“ Ijtimoiy fanlar


Mahalla - estetik tarbiyaning muhim vositasi



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə324/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Mahalla - estetik tarbiyaning muhim vositasi.
Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta'siri 
nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo'lib, u bugun shaxsning 
ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy–huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko'mak 
beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli 
tarbiyasiga yaqindan ta'sir ko'rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla 
o'z navbatida o'z oldigan qo'ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli 
jihatdan tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla; - o'ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, 
ko'rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta'minlashi bilan; - turmush nafosati va muomala 
estetikani shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg'ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi bilan; - 
mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo'l qo'ymasligi hamda qo'shnichilik 
madaniyatini kamol toptirishi bilan; - san'at, madaniyat, ma'rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida 
bo'ladigan rang-barang mavzulardagi ma'ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi bilan; - 
isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo'l qo'ymagan holda urf-odatlar, an'analar, marosimlar, tantanali 
shodiyonalarni tartibli, chiroyli o'tishini ta'minlashi va hokazo shu kabilar bilan inson estetika 
tafakkurini shakllantirishda birlamchi maskan bo'lib hisoblanadi. 
Tabiat - estetik tarbiyaning zaruriy 


Seminar mashg’ulotlari 
292 
vositasi.
Shuni maxsus ta'kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol 
toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo'lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam 
ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan 
mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o'rtasidagi 
munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o'tish 
maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Ma'lumki, inson o'zining ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go'zalliklardan bahramand 
bo'lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o'zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf 
qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi bir necha o'n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit 
sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil etish davri bo'ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat 
o'rtasidagi munosabatni abadul abad buzib qo'yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr 
o'rtalariga kelib inson faoliyati yerdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi 
xavfi yana ham aniqroq namoyon bo'lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o'zgarish yer atmosferasida 
yuz berayotganligi barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” 
gazlariga taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta'sir ko'rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin, 
chunki global iqlim g'oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo'lib kelgan 
va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo'nalishini, yog'inlar miqdorini 
o'zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg'oq hududlarida yashovchilarga havf– hatar tug'dirib 
dengizlardagi suvning sathi ko'tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko'payib ketgan va borgan 
sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari bor, Ushbu 
qo'shimcha ta'sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi esdan chiqarmaslik 
kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo'ladigan munosabati estetik jihatdan to'g'ri 
yo'lga qo'yilmaganligi hamda uning estetik «no'noqligi» bois ular o'rtasida katta bo'shliq yuzaga 
keldi; bu bo'shliq insoniyat boshiga misli ko'rilmagan talofotlarni solishi mumkin. Ushbu muammoni 
bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan ko'plab tabiiy–moddiy boyliklarni tejab 
qolishga, atrof–muhit musaffoligini ta'minlashga, o'simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng 
asosiysi inson genofondining yo'q bo'lib ketish havfining oldini oladi. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin