Faqat birlik shakldagi otlar. Otlarning faqat birlik shaklda qo’llanishi asosan donalab sanash mumkin bo’lmagan narsalarni ataydigan otlarga va umuman ko'plik bildirmaydigan otlarga xos xususiyatdir. Вular asosan quyidagilar:
1.Mavhum otlar: vatanparvarlik, dehqonchilik,xalqparvarlik, do’stlik, tinchlik, mustaqillik.
2. Donalab sanab bo’lmaydigan otlar: yog’, suv, asal, un, havo, quyosh.
3. Organizmdagi juft a’zolarni shuningdek, juft narsalarni bildiruvchi otlar: qosh. kо ‘z, qosh, oyoq, quloq .
4. Atoqli otlar: Tashkent, Karimjon, Zarafshon, Farg'ona, Xorazm kabi.
5. Faqat bittadan ortiq bo’lmaydigan otlar birlikda ishlatiladi: Bunday otlarga —lar affiksi qo’shilganda kuchaytirish, mubolag‘a, ta’kid ma’nolari ifodalanadi. Masalan: Tillarimda titroq soz emas, sevinch to’ladir. (Uyg‘un)
2.2. Hozirgi qoraqalpoq va qozoq tillarida ko’plik shaklini o’zbek tili bilan qiyoslash.
Birlik son shaklida qo‘llangan qozoq va qoraqalpoq tilidagi otlar alohida predmet yoki shaxsga bo‘linmaydigan predmetni bildiradi: qalam, daftar, uy, uy, o‘quvchi kabi. Birlik sonda qo‘llangan otlar maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega emas, shuning uchun otlarning bunday ko‘rsatkichsiz shakli grammatik nuqtai nazardan birlik son shakli sifatida qaraladi.
Ko‘plikdagi otlar ikki yoki o‘ndan ortiq predmetga (yoki noaniq ko‘plikka) ishora qiladi: qalamlar, daftarlar, shaharlar, uylar, talabalar kabi. Shunday otlar borki, ularning son kategoriyasi ham birlik, ham ko‘plik shakllariga ega bo‘lmaydi.
Bu aniq, g'alaba qozongan otliqlar sanash mumkin bo'lgan mavzuni tushuntiradilar
Birlik shakli ko‘plikda ham qo‘llaniladi: бөлме-үш бөлме-бөлмелер; бала-бес бала-балалар (xona-uchxonalar; bola-besh bola-bolalar) va boshqalar.
Shuning uchun bunday otliqlar son jihatidan alohida subyektlar va subyektlardir
ko‘p ma’noni bildiradi: аўыллар, қалалар, үйлер, дәрьялар (qishloqlar, shaharlar, uylar, daryolar) va hokazo.
Ko‘plikdagi ko‘plik ma’nosi quyidagi shakllarda ifodalanadi: 1)
morfologik usul; 2) leksik-semantik; 3) sintaktik usul.
1. Otlarda ko‘plik /-ler/-lar birikmasi bilan ifodalanadi.
Bu maxsus qo‘shimcha tufayli ko‘plik ma’nosi ko‘plik bilan izohlanadi
U morfologik usul deb ataladi.
2. Otlik so‘zining o‘zagi birlik shaklda bo‘lsa ham, ko‘plik ma’nosini bildiradi , ayrim buyumlarning haqiqiyligini kafolatlaydi. Masalan: халық- xalq , аламан-olomon, көпшилик-ko’pchilik, дүнья-dunya va boshqalar. Ko‘plik ma’nosini shu tarzda ifodalovchi leksika semantik usul deyiladi.
3. Otlarda ko‘plikdagi otlardan oldin sifatlar qo‘yiladi.
Bu raqamlarni sanash, jumlalarni keltirish, so'zlarni takrorlash tufayli ham
bo'ladi. Bu usul ko‘plik ma’nosini ifodalashning sintaktik usuli deyiladi.
Masalan : көп бала, үш китап, бир неше қыз, ҳәр қыйлы китап, дәсте-дәсте гүл (ko’p bola, uch kitob, bir necha qiz, har qancha kitob, dasta-dasta gul)
Xulosa qilib aytganda, qoraqalpoq tilida ko’plik shaklining hozil qilinishi, o’zbek tilidan deyarli farq qilmaydi. Faqatgina leksik-semantik usulni hosil qilishda bir necha farqlar kuzatiladi. Ya’niki, qoraqalpoq tilida bu usulda ko’plik hosil qilishda belgilash olmoshlari ham ishtirok etadi.Birlik hozirgi turkiy tillarda nol ko‘rsatkichli bo‘lsa, narsalarning ko'pligi -lar//-ler qo‘shimchasi va uning variantlari orqali ifodalanadi. -lar//-ler: yoq. sulgular “otlar”; kishiler “kishilar” -
Xulosa. Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy grammatikasini oʻrganishdan maqsad hozirgi turkiy tillarning fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik va struktur-grammatik xususiyatlarini yaxlit holda tahlil qilish, turkiy tillar grammatikasida oltoy tillariga xos lingvistik jarayonlar ifodasini yoritish, turkiy tillarni tasniflashda fonetik, leksik, grammatik, geografik, etnik mezonlarning oʻrnini izohlash; turkiy tillarning umumiy va xususiy taraqqiyot bosqichlari haqida muayyan tasavvur hosil qilish, tipologik oʻziga xosliklarini umumlashtirish, farqli jihatlarini ajratishdan iborat. Hozirgi kunda turkiy va o`zbek tilining o`zaro ta’siri koʻzga tashlanmoqda. Ana shunday vaziyatda oʻzbek va turk tillarida egalik va kelishik, son kategoriyalari masalasi borasida toʻplangan bilim koʻnikmalari turkologiya sohasini takomillashtirishda, umumturkiy global masalalarni hal qilishda, turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar mazmunini oʻzlashtirishda, turkiy tillar, xususan, oʻzbek tili taraqqiyot xususiyatlarini belgilashda, har ikki tilga xos oʻxshash va farqli jihatlarni kuzatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, milliy til, qardosh tillar tarixi takomiliga jiddiy e’tibor qaratish barcha ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning, mamlakat rivojining, millat ravnaqining asosiy mezonini belgilaydi. Aslida turkiy tillarni qiyosiy oʻrganish uzoq oʻtmishga borib taqaladi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkiy tillarni qiyosiy oʻrganish sohasida bir qator izlanishlar yuzaga keldi. Rossiya Fanlar akademiyasining Tilshunoslik instituti turkiy tillar boʻlimi, uning Sankt–Peterburg va Sibir tarmoqlari tilshunoslari tomonidan turkiy tillar fonetikasi, leksikasi, grammatik qurilishini oʻrganish yuzasidan ilmiy ishlar yaratildi. Umuman olganda, oʻzbek va turk tillaridagi til birlikklari uzoq yillar davomida yonma–yon qoʻllanilib kelingan. Ammo, hozirgi kunda ular qisman farqlanadi. Albatta, bunga uzoq tarixiy taraqqiyot sababdir. Biz ana shu oʻxshash jihatlarni bu ikki til doirasida egalik va kelishik kategoriyasi misolida oʻganib chiqdik. Oʻxshashlik bilan bir qatorda farqli tomonlariga ham oʻz e’tiborimizni qaratdik. Bu ikki tilni qiyoslab o‘rganishning eng muhim tomoni shundaki, ikki til tarjimasida bu ish amaliy ahamiyatga egali. Chunki, unli va undoshlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, talaffuzini o‘rganmay turib tarjima ishlari bilan shug‘ullanolmaymiz. Qalin unlining joyiga yupqa unli yoki qattiq undoshning o‘rniga yumshoq undosh ishlatilsa, ma’no butunlay o‘zgarib ketadi. Har ikki tilning morfologiyasida ham o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlar mavjud. Bu o‘sha tilning adabiy til me’yyorlari, imlo qoidalari va talaffuz qonuniyatlaridan kelib chiqqan holatda belgilanadi. Egalik kategoriyasi, umuman olganda, barcha turkiy tillarga xos xususiyatdir. Lekin, ular har bir tilda tilning me’yyorlaridan kelib chiqqan holda farqlanadi. O‘zbek tiliga nisbatan turk tilida egalik qo‘shimchalari shaklan ko‘pdir va ular qanday talaffuz qilinsa shunday yoziladi. O‘zbek tiliga nisbatan turk tilidagi egalik qo‘shimchalarini o‘rganish murakkabroq. Kelishik kategoriyasi har ikki tilda ham o‘rganiladi. Turk tilida kelishik qo‘shimchalari shakl jihatidan va son jihatidan o‘zbek tilidan farqlanadi. Kelishiklarni qo‘shish jarayonida, albatta, talaffuzga, o‘zidan oldin kelgan unli va undoshlarga e’tibor berish shart. Turk tilidagi kelishiklarni o‘rganish o‘zbek tiliga nisbatan murakkabroq.
Dostları ilə paylaş: |