Didaktik o’yinlarning turlari va ularni olib borishga doir talablar



Yüklə 276,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.09.2023
ölçüsü276,42 Kb.
#147770
  1   2   3   4
didaktik-o-yinlarning-turlari-va-ularni-olib-borishga-doir-talablar



Didaktik o’yinlarning turlari va ularni olib borishga doir 
talablar 
 
Aziza Egambergan qizi Raximova 
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolaning mazmuni bo'lajak musiqa o’qituvchilarining 
qiziqish va faollik darajasini oshiradigan didaktik o'yinlarga bag’ishlangan. O’yin 
usullari o’quv materialini mustahkam o’zlashtirishga yordam beradi, dunyoqarashni 
kengaytiradi, ijodiy fikrlashni, badiiy tasavvurni, xotirani, kuzatishni, sezgini 
rivojlantiradi. 
Kalit so’zlar
: o’yin usullari, ijodiy fikrlash, badiiy tasavvur, musiqa 
o’qituvchisi, dunyoqarash, sezgi, qiziqish, o’quv materiali, didaktik o’yinlar. 
Types of didactic games and requirements for their conduct 
Azimova Egambergan kizi Rakhimova 
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami 
 
Abstract: 
The content of this article is devoted to didactic games which increase 
the interest and activity level of future music teachers. Playful methods contribute to 
the long-term learning of educational material, broaden the outlook, develop creative 
thinking, artistic imagination, memory, observation and intuition. 
Keywords: 
game methods, creative thinking, artistic imagination, music 
teacher, outlook, intuition, interest, educational material, didactic games
 
Ilg’or texnologiyalarning keng o’zlashtirilishi, uzluksiz ta’limni fan va ishlab 
chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o’quvchilarning musiqa qobiliyatlari va 
imkoniyatlariga muvofiq ravishda musiqiy ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvning 
joriy etilishi hamda musiqiy ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalari va 
zamonaviy o’quv - uslubiy majmualarning yaratilishi pedagogik jarayonlarni tashkil 
etish va boshqarish tizimini takomillashtirishda bo’lajak musiqa o’qituvchilarning 
kasbiy kompetentligini rivojlantirishga asos bo’lmoqda. 
Binobarin, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: Biz ta’lim 
va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida 
takomillashtirishni o’zimining birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz, alohida qayd 
qilib o’tgan
1

1
Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
741


Bu o’z navbatida pedagoglarning jahon miqyosdagi yutuqlarni, ilmiy asoslangan 
innovatsiyalarni tadbiq etgan holda pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish 
va boshqarish, shuningdek, pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta’minlashga 
xizmat qiluvchi didaktik o’yinlardan foydalanish bo’lajak musiqa o’qituvchilarning 
kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Didaktik o’yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda 
aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtirokchilarda aqliy - jismoniy, axloqiy, 
psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni 
rivojlantirishga yordam beradi. Musiqiy ta’lim tarbiya jarayonida asosan talabalarda 
musiqiy ta’lim olish motivlarini ularning turli yo’nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini 
oshiradigan musiqa o’qituvchi kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik 
o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, rolli, ishchanlik va 
boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi 
didaktik o’yinlardan foydalaniladi va alohida o’ringa ega bo’lib bormoqda. Umumiy 
o’yinlar nazariyasiga ko’ra mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni 
funksional mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ishlatiladi. 
Bularning orasida didaktik o’yinlar musiqiy ta’lim - tarbiya vazifalarini amalga 
oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o’ringa ega.
O’yinlar maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari 
hisoblanadi. Bu esa pedagogika oliy o’quv yurtlarida bo’lajak musiqa o’qituvchilarni 
va olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinlarning musiqa ta’lim - tarbiyaviy 
ahamiyatini o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqot olib borishiga asos bo’ldi. 
Natijada oldingi asrning 60-yillari boshida AQSH so’ngra boshqa G’arb 
mamlakatlarida ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshlandi. Ishchanlik o’yinlari 
tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat 
deb takidlaganlar. Didaktik o’yinlarning yana bir turi aqliy hujum usulini birinchi 
marta 1939 - yilda A.F.Osborn qo’llagan. Bu usulni g’oyalar banki deb ham 
nomlagan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi: 
- muammoli vaziyat yaratish;
- g’oyalarni shakllantirish; 
- eng yaxshi g’oyalarni tekshirish, baxolash va tanlash. 
Ishchanlik o’yin darsi 
- dars mavzusi bo’yicha masalalarni hal etish jarayonida 
o’quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish 
mashqi. 
Ro’lli o’yin darsi - 
dars mavzusi bo’yicha masalalarni o’rganishda o’quvchilarga 
oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro’lni bajarishlarini 
tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi. 
garovi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya qabul qilinganinig 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi 
ma’ruza.T., 2017 y. 22 bet 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
742


Teatrlashtirilgan dars
dars mavzusi bilan bog’liq sahna ko’rinishlari tashkil 
etish orqali dars mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi. 
Kompyuter darsi - 
tegishli o’quv fani bo’yicha dars mavzusiga doir kompyuter 
materiallari ( multimediya, virtual o’quv kursi va shu kabilar ) asosida o’tiladigan 
dars. 
Kim oshdi savdosi darsi -
o’quv fani ayrim bo’limi bo’yicha bilimlarni har bir 
o’quvchi qanchalik ko’p bilishini namoyish etish darsi. 
Yamarka darsi
dars mavzusini bo’laklar bo’yicha oldindan o’zlashtirish 
o’quvchilarning o’zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o’tiladigan 
dars. 
Tayanch tushunchalar darsi
o’quvchilarning musiqa savodi faoliyatidan 
tayanch tushunchalarni puxta o’zlashtirishlari bo’yicha turli o’yinlar shaklidagi 
mashqlar o’tkazish darsi. 
O’yin darsi 

Yüklə 276,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin