Jahon xo‘jaligini rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari
Jahon xo‘jaligi o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishida uzoq hamda qiyin yo‘l bosib o‘tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim imperiyasi davri bilan bog‘lashadi (er.avv.gi II va eramizning I asrlari). Bunda ular Rim imperiyasini o‘sha vaqtdagi butunjahon xo‘jalik tizimi deb baholaydilar. Boshqa olimlar jahon xo‘jaligini faoliyat ko‘rsata boshlagan davrni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davri bilan bog‘laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho toshlar, metallar, shirinliklar va qullar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xo‘jaligi cheklangan bo‘lib, faqat savdogarlarning sarmoyalari ishlaydigan soha bo‘lgan edi xolos.
Iqtisodchi olim professor A.V.Vaxabov jahon xo‘jaligi rivojlanish bosqichlarini
quyidagichata’riflaydi3:
№
Bosqichlari
Xususiyatlari
I
XV-XVI asrlar
Buyuk geografik kashfiyotlar. Jahon mustamlakat tizimining
shaklanishi. Jahon kapitalistik bozorining paydo bo‘lishi. Manufaktura
II
XVII asrning birinchi yarmi - XIX asr
Jahon kapitalistik bozorining shakllanishi, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi, jahon savdosining halqaro iqtisodiy
munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi
III
I va II jahon urushi davri
Xalqaro moliya tizimining beqarorligi, sanoat jihatdan tarraqiy
etgan mamlakatlardan uzoq muddatli kapitallarning chiqib ketishi
IV
XX asrning 50-90 yillari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo‘lga qo‘yish yoki
yangi xalqaro iqtisodiyo tartibni ishlab chiqish davri
V
XX asrning 90 yillaridan
hozirga qadar
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi, TMK va TMB lar rolini
kuchayichshi. Jahon bozorining globallashuvi
3 Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X. “Jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” Т.: “Iqtisod-moliya” 2014 yil 8 бет.
Zamonaviy jahon xo‘jaligi sanoat inqilobidan keyin, kapitalning monopol bosqichiga o‘tishi davomida vujudga keldi.
XXI asr bo‘sag‘asidagi jahon xo‘jaligi - o‘z miqyosiga ko‘ra globaldir; u to‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining ob’ektiv qonuniyatlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi. Ikkinchi jaxon urushidan keyingi o‘n yilliklarda jahon xo‘jaligini rivojlanish etakchi tendensiyalaridan biri, bu ko‘plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xo‘jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xo‘jalikka o‘tishidir. Aynan ana shu davrda AQSH olimlari “Ochiq savdo”, “Ochiq iqtisodiyot” degan tezislar bilan chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida o‘z hukmronligini o‘tkazish bilan bog‘liq edi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan AQSH hukumati tomonidan yangi iqtisodiy tartib qo‘llanmalari taklif etildi. Bunday “erkin savdo” va “ochiq iqtisodiyot” tezislari hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi qaratilgan quroli, shuningdek amerika korporatsiyalarining tutib bo‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi.
Ammo urushdan keyingi yillarda dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning o‘zgara borishi bilan bog‘liq holda “Ochiq iqtisodiyot” haqidagi tezis amerika ekspansionizmining manfaatlariga yo‘naltirilganlikni yo‘qota borib, jahon xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi ma’nosini ola boshladi.
Jahon iqtisodiyotida ochiq iqtisodiyotni shakllanishida davlat muhim rol o‘ynadi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag‘batlantirib, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishiga yordamlashib, o‘ziga eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish funksiyasini bajarmoqda. Chet eldan investitsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot vositalarini oqib kelishini yengillashtiruvchi mustahkam huquqiy asos yaratildi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda “Erkin savdo” va “Ochiq iqtisodiyot” tushunchalarini farqlash lozim. “Erkin savdo” haqidagi konsepsiya A.Smitning siyosiy iqtisodiyotidan boshlanib u va zamonaviy amerika iqtisodchilarining kashfiyoti emas. “Ochiq iqtisodiyot” tushunchasi aslida ishlab chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalarning o‘zaro almashuvining erkin harakatini o‘z ichiga olgan tovarlar savdosi ko‘rinishida bo‘lib “erkin savdo” tezisidan kengroq tushunchadir.
Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya, o‘z-o‘zini ta’minlash iqtisodiyoti, haddan tashqari o‘z kuchiga suyanishning antipodi sifatida ham tushunish lozim. Ochiq iqtisodiyotning vujudga kelishi - bu jahon rivojlanishining ob’ektiv tendensiyasidir. Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish bu – jahon bozori standartlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat qilishdir.
Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga to‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi.
Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir:
ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashishi;
resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash;
xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi;
jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi.
Shakllanib bo‘lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga o‘tish bir xil narsa emas. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik va hamma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas. Ochiq iqtisodiyot uning aqlga sig‘adigan darajada amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda davlatning sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda iqtisodiyotning mutloq (absolyut) ochiqligi yo‘q.
Ochiqlik miqdorining birinchi darajali indikatoriga eksport va importning yalpi ichki mahsulotdagi (YAIM) ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinatsiyasi alohida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozori bilan aloqalarining miqyosi haqida tushuncha beradi. SHunday qilib, eksportning YAIMga munosabati eksport kvotasi sifatida aniqlanadi: