Mavzu: Aholi daromadlarining mazmuni, turlari va shakllanish manbalari.
Reja:
1.Aholi daromadlarining mazmuni
2.Aholi daromadlarining turlari
3.Aholi daromadlarining shakllanish manbalri.
Aholi daromadlari, ularning tarkibi, olinish manbalari va tabaqalanish darajasi
jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko’rsatkichidir. Madomiki,
daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo’lib
xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha bo’lib, aholi turmush
darajasining markaziy bo’g’ini, yadrosidir. Daromad deganda nimani tushunish,
ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir.
"Daromad" tushunchasi juda murakkab iqtisodiy kategoriyani ko’rsatadi. Bu
o’rinda gap aholining shaxsiy daromadlari haqida ketadi, aholi shaxsiy
daromadlarining quyidagi ta`riflarini keltirish mumkin:
Shaxsiy daromadlar - bu inson tomonidan pul va tabiiy shaklda olinadigan, ular
tomonidan turmushning muayyan darajasini ta`minlash uchun foydalaniladigan
mablag’lar majmuidir.
Agar "Shaxsiy daromadlar" ta`rifida biz ularning shakllanish manbalarini
ta`kidlasak, unda u quyidagi tarzda namoyon bo’ladi. Shaxsiy daromadlar -
fuqarolarning mehnat faoliyatida ishtiroki, ishlab chiqarish va boshqa
boyliklarning istalgan turiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek,
ushbu davlatning qonuniy hujjatlariga muvofiq ijtimoiy transfertlar to’lovi
qo’yilgan ijtimoiy guruhlarga tegishlilik bilan bog’lik barcha pul va tabiiy
tushumlar yig’indisidir.
Iqtisodchilar shaxsiy daromad manbalarini turlicha talqin qiladi, biroq
umumiy xulosa shuki, har bir ishlab chiqarish omili shaxsiy daromadlarning
muayyan turi bilan bog’liq.
Omillar nazariyasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish omillari quyidagilardir:
tabiiy boyliklar (yer va tabiiy boyliklar); investitsiya boyliklari;
mehnat;
tadbirkorlik faoliyati.
Har bir sanab o’tilgan omillarga daromad - renta, foyda, ish haqi, tadbirkorlik
daromadining boshlang’ich shaklini oladi.
Shu bilan birga, har bir omilga daromad, nazariyaga muvofiq, korxona
tomonidan mahsulot sotilgandan keyin olingan daromadga bu omilning qo’shgan
oxirgi hissasiga tengdir. Faqat oxirgi ishlab chiqarish nazariyasidan kelib chiqqan
holda, amalda daromadlarning bunday taqsimlanishi haqiqatan bo’lishi mumkin
emas, chunki:
bozordagi takomillashmagan raqobat tufayli olinadigan daromad miqdori
ishga solingan omilning mahsulot chiqarishga qo’shgan ulushini ko’pincha
aks ettirmaydi;
boyliklarni jamiyat a`zolari o’rtasida taqsimlashda har doim tengsizlik va
adolatsizlik mavjud bo’ladi, bu shaxsiy daromadlarni oxirgi unumdorlik
nazariyasiga qat`iy muvofiqlikda taqsimlashda yo’l qo’yib bo’lmas keskin
qarama-qarshiliklarga olib keladi;
har qanday taraqqiy topgan jamiyatda daromadlarni shakllantiruvchi ishlab
chiqarish omillari egalarining soni jamiyat a`zolari sonidan kamroq bo’ladi.
Jami daromadlar shaxsiy iste`molga shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural
tushumlar qiymatini va aholiga ijtimoiy fondlar hisobiga bepul va imtiyozli
xizmatlar qiymatini hisobga olgan holda kirimning barcha manbalari bo’yicha
pul daromadlarining umumiy yig’indisidir. Aholi jami daromadlari tarkibi 1-
rasmda ko’rsatilgan.
Fuqarolar daromadlari darajasi ular farovonligining muhim ko’rsatkichidir. U
jamiyatning har bir a`zosining dam olish, bilim olish, sog’liqni saqlash, zaruriy
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilaydi. Undan tashqari, oila daromadlari
haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish mamlakat iqtisodiyotidagi holat haqida
eng qimmatli axborot beradi va uning iqtisodiy-siyosiy kelajagini bashorat qilishga
yordam beradi. Shuning uchun iqtisodchilar aholi daromadlari shakllanishini doimiy
kuzatib boradi.
Shunday qilib, aholining jami va pul daromadlari umumiyga - soliqlar va
majburiy to’lovlarni to’lashgacha bo’lganlarga va tasarrufdagiga – ko’rsatilgan
to’lovlarni amalga oshirishdan keyingi netto-daromadga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |