“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə321/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Seminar mashg’ulotlari 
289 
18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI 
Reja: 
 
1.
Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari.
2.
Mehnat-turmush estetikasining muhim omili. Insonning tabiiy, axloqiy va estetik didining 
mutanosibligi.
3.
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri.
4.
Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. Voqe’likka estetik munosabatni milliy va 
umumbashariy ahamiyati.
5.
Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va
g‘ayriestetik holatlar

 
 
Tayanch iboralar: 
Tarbiya, estetik tarbiya, tarbiya vositalari, estetik tarbiyaga tahdidlar, ommaviy 
madaniyat, reklama, estetik did, mehnat.
Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqelikka estetik munosabatini ravnaq 
toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo'lib, u o'ziga xos ta'sirchanlik, tug'yoniylik kuchiga 
ega. Busiz inson bilish ko'lamining vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek, inson badiiy tafakkur 
qilish qobiliyatini o'stirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. Shunga 
ko'ra, estetik tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular voqelikda 
sodir bo'layotgan hodisalar to'g'risidagi ma'lumotlarni insonga tushunarli tarzda yetkazib beradi. 
Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik hususiyatlarni hissiy idrok qilishning faol, tajribalar 
asosida yetkazib berishi bilan diqqatga sazovordir. Shunga ko'ra, estetik tarbiyaning asosiy vositalari 
tarkibiga - san'at, informatsion texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. 
San'at - estetik tarbiyaning muhim vositasi.
Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini 
boshqarib borishdan ko'ra, ushbu jarayonni insonning o'zi tashkil etishi kerakligi bot-bot 
uqtirilmoqda. Bu jarayonda san'at mohiyatan shaxsning xis-tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatishga qodir 
bo'lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o'ziga jalb etib kelgan. San'at insonning ehtiroslar va 
tuyg'ular olamiga singib borib ularni yig'latadi, kuldiradi, o'ylashga majbur qiladi. Shuning uchun 
bo'lsa kerak san'at barcha davrlarda insonga hamroh bo'lib kelgan. Ma'lumki, ehtiroslar, tuyg'ular, 
kechinmalar insonning tirikligidan dalolat beradi. Chunonchi, ijobiy fazilatlar, badiiy-estetik ideallar 
inson hayotining mazmuniga ko'rk bag'ishlaydi. Tarbiyada ayniqsa, axloqiy va estetik tarbiyada 
hayotning mazmuni va maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Gohida maqsad mavhum tushunchaga 
aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo zid bo'lgan holatlarni keltirib chiqaradi. Pirovardida inson 
bunday maqsadlarning ta'siridan zarar ko'radi. San'at shu ma'noda zamonaviy insonni estetik jihatdan 
tarbiyalashdagi asosiy vositaki, u insonning estetik tuyg'ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo'naltiradi, 
uning kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishiga ko'mak beradi. Biroq, tuyg'ulari xali shakllanib 
ulgurmagan, estetik didi risoladagidek darajaga ko'tarilmagan odam mavjud hayotiy qiyinchilik va 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin