Microsoft Exsel dasturida diagrammalar bilan ishlash Bajardi: Akbaraliyeva Dilnoza Guruh: ppa-03



Yüklə 15,13 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü15,13 Kb.
#195230
  1   2   3   4   5
Akbaraliyeva Dilnoza Diagrammalar bilan ishlash


Microsoft Exsel dasturida diagrammalar
bilan ishlash
Bajardi:Akbaraliyeva Dilnoza
Guruh:PPA-03
MS Excel dasturining ishchi maydoni quyidagilardan tashkil topgan.
Excel dasturida tayyorlanadigan hujjat elektron kitoblar deb ataladi va bu elektron kitobda kompyuter xotirasi imkon beradigan darajada ko‘p sahifa (list)larni joylashtirish mumkin. Bu listlar ishchi listlar (oddiy listlar – ularda jadvallarni joylashtirish mumkin) hamda diagramma listlari (ularda diagrammalar joylashtiriladi)ga bo‘linadi.
Oldingi Excel dasturlarida ishchi maydoni 65536 ta satr va 256 ta ustundan iborat edi. Excel dasturida esa satrlar soni 1048576 ta bo‘lib, ustunlar soni esa 16384 tadan iborat (A-XFD gacha). Demak Excel dasturida jami 17179869184 ta katakcha mavjud ekan. Katakcha – bu ustun va satr kesishgan joydagi birlik bo‘lib, har bir katakcha o‘zining individual manzili (nomi)ga egadir. Bu nom shu katakchaning ustuni harfi (harflari) hamda uning satr tartib raqamining yonma-yon yozilishidan iboratdir. Elektron sahifaning birinchi (yuqori chap burchagidagi) katakchasining manzili A1 bo‘lib, uning oxirgi katakchasi (pastki o‘ng burchakda) ning manzili mos ravishda XFD1048576 ekanligi tushunarli.
1.1 MS Excel dasturida formula va funksiyalar
Ms Excel dasturida tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Ba’zan kataklardagi ma’lumotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarishga to‘g‘ri keladi, bunday hollarda formulalardan foydalaniladi.
Formula — bu mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni hisoblovchi tеnglamadir. Formulalar yordamida elеktron jadvalda ko‘pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Elеktron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muharririga aylanib qoladi. Formulalarsiz elеktron jadvallarni tasavvur qilish qiyin.
Jadvalga formulani qo‘yish uchun uni kеrakli yachеykaga kiritish kеrak. Formulalarni xam boshqa ma'lumotlar singari o‘zgartirish, saralash, ulardan nusxa ko‘chirish va o‘chirish mumkin. Formuladagi arifmеtik amallar sonli qiymatlarni hisoblashda, maxsus funksiyalar matnlarni qayta ishlashda hamda yachеykadagi boshqa qiymatlarni hisoblashda ishlatiladi.

Yüklə 15,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin