Limning xozirgi zamon noananaviy va intraktiv usullarini nazariy asoslari



Yüklə 38,44 Kb.
səhifə1/6
tarix10.11.2022
ölçüsü38,44 Kb.
#68277
  1   2   3   4   5   6
ta\'limda interaktiv usullar


1-BOB. TA’LIMNING XOZIRGI ZAMON NOANANAVIY VA INTRAKTIV
USULLARINI NAZARIY ASOSLARI


1.1. Ilg’or pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir.
Pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba – muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg’or pedagogik tajriba deganda, biz pedagogning o’z pedagogic vazifasiga ijodiy yondoshishini, talabalarning ta’lim-tarbiyasiga yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz. Ijodiy ishlaydigan pedagog faqat talabalarni muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiya berish, ilg’or ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmasdan, taraqqiyotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti pedagogning ijodkor bo’lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita bilish, fan yutuqlarini talabalarga yetkaza olishi, tadqiqot ishlariga o’rgata olishini talab qiladi.
Pedagogik tajriba pedagogning faoliyatini samarali tashkil qilish, ta’lim oluvchilarni tayyorlashning har bir vaziyatida mahoratning yuqori darajasiga erishishda uzluksiz ravishda olib boriladi. Pedagogik mahorat o’z-o’zicha vujudga kelmaganidek, tajriba ham hech bir harakat, qiziqish va o’rganishsiz, sinovsiz, tavakkal qilishsiz yuzaga chiqmaydi. Pedagogik faoliyatning eng zaruriy va emotsiyalarga, hissiyotlarga boy bo’lishini hisobga olsak, juda og’ir muammolar, dars jarayonlaridagi kutilmagan holatlar, endi o’rganayotgan o’qituvchining faoliyati ham o’z fanining mohir ustasi bo’lgan o’qituvchiga tajribasini tinimsiz oshirib borishiga imkon yaratadi.
Tajribali pedagoglar doimo o’zlarida nimanidir, qandaydir qobiliyatini namoyon qilayotgan yoki rivojlantirayotgan bo’ladilar. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin. Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o’zlashtirishdan iboratdir. O’qituvchi o’quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistemasini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rolь o’ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o’qituvchiga nafaqat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri fe’l-atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a’zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi. O’zgalar holatini tushuna olish o’qituvchi uchun muhimdir. Sababi u qanday holat, sharoitda o’sgan o’quvchilarga dars berayotganligini bilishi lozimdir. O’quvchilarning yurish– turishi, o’tirishi, harakatidan ularning qay holatda yurganliklarini bilish mumkin. O’zini namoyon qila olish - bu bir qiyin yoki narsa orqali emas, balki bilim, malaka, ko’nikma, odob–axloq, muomala, nutq, munosabat orqali o’zini namoyon qila olishdir. Bunday professional o’qituvchi bo’lish uchun pedagog madaniyat ko’rsatkichlariga erishishi lozim. Madaniyat atamasi lotincha bo’lib, u tuproqni ishlash ma’nosini bergan bo’lsa, hozirgi vaqtda esa, umumiy holda inson madaniyatni, jamiyatni qayta qurish faoliyati va uning natijasidir, deb tushuniladi. Moddiy va ruhiy madaniyat jamiyat hayoti tavsifining katta qismidan iborat. Ijodkor pedagogning o’zi esa yo’lni o’zlashtirib, mazkur jamiyatning o’ziga xos bo’lgan boyliklari, an’analari va madaniyatining usullari hamda ko’nikmalarini o’zlashtirish jarayonida shakllanadi. SHunday qilib, mukammal o’qituvchii umuminsoniy madaniyatning vakili va taqdim etuvchisidan iborat. Fanda madaniyat mohiyatiga uch xil qarash tushuniladi: aksiologik, faoliyatli va shaxsiy. Aksiologik qarashda pedagogika va tarbiyadagi yo’nalishlar ko’rib chiqiladi. Faoliyatli qarash pedagogik metodlar va vositalar mohiyatini amalga oshirishni tadbiq etish imkonini beradi. Individual-shaxsiy rejada o’qituvchining pedagogik madaniyati uning kasbiy faoliyatidagi tavsifining mohiyatidan iborat, deb tushuniladi. Bunday qarash o’qituvchini umuminsoniy madaniyat va pedagogik boyliklarni, u orqali tarbiya va ta’limning madaniy boyliklarini bir avloddan ikkinchi avlodga tashuvchi vakili sifatidagi shaxs, deb qarash imkonini beradi. Pedagogik madaniyatning umuminsoniy shakllari kabi, moddiy va ma’naviy shakllarda mavjud bo’ladi. Pedagogik bilimlar, nazariyalar, kontseptsiyalar, insoniyat va buyuk allomalar tomonidan to’plangan pedagogik tajriba hamda kasbiy-etikaviy normalar-me’yorlarning barchasi pedagogik madaniyatning ma’naviy-ruhiy boyligini tashkil etadi. Pedagogik madaniyatning moddiy boyligi o’qitish va tarbiya vositalaridir.

Yüklə 38,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin