YOshlarda bo‘g‘im sindromi ko‘p hollarda yomon oqibatlarga olib keluvchi og‘ir patologik jarayonlarning, ya’ni immun o‘zgarishlar va tizimli kasalliklarning bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lsa, katta yoshdagi bemorlarda bo‘g‘im va tog‘ay to‘qimalaridagi distrofik o‘zgarishlardan dalolat beradi. SHuning uchun shifokor e’tiborini faqat zararlangan bo‘g‘imni davolashga qaratmasdan, chuqur taqqoslama tashhis o‘tkazishi va bemordagi og‘riq sindromini baholashda mas’uliyat bilan yondoshishi kerak. Bo‘g‘im sindromi bilan kechuvchi keng tarqalgan kasalliklar va ularni tashhislash uchun lozim bo‘lgan laborator–asbobiy tekshirishlarni bilish, o‘z vaqtida tashhis qo‘yish va patogenetik davo olib borishga, ehtiyoj bo‘lganda, bemorlarni ixtisoslashtirilgan davolash muassasalariga (revmatologiya, onkologiya, urologiya, ortopediya va boshqalar) yuborishga yordam beradi.
Bo‘g‘imdagi og‘riqlar – tayanch-harakat tizimining birlamchi va ikkilamchi zararlanishida kuzatiladigan patologik simptomlardan biri bo‘lib, 100 dan ortiq turli kasalliklarda uchraydi. Ularni paydo bo‘lishi bevosita bo‘g‘im hosil qiluvchi tuzilmalar (sinovial qobiq, bo‘g‘im suyaklari, boylamlar) va preartikulyar to‘qimada joylashgan nerv oxirlarini ta’sirlanishi bilan bog‘liq. Faqat bo‘g‘im tog‘ayida nerv tolalari va tomirlar yo‘q va uni chegaralangan zararlanishi og‘riq bilan kechmaydi. Bo‘g‘imdagi og‘riqlarni yuzaga keltiruvchi sabablaridan biri artrozlardir. U barcha bo‘g‘im kasalliklarining 80 % ni tashkil etadi. Ular tog‘aydagi degenerativ o‘zgarishlar bilan boshlanib, qisqa vaqt ichida uning ostida yotuvchi suyaklarni, bo‘g‘im qobig‘ini, hatto sinovial o‘ram va mushaklarni qamrab oladi.