“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
233 
turli shakllari o‘rtasidagi bilvosita aloqadorlik va bog‘liqlik kabi masalalar ham estetik ong, badiiy 
ijod va san’at tabiati hamda xu-susiyatlarini ilmiy tushunishga yordam beradi. Ayni mahalda 
estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan holda u falsafaning ravnaq topib borishiga ham 
o‘zining hissasini qo‘shadi. Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib 
borishida badiiy bilish ham muhim o‘rni tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, 
voqelikka estetik mu-nosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa, ijtimoiy ong, uning nisbiy 
mustaqilligi haqidagi fikr-mulohazalar ham ko‘p jihatdan san’at bilan bog‘liqdir.
Estetika fani psixologiya fani bilan ham chambarchas bog‘liq. Buni estetik tafakkur 
taraqqiyotining barcha bosqichlarida kuzatamiz. Bu yaqinlikning asosi shundaki, voqelikka estetik 
munosabatning barcha tomonlari estetik did yoki estetik his-tuyg‘u, badiiy ijod yoki badiiy idrok 
qilish jarayonlarining hammasi ruhiyat mezoni bilan o‘lchanadi. Chunki estetika muayyan 
darajada insonning ruhiy, his-tuyg‘u holatini ifodalaydi.
Psixologiya fani estetik munosabatning barcha tomonlarini, jumladan, badiiy ijod va idrok 
jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq etadi. Ayni mahalda estetika fani inson ruhiy 
hayotining eng murakkab va nozik tomonlarini qamrab oladi. Estetikaning tarkibiy qismlarini 
psixologiya fanining erishgan yutuqlari va xulosalaridan keng foydalanmasdan turib tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Ayni paytda shuni ham unutmaslik kerakki, san’atning o‘ziga xos xususiyatlarini 
o‘rganishda psixologiya fanining ahamiyati qanchalik katta bo‘lmasin, u hech vaqt estetika 
fanining o‘rnini bosa olmaydi. Zero, o‘tmishda va hozirda voqelikka estetik munosabatning butun 
bir sohasiga psixologiya aqidalarini bosh mezon qilib olib, estetikani mustaqil fan sifatida chetga 
surib qo‘yishga moyillik seziladi.
Estetika fanining hozirgi davrga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu sohaga kibernetika, 
semiotika (belgilar tizimlarini qiyo-siy o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi bilim sohasi) va 
matematika kabi fanlarning usul va vositalari ham izchil kirib o‘rnashayapti.
Estetika san’at va badiiy faoliyat turli shakl ko‘rinishlarini o‘rganadigan bilim sohalari 
uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilar ekan, ayni mahalda u adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, 
teatrshunoslik, axloqshunoslik kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida rivojlanib boradi. Bu 
hamkorlik eng avvalo mazkur fanlarning ham san’at umumiy nazariyasiga amal qilishida 
ko‘rinadi. Masalan, san’-atning xususiy nazariyasi adabiyot, musiqa, tasviriy san’at va boshqa ijod 
sohalarining xususiyatlarini tadqiq etsa, san’atning umumiy nazariyasi san’atning barcha turlari, 
badiiy ijod barcha sohalari amal qiladigan qonuniyatlarning umumiy belgilarini o‘rganadi. Lekin 
san’atning umumiy belgilari sof holda mavjud bo‘lmasligi, ular ayrim san’at turlari xususiyatlari 
orqali ifodalanishini inobatga olib aytish mumkinki, estetika
 
o‘zining umumiy xulosalarini ishlab 
chiqishda san’atshunoslikning alohida-alohida bilim sohalari erishgan ilmiy ma’lumotlarga 
tayanadi.
Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang‘ich na-zariy va uslubiy asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Estetikasiz san’atshuno-slik bo‘la olmaydi, ya’ni u ayrim voqea-hodisalar sharhi 
bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lib qoladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, Estetika xususiy 
san’atshunoslikning umumiy qonuniyatlari, eng av-valo, nafosat tabiati va estetik timsol 
qonuniyatlarini o‘zida namoyon qiladi.
Estetikaning amaliyot uchun ahamiyati nimada? U voqelikka qanday ta’sir o‘tkazadi? 
Estetika ijtimoiy bunyodkorlik jabhasida qay tarzda ishtirok etadi? Bu savollarga javob berish ham 
estetika fani mavzusidir. Estetik nazariya san’at va badiiy ijod jarayoniga, badiiy madaniyatning 
barcha sohalariga amaliy jihatdan kuchli ta’sir o‘tkazadi.
Ilgarigi davrlarda Yevropadagi estetika nazariyalarida belgilab qo‘yilgan estetik me’yor 
bilan uning burch-vazifalarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish odat tusini olgan edi. Masalan, 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin