8-MAVZU. TA`LIM MUASSASASI PSIXOLOGINING TARG`IBOT-TASHVIQOT FAOLIYATI (2 SOAT) Reja:
Ta`lim muassasasida psixologning targ`ibot-tashviqot faoliyatini yo`lga qo`yish.
Targ`ibot-tashviqot faoliyatini talablari va vazifalar.
Ta`lim muassasasi psixologining targ`ibot-tashviqot faoliyatini samaradorligi ko`rsatkichlari va shartlari.
Tayanch so`zlar: inson, shaxs, tashxis, psixoprofilaktika, psixologik ma’rifat, psixodiagnostika, psixik rivojlantirish, psixokorreksiya, psixologik konsultatsiya.
Psixologik tashviqot - ota–onalarni psixologik bilimlar-ni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli mashgʼulotlar, oʼquv-maʼruzalar uyushtirishdan iboratdir.
Psixolog ta'lim tizimida faoliyat yuritar ekan tashviqot vazifalarini ham amalga oshiradi. Bunda u pedagogik kengashlarda, ota-onalar majlislarida, o`quvchilar oldida ma'ruza qilish orqali psixologik bilimlarni targ`ibot va tashviqot qiladi. Shu bilan birgalikda OAVda, ya'ni ilmiy va ommabop jurnal va gazetalarda maqolalar chop ettirish hamda radio va televidenieda psixologik bilimlarni ommalashtirish bilan shug`ullanadi.
Psixologik ma'rifatning va tashviqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
o`quvchilarga eng oddiy psixologik bilimlarni berish va ularning bu bilimlarni egallashiga erishish, tengdoshlari va kattalar bilan shaxslararo munosabatlarga kirishish, o`zlarining shaxsiy sifatlari va xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari, layoqatlariga baho bera olish bilan bog`liq bo`lgan bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;
o`quvchilarda o`quv jarayoniga, o`qituvchilar va tarbiyachilar bilan muloqotga ijobiy munosabatni shakllantirish;
o`smirlar, yigit va qizlarning jinsiy tarbiyasi, ularning oila psixologiyasi va oilaviy munosabatlar, shaxsiy gigiena va kasalliklarning oldini olish sohasidagi bilimlarni egallashiga erishish;
har bir bolaga individual yondashuvni amalga oshirishda pedagoglar, tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning psixologik kompetentligini oshirish;
individual suhbatlar, ochiq darslar, seminarlar va maslahatlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni targ`ib qilish.
Psixologik ma’rifat va tashviqot - maktabning pedogogik jamoasini, o‘quvchilarni va ota–onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli mashg‘ulotlar, o‘quvlar, ma’ruzalar uyushtirishdan iboratdir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari amliyotchi psixologlarini
psixologik maorif va tashviqot yo‘nalishidagi ishlari mazmuniquyidagilarni tashkil qiladi;
-O‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar ijodiy faoliyati mahsuldorligi, to‘garaklar faolligini ko‘tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratlarini egallash bo‘yicha musobaqalar, munozaralar tashkil qilish;
-O‘quvchilar, o‘qituvchilar, xodimlar o‘rtasida bo‘sh vaqtni taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy - psixologik nuqtai- nazardan tekshirish va bo‘sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo‘llari hamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy qadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatini psixologik jihatdan tahlil qilish;
-O‘quvchilarning talabi, ehtiyoji, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, nuqtai nazari, maslagi, turmushga nisbatan munosabati to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
-Tarbiya va ta’limning yangi metodlari samaradorligini tekshirish va psixologik tahlil qilish;
-Xalq ta’limi tizimining barcha bo‘g‘inlari va bosqichlarida ma’ruza o‘qish, ota–onalar yig‘ilishida, metod birlashma kengashlarida ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirishga erishish;
Adabiyotlar ro`yhati 1. Abdurasulov R. Maktabda psixologik xizmat. – Jizzax, 1999
2. Xurvalieva T. Maktabda psixologik xizmatni tashkil etish. – avloniy nomidagi XTXQTMOMI, 2006
3. J.Godfrua. CHto takoe psixologiya? M. 1999 g. 2-tom.