Investitsiyalar va ularni xususiy sektorga jalb etishni



Yüklə 435,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.12.2023
ölçüsü435,34 Kb.
#173484
  1   2   3
investitsiyalar va ularni xususiy sektorga jalb etishni faollashtirish




INVESTITSIYALAR VA ULARNI XUSUSIY SEKTORGA JALB ETISHNI 
FAOLLASHTIRISH VA RAG‘BATLANTIRISH
Botirov Xasan, 
Toshkent moliya institute magistranti 
Annotatsiya. 
Maqolada investitsiyalarning nazariy jihatlari, jumladan 
investitsiya, investor, investitsion faollik tushunchalariga ta‟riflar berilgan. 
Investitsiyalar 
yordamida 
yechilishi 
mumkin 
vazifalar sanab o‟tilgan. 
O„zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar 
bayon qilingan. Mamlakatimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar va 
kreditlar tahlil qilingan. Xususiy sektorga investitsiyalar kiritish hajmini oshirish 
yuzasidan takliflar berilgan. 
Kalit so’zlar. 
Investitsiya, investor, investitsion faollik, investitsion 
jozibadorlik, xususiy sektor, kredit. 
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi, barqaror iqtisodiy 
o„sishga erishishi, aholi daromadlarining oshishi, turmush sharoitining 
yaxshilanishi aksariyat holatlarda milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlariga 
jalb etilayotgan investitsiya mablag„larining hajmi va tarkibiga bog„liq. Shunday 
ekan, har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ustuvor 
yo„nalishi milliy iqtisodiyotga investitsiya mablag„larini jalb etishning jozibador 
muhitini shakllantirishga qaratilishi muqarrardir. 
Yaqin 
kelajakda 
mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini 
rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy jihatdan yuqori rivojlanish darajasiga 
yetkazib olishni maqsad qilgan O„zbekiston uchun respublikaning investitsion 
jozibadorligini tadqiq etish, investitsiya mablag„larini ichki kapital resurslar hamda 
xorijiy investitsiya va kreditlar asnosida ko„payishiga erishish bo„yicha taklif va 
tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kundalik 
hayotimizda 
investitsiya, 
investor, 
investitsion 
faollik
tushunchalari ko„p uchraydi.
Avvalo, investitsion faoliyatning eng muhim elementi «investitsiya»ning 
mohiyati 
va 
mazmunini 
aniqlab 
olaylik. «Investitsiya» so„zi 
ingliz 
tilidagi 
invetstments
so„zidan olingan bo„lib, «kapital qo„yilma» degan ma‟noni 
bildiradi
1
.
Investitsiya (sarmoya) degani – daromad yoki foyda olish maqsadida 
mablag„ni muayyan muddatga tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari (ob‟ektlari)ga 
yo„naltirishni tavsiflaydi. 
Shuni aytish lozimki, dunyo hamjamiyatining hozirgi taraqqiyot bosqichida 
birorta ham mamlakat investitsiyalarsiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erisha 
olmaydi. 
1
DominikRuderera, 
GregorZöttl. 
Transmission 
pricing 
and 
investment 
incentives. 
//https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0957178718300547 



Investitsiyalar yordamida quyidagi vazifalarni yechish mumkin: 
Birinchidan,
 
ichki bozorda talabgor bo„lgan - import tovarlari o„rnini 
bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan yangi korxonalarni qurish, yangi ish 
o„rinlarini shakllantirish imkonini beradi. 
Ikkinchidan,
mamlakatda 
faoliyat 
ko„rsatayotgan 
korxonalar 
ishlab 
chiqarishini kengaytirish va istiqbolli rivojlanishni ta‟min etuvchi omil - milliy 
korxonalarning xususiy kapital hajmini to„ldiradi. 
Uchinchidan,
xususiy sektorda texnologik yangilanish amalga oshadi va 
milliy sanoat ishlab chiqarishiga yangi texnika va zamonaviy uskunalar o„rnatiladi 
va natijada jahon bozorida raqobatlasha oladigan milliy mahsulotlar ishlab 
chiqarila boshlaydi. 

Yüklə 435,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin