Mavzu: turkiy tillarda -lar ko’plik qo’shimchasining qiyosiy o’rganilishi reja: Ishning umumiy tavsifi


Umarosi …yana Alisherbek Navoiy edi, begi emas edi, balki musohibi edi. (“Boburnoma”) Za’f aro ushshoqg‘a



Yüklə 47,55 Kb.
səhifə8/13
tarix24.03.2023
ölçüsü47,55 Kb.
#89591
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
maxtubova fereuzabonu kurs ishi turekiydocx

Umarosi …yana Alisherbek Navoiy edi, begi emas edi, balki musohibi edi. (“Boburnoma”)
Za’f aro ushshoqg‘a ibrat bo‘lubman, ohkim,
Ko‘zga ahvoli nizorim yor ilmaydur hanuz.
(MunisXorazmiy )
Kulonkir sulton ot qo‘ymoq sening haddingmu? Bu ot – Humo, Uqob, Qarchig‘ay, Bahrin, Lochin, Itolgu qushlarning salotinidurlar, alarga munosib ot turur.
(“Zarbulmasal”)
Arkoni davlat va a’yoni hazrat umaro va vuzaro hozir bo‘ldilar.
(“Guliston bit-turkiy”)
Amir abyotin, ey mutrib, eshutsun ko‘chak-u buzruk. (Amiriy)
Kelib ko‘nglima Majnun, Layli yodi, Dafotir ustina so‘z seli yog‘di. (Sayfi Saroyi)
Netong Majnun mening shogirdim o‘lsa, Ki, ishq atfolining ustodi men-men. (Munis Xorazmiy)
Necha mullo ilm o‘qub, rohi shayotinni topib, Chun ribo-vu rishvani yerlar xushdorliq bilan.
(Boborahim Mashrab)
Holo saning so‘zing birlan bul qozini o‘ltursam, xaloyiq ayturlar: qozining puli uchun o‘ldurdi deb malomat qilurlar. (“Miftoh ul-adl”)
Eski o‘zbek tilida arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashgan ko‘plik shaklidagi so‘zlar ko‘plik ma’nosida qo‘llangan. Bunday so‘zlarni ba’zan birlik ma’nosida uqilib, ularga -lar affiksini qo‘shib ishlatish hollari ham uchraydiL:
Alqissa, Yapaloq sha’n va shavkat birla to‘y olib keldi. Majmuyi tuyurlar jam bo‘ldilar. (“Zarbulmasal”)
O‘zmag‘ay mundin baloye, bo‘lmag‘ay mundin batar, Aqrabolar suhbatimdin or etar, qoshin chatar. (Turdi Farog‘iy)
Kechalar fig‘onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman. (Uvaysiy)
Qirq, Yuz, Ming aqrabolar etdilar mandin nufur,
Ne balo baxti qaro-yu toleyi shum Turdiman. (Turdi Farog‘iy)
Bu xaloyiqlarga bu sulton ko‘rkluk bo‘lsa, oni sevarlar, xaloyiqlar mani tilamaslar.
(“Muftoh ul-adl”)
Xastalig‘im yaxshi bo‘ldi, yoronlar,
Ko‘rmak uchun sizg‘adur bir bahona.
(Anbar Otin)
Biz turkmandin og‘amizning o‘g‘lonlarin va viloyatini tiladuq, bermadilar. (“Shajarayi turk”)
Tilimizda shaklan birlikda bo‘lsa ham mazmunan ko‘plik ma’nosini ifodalovchi otlar mavjud. Bungay otlarga –lar affiksi qo‘shilmasa ham ko‘plik, jamlik ma’nosini anglayveramiz:
Nafing agar xalqqa beshak durur,
Bilki bu naf o‘zungga ko‘prak durur … (A. Navoiy)
Ul mehr chu irtifo‘ tutqay,
Majnun qabilasin yorutqay. (A. Navoiy)
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, eski o‘zbek tilida ot turkumidagi so‘zlar ko‘plik, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarni birday qabul qiladi. Shulardan ko‘plik shaklini qo‘shilishida, ishlatilishida ayrim xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Quyida barchamiz uchun tanish bo‘lgan xususiyatlar:
1. Grammatik ko‘plik ma’nosini ifodalashi (qal’alar, bo‘stonlar, makonlar);
2. Mavhum otlarga qo‘shilib, kuchaytirish, ta’kidlash ma’nosini ifodalashi (uqubatlar);
3. Payt bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, ravish ma’nosini ifodalashi;
4. Hurmat ma’nosini ifodalashi (otalari, o‘g‘illari);
5. Shaklan birlikda va mazmunan ko‘plikda bo‘lgan so‘zlarning mavjudligi (xalq, qabila, el);
Bular eski o‘zbek tili uchun ham hozirgi o‘zbek tili uchun ham birday tegishli bo‘lgan.
Biz uchun bir muncha yangilik bo‘lgan xususiyatlar ham mavjud bo‘lib, bular:

