A lisher navoiy «layli va majnun»



Yüklə 25,48 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü25,48 Kb.
#196495
ALISHER NAVOIY xamsa asari buklet


A LISHER NAVOIY

«LAYLI VA MAJNUN»
«Layli va Majnun» haqidagi qissa arab xalqlari orasida keng tarqalgani va g‘oyat mashhur bо‘lgani haqida akademik I. YU, Krachkovskiy shunday yozgan edi: «Sharqda Layli va Majnun G‘arbdagi Romeo va Julyettaga nisbatan mashhurroqdir».
Ibn Qutayba, Al-Johiz, Abu Bakr al-Volibiy va boshqa arab olimlarining asarlarida Layli va Majnun haqidagi turli-tuman rivoyatlar beriladi. Badiiy adabiyotga kelganda Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf, Jomiy, Amir Shayxim Suhayliy qalamiga mansub dostonlar yaratildi. Turkiy tilda esa Gulshahriy, Oshiq Posho, Shahidiy kabi shoirlar Layli va Majnun orasidagi ishq sarguzashtlari haqida о‘z dostonlarida ayrim parchalar berdilarki, «bu parchalar Layli va Majnun afsonasining turkiy tildagi dastlabki kurtaklari sifatida ahamiyatlidir» (T. Ahmedov. Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni. T, «Fan», 1970, 29-6).
«Layli va Majnun» Alisher Navoiy «Xamsa»sining uchinchi dostoni bо‘lib, 1484 yilda yozilgan. Dostonning kirish boblaridan birida Navoiy an’anani davom ettirib, bu mavzuda asar yozgan salaflarini chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Ulardan farqli о‘laroq asarini turkiyda yozganini alohida ta’kidlaydi.
Navoiy Nizomiyning dostonini «qal’a»ga, Dehlaviynikini yaxshi bezakli «qasr»ga о‘xshatib, о‘zining dostonini esa «qal’a» va «qasr» atrofidagi shahar va bog‘larga qiyos etadi. Shoir о‘z asarini «Firoqnoma», «Nomai dard» deb ham ataydi.





«FARHOD VA SHIRIN»
«Farhod va Shirin» dostoni Alisher Navoiyning mashhur «Xamsa»siga kirgan besh dostonning biridir. Ulug‘ shoirning eng zо‘r asarlaridan hisoblangan «Hayratul-abror», «Layli va Majnun», «Sab’ayi Sayyor» va «Saddi Iskandar» dostonlari orasida «Farhod va Shirin» alohida о‘rin tutadi. «Farhod va Shirin» Navoiy bundan besh asr burun yaratib qoldirgan buyuk dostonlarining eng zо‘ridir.
Yigit Farhod va qiz Shirin tо‘g‘risidagi afsona asrlar bо‘yicha yashab kelmoqda. Gо‘zal xalq afsonasiga aylanib ketgan bu hikoya aslda, tarixiy faktlar asosida yuzaga kelgan bо‘lib, «Xisrav va Shirin» nomi bilan shuhrat topgandir. Tarix kitoblarida shunday ma’lumotlar bor: Xisrav Eronning Sosoniy hukmdorlaridan bо‘lgan mashhur Nо‘shirvonning nabirasidir. Xisrav milodi VII asrda Eron shohi ekan. Muhammad payg‘ambar qо‘shni hukmdorlarga xatlar yuborib, musulmonlikni qabul qilishga chaqirganda ana shu Xisrav Parvezga xat yuborgan ekan. Tarixchilar, Xisrav Parvez Muhammad payg‘ambarning bu xatini yirtib tashlagan edi, deb yozadilar. «Xisrav va Shirin» haqidagi doston esa VII—X asrlar о‘rtasida yaratilgandir.



«SABʼAI SAYYOR»
Navoiyning «Sabʼai sayyor» deb atalgan Bahromnoma boshqa Bahromnomalardan oʻzining ikki jihati bilan farq qiladi. Bularning biri, Bahrom obrazining podsho sifatida ideallashtirilmagani va ikkinchisi, xurofiy elementlarning kamaytirilganligidir. Bunga qanoat hosil qilish uchun dastavval Bahrom shaxsiyatini, soʻngra sayyoralar haqidagi fikrlarning pegizini aniqlash, undan keyin etti raqami bilan bogʻliq va mashhur boʻlgan tasavvurlar bilan tanishish kerak. Bu hakdagi maʼlumotlarni Navoiyning «Xamsa»si va «Mahbub-ul-kulub» dagi munajjimlarga Soʻlgan munosabati nuqtai nazaridan koʻrib chiqish lozim. Shunda Navoiyning xurofotga, adolatsizlikka qarshi va hakiqat uchun olib borgan kurashi yanada ravshanroq boʻladi. Sharq xalqlari oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va maishiy aloqalar zaminida paydo boʻlgan turli rivoyat va afsonaviy ertaklarning kurtaklari uzoq qadimiyatga borib taqaladi. Ularda hokim sinflarning ijtimoiy mavqei, mehnatkash xalqning ogʻir hayoti, urf-odati va xalq qahramonlarining haqiqat, adolat oʻrnatish yoʻlida zolim hukmdorlarga qarshi olib borgan matonatli kurashlari oʻz aksini topgan. Shuning uchun xalq ogʻzaki ijodi va badiiy adabiyotida bu mavzuga doir juda koʻp asarlar yaratilgan.













"SADDI ISKANDARIY"
H azrat Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostoni prototipi aslida bizning ajdodlarimizdan biri emasmikan, degan fikr ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. Negaki, har bir asarida milliylik ufurib turgan, turkiylar sha'nini yuksaltirishdek oliyjanob maqsad yo‘lida butun umrini sarflagan buyuk shoir "Xamsa"dek yirik asarida o‘z maslagini yanada kengroq amalga oshirishga intilgan bo‘lishi tabiiy. Asar bosh qahramoni kimligini aniqlash uchun, bizningcha, asarga oddiy kitobxon, badiiy adabiyot shaydosi sifatida yondashishning o‘zi kamlik qiladi. Dostonni uyg‘oq qalbli inson nigohi bilan Navoiy yashagan davr tarixini teran tahlil qilgan holda mutolaa qilmoq kerak. Ma'lumki, Alisher Navoiy yashagan davrda ilmiy adabiyotlar asosan arab tilida, badiiy adabiyot esa fors tilida bitilar edi. Bu bir necha yildan beri davom etib kelayotgan an'analigi bois, mazkur tillarning nufuzi baland edi. Boz ustiga forsiylar "Shohnomaxonlik", "Xamsaxonlik" qilishar va forsiyda shunday mumtoz asarlar bitilgani bilan faxrlanishar edi. Ayrim saroy shoirlari esa ochiqdan-ochiq turkiy tilni kamsitardi ham. Shunday vaqtda Navoiydek shoir jim turishi mumkinmi edi? Hazrat Navoiy millat sha'ni uchun ma'rifat bilan kurashdi. To‘rt devondan iborat g‘azallarini yozib turk tilining nihoyatda boy va jozibador til ekanini isbotlagach, bu ishiga ham qanoatlanmay, "Muhokamat-ul lug‘atayn" asarida turk va fors tillarini o‘zaro qiyoslab, turkiydagi har bir so‘zning o‘nlab sinonimlari borligi, fors tilida esa bu imkoniyat cheklanganini isbotladi.
Yüklə 25,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin