Kitob tumani markazida peshtoqida “Meros”, “Anor”, “Zar tola”, “Issiq non”, “Kamalak”, “Mingchinor”, “Oyna” “Marjon” “Nur”, “Sadaf” yozib qo‘yilgan binolar bor. Bu chiroyli o‘zbekona so‘zlarni o‘qish bilan kishining dili orom oladi, maʼnolarini o‘ylab ketadi. Har bir so‘z nimanidir eslatadi, nimanidir yodga soladi, eng muhimi, aksariyat so‘zlardagi mazmun bino ichkarisidagi ish faoliyati haqida tasavvur uyg‘otadi. Shu tariqa peshtoqlardagi nom dastlabki tashviqot, targ‘ibot rolini bajaradi.

Baʼzan esa peshlavhalarning chet tillarida yozilganini ko‘rasiz. So‘zlarning maʼnosini birda tushunib, birda tushunmaysiz. Gohida o‘zbekcha so‘zlar boshqa tillardagi so‘zlar bilan qorishib ketadi.

Eng yomoni, ayrim yozuvlarda imlo xatolarining borligi. “H” bilan “x”ni, “u” bilan “o‘”ni almashtirib yuborish va hokazolar. Tashqi yozuvlarning nozik tomoni shundaki, unga hammaning ko‘zi tushadi, hamma o‘qiydi
Aksariyat yosh bolalar bu yozuvlar qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiladi, xato yozilganini ham to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Shuning uchun binolardagi peshlavhalar, eʼlonlar, bildirgilarni tayyorlashda savodxonlikning ahamiyati katta.