1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari tarixi Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari



Yüklə 97,76 Kb.
səhifə1/10
tarix12.06.2023
ölçüsü97,76 Kb.
#129116
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari evolutsiyasi


Mavzu: Axborot kommunikatsiya texnologiyalari evolutsiyasi




Reja
1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari tarixi
2. Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari
3. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari evolyutsiyasi
4. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalarini milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida qo’llash

XX asrning 50 – yillarida Yangi fan – informatika faniga asos solindi. Informatika termini lotincha “informatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. Ba’zi manbalarda keltirilishicha, “Informatika” atamasi dastlab 1960 – yillarida Fransiyada vujudga kelgan. Bu so’z fransuz tilidagi informatsiya (information) va avtomatika (automatique) so’zlarini birlashtirilishidan hosil bo’lib, “axborotlarni avtomatik qayta ishlash” degan ma’noni bildiradi.


Informatika inson faoliyatining turli jabhalarida axborotlarni izlash va undan foydalanish masalalari bilan Shug’ullanuvchi fandir.
Informatika quyidagi masalalar guruhini tadqiq qiladi va o’rganadi:

  • texnik, axborotlarni ishonchli yig’ish, saqlash, jo’natish, qayta ishlash va uzatish usullarini o’rganish bilan bog’langan.

  • semantiklik, axborotlarni o’rganishda axborotning mohiyatini ochish va uning elementlarining mazmunan ahamiyati o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatish imkoniyatini beradi;

  • pragmatiklik, axborotlarning amaliy jihatidan foydaliligi, iste’molchi uchun qanchalik qimmatli ekanligi va qaror qabul qilishdagi ahamiyati nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi.

  • sintaksislik, ayrim ilmiy – faoliyat sohalarini formallashtirish va avtomatizatsiyalash masalalari bilan bog’langan, jumladan, indekslash, mashina tarjimasi va h.q.

Informatikaning asosiy uchta yo’nalishi mavjud:
Birinchi yo’nalish – axborotni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning texnik vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog’liq. U o’z ichiga hisoblash komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlarini qamrab oladi.

Yüklə 97,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin