Microsoft Exsel dasturida diagrammalar bilan ishlash Bajardi: Akbaraliyeva Dilnoza Guruh: ppa-03


MS Excel dasturida diagrammalar bilan ishlash



Yüklə 15,13 Kb.
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü15,13 Kb.
#195230
1   2   3   4   5
Akbaraliyeva Dilnoza Diagrammalar bilan ishlash

1.3 MS Excel dasturida diagrammalar bilan ishlash
MS Excel dasturida funksiya garfiklarini qurishda diagrammalardan foydalaniladi.
Diagramma – axborotlarni sonlar qatori shaklida tasvirlashning usulidir. Shu bilan birga u grafik obyekt bo‘lib, unga grafik obyektlarga xos barcha xususiyatlar mos. Bunday obyekt bir yoki bir nechta ma’lumotlar qatoridan foydalanib yaratiladi. Stadart ko‘rinishdagi, doira shaklidagi diagramma esa bundan mustasno bo‘lib, unda faqat bitta ma’lumotlar qatorini tasvirlash mumkin.
Agar diagrammada birdan ortiq ma’lumotlar qatorida foydalanilgan bo‘lsa, unda ularni farqlash uchun Легенда (izoh) dan foydalaniladi. Легенда ma’lumotlar qatorining nomidir. Легенда sifatida mavjud ixtiyoriy nomlardan foydalanish mumkin: yillar, tumanlar, viloyatlar, va h.k. Ma’lumotlar qatoridagi toifalarning maksimal soni 32000 ta, uch o‘lchamli diagrammalarda esa 4000 tadan iboratdir. Excelda hisoblanayotgan misollarni ko‘rgazmali tasvirlab tushuntirish yani diagrammasini qurib ko‘rsatish, yechilayotgan masalalarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Excel diagrammasidagi berilganlar qatori bu - asosida ishchi sahifadagi alohida qator yoki alohida ustun bo‘lgan, diagrammada berilgan o‘zaro bog‘langan elementlar guruhidir.
II.Bob. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanishning ahamiyati.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning o’rni.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Bunda, eng avvalo, informatika va axborot texnologiyalari fani ta’limining mazmuni va maqsadini nazardan qochirmaslik zarur. Boshqacha qilib aytganda, asosiy diqqat-e’tibor ta’lim mazmunidan o’quv materialini berish usuliga tamoman o’tib ketmasligi shart. Ta’lim berish vositasi, usuli bo’lmish axborot-kommunikatsion texnologiyalarning ulkan imkoniyatlariga tamoman mahliyo bo’lib, ularni o’qitishning yagona qolipi, andazasi sifatida qarash to’g’ri bo’lmaydi. G’arblik yirik mutaxassis K.Shennon ogohlantirganidek, bu sohada juda hushyor bo’lmoq talab etiladi, chunki barcha eshiklarni bitta kalit bilan ochib bo’lmaydi. Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida bu borada juda ham ziyraklik bilan ish tutish maqsadga muvofiq. Demak, informatika fani mashg’ulotlarida tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalardan informatika va axborot texnologiyalari fani ta’limi maqsadi ro’yobi uchun o’rinli va samarali foydalanish muhimdir. Shu bilan birga ularni ijodiy rivojlantirish ham maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-­tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.

Yüklə 15,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin