“ Ijtimoiy fanlar


Informatsion texnologiyalar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə323/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Informatsion texnologiyalar
- estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika 
bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari talabalariga “Sizning ideallaringiz 
asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko'pchiligi san'at, adabiyot va ma'rifat 
sohasida ko'proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Biroq, endilikda 
estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma'naviy jarayonlarga ko'rsatayotgan global 
ta'siriga befarq bo'lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta'sirlardan biri - bu elektron axborot 


Seminar mashg’ulotlari 
291 
vositalardir. Bu borada “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etib o'tilganidek, 
“Bugungi kunda ular bir vaqtning o'zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiysiyosiy, ma'naviy-
ma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq 
chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda.” Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya 
texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi 
natijasida odamlarning turmush tarzini, o'zaro aloqasini xatto tashqi ko'rinishini ham tubdan 
o'zgarishiga olib keldi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 50 millionli auditoriyani radio 38 yilda, 
televidenie 13 yilda, internet esa bor-yo'g'i 4 yilda egallab olar ekan. Shunisi hayratlanarliki, 1998 
yilda internetdan 143 million kishi foydalangan bo'lsa, 2001 yilda ularning soni 700 millionga 
yetgan. Bugungi kunga kelib esa internetdan foydalanayotganlar 1,5 mlrddan oshib ketdi. Bu borada 
uyali telefon xizmatini aytmasa ham bo'ladi... Biroq, elektron axborot vositalari qanday xususiyatga 
egaki, uning ta'sir doirasi bunchalik tez yoyilmoqda? Bu borada mutaxassislarning fikriga ko'ra, 
avvalo: - narxining arzonligi; - asosiy mahsulot – bilim, axborot, moda va imidj; - yangi iqtisodiyot 
- u axborotga ega bo'lishni xoxlaydigan odamlarga imtiyoz bag'ishlaydi; - chinakam global 
xarakterga ega ekanligi. Ahamiyat berilsa, yuqorida ko'rsatib o'tilgan xususiyatlarning barchasi 
yoshlarning manfaatiga, tuyg'ulariga va dunyoqarishiga mos keladi. Bu xususiyatning barchasi 
birgina internetda jamlaganligiga e'tibor beradigan bo'lsak, yoshlarning estetik tarbiyasidagi 
o'zgarishga bo'ladigan ta'sir san'at va adabiyotdanda ko'lamliroq ekanligiga shubha qilmasa ham 
bo'ladi. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin