Xususiyatlari. Halqaro mehnat


Xalqaro mehnat taqsimoti va unga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 38,28 Kb.
səhifə4/6
tarix22.05.2023
ölçüsü38,28 Kb.
#119861
1   2   3   4   5   6
1 mavzu Jahon xo’jaligi va halqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy

Xalqaro mehnat taqsimoti va unga ta’sir etuvchi omillar


Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ma’nosini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir. Dunyoning barcha mamlakatlari u yoki bu jihatdan xalqaro mehnat taqsimotiga (XMT) qo‘shilgan. Uning chuqurlashuvi fan-texnika
inqilobining (FTI)ning ta’siri ostida bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chiqadi.
Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish davlatlarga qo‘shimcha iqtisodiy samara berib, o‘z ehtiyojlarini eng kam harajatlar bilan to‘liqroq qondirish imkonini beradi.
Mehnat taqsimoti - bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differensiatsiyasi natijasida kelib chiqadi.
Mehnat taqsimoti turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kursida xalqaro mehnat taqsimoti o‘rganiladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayonining mehnat faoliyatini turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvida, o‘zaro hamkorligida namoyon bo‘ladi. Mehnat taqsimotini faqat ajratish jarayoni sifatida emas, balki, jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yo‘li sifatida ham ko‘rish mumkin.
Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o‘rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimotining darajasi hisoblanadi. U alohida bir davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi.
Jahon xo‘jaligini rivojlantirish uchun, birinchi navbatda, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko‘tarish, shuningdek ishlab chiqarishda harajatlarni kamaytirishga intilish zarur. Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi jarayonida asosiy narsa, bu shu jarayonning har bir ishtirokchisi o‘zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda qidirishi va topishidir.
Har qanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mehnat taqsimotining ustunliklarini amalga oshirishi - birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlaridagi farqni olish; ikkinchidan, arzonroq bo‘lgan importdan foydalanib, milliy ishlab chiqarishdan voz kechgan holda ichki harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Jahon xo‘jaligini tizim sifatida ko‘rib chiqqanda XMTni tizimni tashkil qilgan birlashtiruvchi asos deb ko‘rish mumkin.
Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarishi ko‘p holatlarda tashqi iste’molchilarga, ichki talab esa importga yo‘nalgan bo‘ladi deb taxmin qilinsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa ichki bozorning nisbatan tez, lekin ekstensiv kengayishi taxmin qilinmoqda.
Xullas, XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida jahonda misli ko‘rilmagan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlar ro‘y berib, ular albatta xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishiga o‘zining sezilarli ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.

    1. Yüklə 38,28 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin