Xususiyatlari. Halqaro mehnat


Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishining zamonaviy o‘ziga xos tomonlari. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi



Yüklə 38,28 Kb.
səhifə5/6
tarix22.05.2023
ölçüsü38,28 Kb.
#119861
1   2   3   4   5   6
1 mavzu Jahon xo’jaligi va halqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy

Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishining zamonaviy o‘ziga xos tomonlari. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi


Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanish yo‘nalishlarini xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasining kengayishida ko‘rishimiz mumkin. Xalqaro kooperatsiya (XK) va xalqaro ixtisoslashuv (XI) xalqaro mehnat taqsimotining shakllari bo‘lib, uning mohiyatini namoyon qiladi.


Turli davlatlarning korxonalarini ma’lum bir tovarga ixtisoslashuvi zamonaviy FTT bilan bog‘liqdir. Ishlab chiqarishning texnologik tizimini murakkablashib borishi bilan tayyor mahsulotda ishlatiladigan detallar soni ko‘paydi. Masalan: yengil avtomobil sanoatida 20 minggatacha, prokat dastgohlarida 100 mingtacha, elektrovozlarda esa 250 mingtacha detallarning qismlari ishlatilishi mumkin.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi (XII) ikkita yo‘nalish bo‘yicha – ishlab chiqarish va hududiy yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida, ishlab chiqarish yo‘nalishi:

  1. sohalararo;

  2. davlatlar guruhi;

  3. alohida korxonalarning ixtisoslashuviga bo‘linishi mumkin. Bundan tashqari hududiy xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi esa:

  1. alohida davlatlar;

  2. davlatlar guruhi;

  3. hududlarning jahon bozori uchun ma’lum tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuviga bo‘linadi.

Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvining asosiy turlariga:

  • predmetli (mahsulot ishlab chiqarish);

  • detalli (mahsulotni tashkil qiluvchilarni ishlab chiqarish);

  • texnologik yoki bosqichli (ya’ni, alohida texnologik jarayonlarni, masalan yig‘ish, bo‘yash va boshqalarni amalga oshirish) ixtisoslashish kiradi.

Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli - xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning ob’ektiv asosi bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishining o‘sib borayotgan darajasi, hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida ro‘y berishidan qat’iy nazar mustaqil korxonalar o‘rtasidagi barqaror ishlab chiqarish jarayonlarini borishi hisoblanadi. Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o‘zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oladi. Jumladan,

  1. ishlab chiqarishda texnologik hamkorlik. Ushbu hamkorliklarga quyidagilar kiradi:

    1. litsenziyalar berish va mulkchilik huquqlaridan foydalanish;

    2. loyiha-konstruktorlik hujjatlari, texnologik jarayonlarni, mahsulotning texnik darajasi va sifati, qurilish va montaj ishlari zamonaviy, kooperatsiyalashgan korxonalarni ishlab chiqish va moslashtirish;

v)ishlab chiqarishni boshqarish, standartlashtirish, unifikatsiyalash, sertifikatsiyalashni takomillashtirish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash va h.k.lar.

  1. Kooperativ mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo-iqtisodiy jarayonlar. 3.Sotilgan texnikaga xizmat ko‘rsatish.

Jahon iqtisodiyotida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatishda foydalaniladigan quyidagi uch asosiy usulga alohida e’tibor beriladi:

  • Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish.

  • Shartnoma asosida ixtisoslashish.

  • Qo‘shma korxonalar tashkil qilish.

Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish o‘z navbatida ikki asosiy shaklda, (pudratli ishlab chiqarish kooperatsiyasi va hamkorlikdagi ishlab chiqarish) amalga oshiriladi. Shartnoma asosida ixtisoslashish esa ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqarish kooperatsiyasi ishtirokchilari orasida taqsimlanishini nazarda tutadi. Qo‘shma korxonalar bu integratsiyalashgan kooperatsiyadir.

Yüklə 38,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin