Milliy kurashda o‘qitishning maqsad va vazifalari. Milliy kurashda o‘qitish tamoyillari Milliy kurashda o‘qitish uslublari



Yüklə 21,51 Kb.
səhifə1/3
tarix08.06.2022
ölçüsü21,51 Kb.
#60986
  1   2   3
MILLIY KURASHDA O‘QITISH USLUBIYATI


Mavzu: MILLIY KURASHDA O‘QITISH USLUBIYATI
Reja:

  1. Milliy kurashda o‘qitishning maqsad va vazifalari.

  2. Milliy kurashda o‘qitish tamoyillari

  3. Milliy kurashda o‘qitish uslublari

Milliy kurashda o‘qitish - bu milliy kurash nazariyasi va uni o‘qitish usullari to‘g‘risidagi bilimlar kurashchining asosiy o‘ziga xos musobaqa, hakamlik, pedagogik, tashkiliy faoliyati hisoblangan ko‘nikma va malakalar tizimini shakllantirishga qaratilgan maqsadli tashkil qilingan pedagogik jarayondir.


O‘qitish maqsadi shug‘ullanuvchilarda murabbiyning kasb faoliyati konsepsiyasini aks ettiruvchi bilimlar tizimini shakllantirishdan iborat. Ushbu konsepsiya bilimlar va malakalar, ilmiy fikrlash uslublari, shug‘ullanuvchilarda ongli hamda amaliy faoliyatga ijodiy munosabatni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Milliy kurash fanining o‘ziga xos sharoitlari hamda xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • milliy kurash nazariyasi va o‘qitish uslubiyati bo‘yicha bilimlarning optimal hajmi, har tomonlamaligi va yetarlicha chuqur bo‘lishini ta’minlash;

  • ijodiy anglash imkoniyatlarini takomillashtirish;

  • kurashchining umumiy tayyorgarlik mashqlarini bajarish malakalarini shakllantirish va takomillashtirish;

  • kurash texnikasi-usullari, himoyalanishlar va qarshi usullarni bajarishni shakllantirish hamda takomillashtirish;

  • musobaqa bellashuvlaridagi texnik-taktik harakatlarning optimal hajmi va turli xilligini shakllantirish;

  • o‘quv, o‘quv-mashg‘ulot, nazorat, musobaqa va ko‘rgazmali bellashuvlarni olib borish ko‘nikmalari hamda malakalarini shakllantirish;

  • kurash usullarini bajarish, texnikasini tahlil qilish bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda takomillashtirish;

  • kurash texnikasini ko‘rsatib berish va tushuntirish malakasini egallash;

  • murakkab texnik-taktik harakatlarni bajarishga o‘rgatish va takomillashtirish bilimlari, malakalari hamda ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish;

  • kurash bo‘yicha darslarni tahlil qilish va o‘tkazish malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish;

  • kurash musobaqalariga hakamlik qilish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish hamda o‘tkazish bilimlari, malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda takomillashtirish.


Yüklə 21,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin