“ Ijtimoiy fanlar


Sirk eng qadimgi an’anaviy



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

 
Sirk eng qadimgi an’anaviy
 
san’at turlaridan biri. U SHarqda vujudga
 
kelgan 
va dorbozlik san’ati deb ham atalgan, ko‘chma tomosha sifatida xalq orasida shuhrat qozongan. 
Unda dorda langar bilan yurishdan tashqari, dorboz havo gimnastikachisi (chig‘iriqda) vazifasini 
ham bajargan. Pastda albatta nog‘ora dorbozning harakatlariga mos ohangda yangrab turgan. Ayni 
paytda pastda qiziqchi, ko‘zboylog‘ich, akrobat (besuyak), ayiq o‘ynatuvchi ishtirok etgan, ba’zan 
askiyadan ham foydalanilgan.
Sirk insonning nafaqat o‘z a’zolari va hissiyotlari, balki hayvonlar, o‘yin asbobi bo‘lmish 
narsalar, makon, tomoshabinlar hissiyotlari, atrof-muhit ustidan, kengroq ma’noda olganda, dunyo 
ustidan cheksiz hukumronligini namoyish etishi bilan bizni doimo xavotirdan hayratga 
aylanadigan estetik idrok etish jarayonini boshdan kechirishimizni ta’minlaydi. Zero sirk «sof 
estetik» san’at, unda bevosita manfaatdorlikni uchratmaymiz. Umuman, sirk musobaqa degan 
tushunchani inkor etadi.
Sirkning yana bir o‘ziga xos xususiyati, unda doimiy masxaraboz-qiziqchining ishtirok 
etishi, ya’ni kulgililik xususiyatining doimiy mavjud bo‘lishi bilan belgilanadi. Sirk san’atida 
vorisiylik birinchi navbatda oilaviy san’atkorlik, qolaversa ustoz-shogirdlik an’analari hukumron. 
Umuman olganda, sirk san’ati millatni, ayniqsa yoshlarni mo‘‘jizaviylikdan hayratlanib, 


17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
263
kulgililikdan forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a’zoi badani ustidan hukumronlik qila 
oladigan, katta tabiatining bir qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor shaxs sifatida kamol 
topishida muhim ahamiyatga ega.
Estrada san’ati. 
San’at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, sirk, 
askiya unsurlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, drama va komediyaning kichik shakllari, 
intermediyalar, akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo‘shiq, badiiy o‘qish v.b. janrlar 
muvaffaqiyatli ijro etiladi. Unda zamonaviy muammolarning ko‘ngil ochish usullari va kulgi 
vositasida ifodasini, xilma-xil tanqid yo‘llarini ko‘rish mumkin. Falsafiylik, ijtimoiy-siyosiy 
mavzular estradada qisqa, lo‘nda, qiziqarli tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san’at bo‘lsada, 
teatrdan aynan ana shu «engilligi», «ko‘ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus estrada 
aktyori E.Petrosyan shuni nazarda tutgan holda, bu san’at turini «san’atdagi jurnalistika» deb 
ataydi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin