida –lar ko’plik shaklining o’rni haqida
1.1. Qadimgi turkiy tilda –lar ko’plik shaklining qo’llanilishi.
Turkiy tillar tarixida ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichlari, asosan, quyidagilar: 1. Ko‘plikning -lär, -lar qo‘shimchasi. Bu forma VI-XIV asrlarda qo’llanilishiga ko’ra farq qilgan. Jumladan, VI-X asrlarda –lar –ler shakli faqat otlarga qo’shilgan bo’lsa, XI asrlarda kelib esa boshqa so’z turkumlarga ham qo’shilib kelgan.
-lar –ler shaklining kelib chiqishi haqida turli xil fikrlar uchraydi. Ba’zi tilshunoslar bu affiks qadimgi mo’g’ul trilidagi “nar” so’zi bilan bog’liq desalar, ayrim tilshunoslar esa bu fikrga qo’shilmaydilar. Jumladan, N.A.Baskakov. biz ham keyingi fikrni ma’qullaymiz.
-lar –ler affiksini olgan so’zlar swmantik tomondan hozirgi turkiy tillardan farq qilmaydi.
MK da: bilgälär – donolar, alplar – pahlavonlar, qapuğlar – eshiklar. Yoki Huast. da: yaruq täŋrilär – yorug‘ tangrilar, arïğ dintarlar – pokiza rohiblar.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining uslubiy talablariga ko‘ra otlardan oldin ularning son ko‘rsatkichi keltirilsa, otga -lar qo‘shimchasi qo‘shilmaydi. Qadimgi turkiy tilda esa bunday o‘rinlarda ham otlarga ko‘plik affiksi qo‘shilishi mumkin. Masalan, “Oltun tusli yorug‘” asarida: iki ičiläri – ikki akasi, üč tiginlär – uch shahzoda, iki tigitlär – ikki shahzoda, yeti enükläri – (barsning) yetti bolasi.
2. Yozma yodgorliklar tilida ko‘plik -n qo‘shimchasi bilan ham yasalgan. Masalan, QB da: türkän – turklar, erän – erlar, mardlar. MK da: oğlan ïğlašdï – bolalar yig‘lashdi, erän alpï oqïštïlar – mardlar bir-birlarini chorladilar. Yodgorliklarda oğlan va erän so‘zlari birlik shaklida ham qo‘llanilgan: oğlan suw tökdi – o‘g‘lon suv to‘kdi (MK.II.27).
3. Qadimgi turkiy tilda rudiment holida ko‘plikning -t qo‘shimchasi ham uchraydi (Maлов 1951,50–51). Bu qo’shimcha haqida ham olimlarning fikrlari mavjud. Bu forma ko’proq VII-XII MBunday ko‘plik -n ning -t ga o‘zgarishi bilan hosil qilingan.
Bu forma “Hibat ul haqoyiq “, “Qissasi Rabg’uziy” da uchramaydi. Mazkur qo’shimcha to’grisida turkologlarning har xil fikrlari mavjud. Jumladan , Madovning fikricha, bu forma mo’g’ul tilidan o’zlashtirilgan. Masalan, tigin (shaxzoda) – tigit (shaxzodalar). Bu qo’shimcha –lar shakli bilan birga kelish holati ham bo’ladi. Masalan, “Oltun tusli yorug‘” asarida: tigin – shahzoda, tigit – shahzodalar. Lekin asarda uning ko‘pligi tiginlär~tigitlär shakllarida ham qo‘llanilaveradi. Bunday usul bilan yasalgan ko‘plikka yana bir misol: tarqan – tarxon (unvon), tarqat – tarxonlar.
4. Turkiy tillar tarixida ko‘plik -z affiksi bilan ham yasalgan. Bunga quyidagi so‘zlarni misol keltirish mumkin: meŋiz – yuz, köküz – ko‘krak, omuz – yelka, möŋüz – shox, ağïz – og‘iz (uning ikki chakakdan iborat ekanligi nazarda tutilgan). Bunga köz so‘zini ham misol keltirish mumkin. Solishtiring: kör – fe’l (-r – fe’l yasovchi), köz (-z – ko‘plik qo‘shimchasi). Asli bu so‘zlarga -z qo‘shilishi orqali “ikkilik, juftlik” nazarda tutilmoqda. Biroq, turkiy tilda “ikkilik” yo‘q. Biror narsaning bittasi birlikda, ikkinchisi qo‘shilsa, ko‘plikka aylanadi. “Ikkilik” – ko‘plik degani. Shunga ko‘ra -z affiksi, ikkilik, juftlik yasovchi emas, ko‘plik yasovchidir.
Biz va siz olmoshlaridagi z ham ko‘plik qo‘shimchasidir. S.Y. Malovning yozishicha, bu olmoshlar quyidagi usulda hosil bo‘lgan: bi+si=biz (men+sen=biz); si+si=siz (sen+sen=siz) (Maлов 1951,51–52).
-z qo‘shimchasi fe’llarga qo‘shilib, ularning shaxs va sonini bildiradi. Masalan, tinglovchi birligi bardïŋ, ko‘pligi esa bardïŋïz bo‘ladi. Yoki, ko‘k turk bitiglarida tinglovchi birligi bardïğ shaklida qo‘llanilgan: Qağanïŋïn sabïn almatïn yer sayu bardïğ. – Xoqoningning so‘zini olmayin har yerga tarqab ketding (Ka.9). Buning ko‘pligi hozirgi ayrim turkiy tillarda (xususan, tatar tilida) – bardïğïz. Hozirgi o‘zb.: barïšïŋ keräk, ko‘pligi – barïšïŋïz keräk. Yoki: keliŋ – keliŋlär – keliŋiz. Keliŋiz so‘zidagi -iŋ – hurmatni bildiradi, -iz esa ko‘plikni ifodalaydi.
Qadimgi yozma yodgorliklarda a (o) qo’shimchalari ko’plik ma’nosini ifodalaganligi ayrim manbalarda qayd etilgan. Bunga meqiz, kokuz, omuz, ag’uz, baz, onz kabi so’zlarni keltirtishadi. Bu kabi so’zlar ko’plik emas balki juftlik ma’nosini ifodalaydi. Mazkur so’zlar ko’plik affiksi bilan ham ishlatilgan. Masalan, manizlar, qokuzlar.
Yozma manbalarda –an, -un , gun (g’un) ,g’in ( gin) , qin va boshqa shakllari ham uchraydi degan qarashlar mavjud. Ammo Mahmud Qoshg’ariy -an ko’plik forma emasligini ta’kidlaydi.
Qadimgi turkiy tilda –d (t), -z (s) , an , un, g’un , gun va boshqa shakllarning otlarning ko’plik kategoriyasini tashkil qilishiga shubha tug’diradi.
Hozirgi o‘zbek tilida siz aslida tinglovchi ko‘pligidir. Biroq yoshi, martabasi ulug‘, hurmati bor kishilarga ham siz deb murojaat qilinadi. Tilimizda “sizlab gapir”, “senlab gapir” degan iboralar ham bor. Birinchisi hurmatni, keyingisi esa yaqinlikni, yosh va darajasi quyi kishilarga bo‘lgan murojaatni, kerak bo‘lganda salbiy ohangda hurmatsizlikni, hatto mensimay so‘zlashni ham bildiradi. Demak, hurmatning grammatik ko‘rsatkichlaridan biri so‘zning ko‘plik shaklidir. Tinglovchi va o‘zga ko‘pligini (siz, ular), otlardagi tinglovchilar va o‘zgalar egaligini (sizniŋ, ularnïŋ), fe’llardagi tinglovchilar va o‘zga kishilarning harakat va holatini (ya’ni shaxs-sonni) bildiruvchi qo‘shimchalar, o‘rni bilan, hurmatni ham bildiradi. Masalan, dadamlar, ayïmlar deganda ko‘plikni emas, ularga bo‘lgan hurmatni ifodaymiz. Nutq jarayonida hurmat shu qadar kuchliki, hatto hurmatga sazovor kishining ish-harakati va holatiga, unga tegishli narsalarga ham hurmatni bildiruvchi qo‘shimcha qo‘shib so‘zlanadi. Masalan: Dada, avqatïŋïznï yeb alïŋ gapini olaylik. Avqat so‘zi otaga tegishli, shuning uchun unga hurmatni bildiruvchi -ïz qo‘shimchasini qo‘shib avqatïŋïz deyiladi. Keyingi yeb al- fe’li ham otaga qarashli, shuning uchun u ham hurmat shaklida (yeb alïŋ). Endi Dadamlar išdän kelgänläridä avqatlarïnï ïsïtïb berdim gapidagi hurmatga e’tibor beraylik. Dadamlar so‘zidagi -lar otaga bo‘lgan hurmatni bildiradi; kelgänläridä so‘zi ham otaning harakati, shuning uchun ham u hurmat shaklida; avqat ham otaga tegishli, shundan kelib chiqib, unga ham -lar qo‘shiladi. Endi ïsïtïb berdim so‘zi menga tegishli; shu yerda gapdagi hurmat darajasi bir pog‘ona pastga tushadi: unga -lar qo‘shimchasi qo‘shilmaydi. Ko‘plik shakli hurmatni ifoda etganligini Mahmud Koshg‘ariy ham ta’kidlagan edi. Uning yozishicha, turklar sen so‘zini kichiklarga, xizmatchilarga hamda so‘zlovchidan daraja, martaba, yoshda quyi bo‘lgan kishilarga nisbatan qo‘llaganlar. O‘zlaridan yuqori hurmatli kishilarni siz deganlar. O‘g‘uzlar esa, aksincha, kattalarga sen, kichiklarga siz deb qo‘llaydilar. Ko‘plikda ham shuni ishlatganlar (MK.I.326). 5. Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida ko‘plik -ağut qo‘shimchasi bilan ham hosil qilingan degan qarashlar bor. Biroq bu qo‘shimcha bilan yasalgan so‘zlar ko‘plikni bildirmaydi. Masalan, ST da: alpağut – pahlavon, bayağut – boyon.
Xulosa qilib aytganda, qadimgi turkiy tillarda ham ko’plik ma’nosini ifodalovchi –lar shakli qo’llangan. Faqatgina –lar shaklidan tashqari bir qancha qo’shimchalardan ham ko’plik ma’nosini ifodalash uchun foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: |