  1. Ko‘plik affiksi sifatida -(a)t, -(a)n shakllarining ishlatilishi (bog‘ot, mahallot);

  2. Arab, fors-tojik tilidan otlarning ko‘plik shaklida o‘zlashishi (ahvol, avlod, a’zo, ulamo);

  3. Ko‘plik shaklida o‘zlashgan so‘zlar birlik shaklida anglashilib, ularga yana -lar ko‘plik affiksining qo‘shilib ishlatilishi (ahvollar, avlodlar, a’zolar)ga duch keldik.

Eski o‘zbek tilidagi A. Navoiy, Bobur, Gulxaniy, Uvaysiy, Anbar Otin, Dilshodi Barno, Abulg‘ozi Bahodirxon asarlarini o‘qish davomida olgan ma’lumotlarimizni yanada mustahkamladik. Ko‘plik affiksining tarixiy shakli Boburning “Boburnoma” asarida ko‘plab ishlatilganligining ham guvohi bo‘ldik. Asarlar mutolaasi davomida notanish bo‘lgan so‘zlar lug‘ati bilan ham tanishib, so‘z boyligimizni yanada oshirdik. Eski o‘zbek tilidagi ko‘plik shaklini har tomonlama yoritishga harakat qildik.
LUG‘ATLAR:

  • Suman – yasmin Niyoz – muhtojlik

Shams – quyosh Mahallot – mahallalar

  • Muannas –ayol jinsi Tumonot – tumanlar

  • Alfoz – so‘z, til Harrof – so‘zchi

  • Istiloh – termin Xushxulq – yaxshi xulqli

  • G‘izol – ohu Muomalot – muomalalar

  • Holo – hozirda Shar – shariat

  • Mavozi – mavzelar Nabotot – o‘simliklar

  • Bog‘ot – bog‘lar Ko‘chak-u buzruk – kichig

  • Zoh – yo‘l Shayotin – shaytonlar

  • Ribo – pulni foizga qo‘yish Rishva – pora

  • Xushdorliq – xursandchilik Tuyur – qushlar

  • Chatar – chimirmoq Kavokib – yulduzlar

  • Arz to samo – yer-u osmon Xo‘duk – xo‘tik

  • Ag‘yor – boshqalar Kuffor – kofirlar

  • Mutrib – cholg‘uchi Hayvonot – hayvonlar

  • Aqrabo – yaqinlar, qarindoshlar Nufur – nafrat

  • Qirq, Yuz, Ming – urug‘ nomi Yoron – yorlar, do‘stlar

  • Irtifo‘ – ko‘tarilish, yuksalish; balandlik Mehr – quyosh

  • Atfol – go‘daklar, yosh bolalar Ishq atfoli – yosh oshiqlar

  • Umaro - amirlar Musohib – yaqin kishi

  • Za’f – kuchsizlik Nizor – bo‘sh, nozik

  • Abyot – baytlar






Yüklə 47,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin