“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə327/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Seminar mashg’ulotlari 
294 
oliy ta'lim muassasasida katta ehtiyojga aylanmoqda. Biroq, ko'pgina oliy ta'lim muassasalarida bu 
fanga nihoyatda jo'n va primitiv yondoshuv mavjudligini alohida e'tirof etish zurur. Fanning 
maqsadini noto'g'ri tushunish mavjud. Estetik tarbiya ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida 
inson ma'naviy va jismoniy olamining uyg'un tarzda rivojlanishiga ulkan xissa qo'shadi. Estetik 
tarbiyada insonning tashqi ko'rinishi, uning jamoat orasida o'zini tutishi, jismoniy baquvvat bo'lishi 
ham katta ahamiyatga ega. Shubhasiz, yuksak did ma'lum darajada kishining estetik tarbiya 
ko'rganidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda, ma'naviyatni yuksaltirishda estetik tarbiyaning 
zaruriyatini quyidagicha izoxlash mumkin. - globallashuv jarayonida inson tabiatida sodir bo'ladigan 
o'zgarishlarni optimallashtiradi; - ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida mavjud tahdidlarga 
qarshi inson go'zalligini har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlaydi; - estetik tarbiyaning 
asosida insonning hayotga bo'lgan ijodiy munosabati yotadi, bu ijodiylik fetish estetikaning avj 
olishiga monelik qiladi; - insonning estetik didini tarbiyalash orqali uning g'ayriestetik jarayonlarga 
munosabati shakllanadi. 
“Ommaviy madaniyat”ning ѐshlar estetik didiga ta’siri.
Milliy ma'naviyatga ta'sir o'tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham 
sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma'naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani 
maqsadli yo'naltirishni taqazo etmoqda. Ta'kidlash o'rinliki, estetika niqobi ostida turli xil 
ko'rinishdagi “sog'lom turmush tarzi targ'ibotchilari”, “ko'ngilochar” va “musaffo tuyg'u” baxsh 
etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog'ida vampirizm estetikasi 
va uning targ'iboti bilan bog'liq saytlarning ko'payib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. Bu 
targ'ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug'i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi 
go'zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan 
personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma'naviy jihatdan 
yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan 
tahdidlarning birinchi jihati. Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki 
ko'rinishidagi bog'liqlikni o'rganishga bo'lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda 
biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o'tmishda bu sohaga jiddiy 
e'tibor berilib, qator risolalar yaratilgan.
Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o'rganuvchi ilm” deb ta'rif bergan 
bo'lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XYI asr) kabi asarlarni 
yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baxo bilan belgilanadi. u ranjish, nomunosib 
xolat, ko'ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin