Limning xozirgi zamon noananaviy va intraktiv usullarini nazariy asoslari



Yüklə 38,44 Kb.
səhifə6/6
tarix10.11.2022
ölçüsü38,44 Kb.
#68277
1   2   3   4   5   6
ta\'limda interaktiv usullar

ilg’or tajribalarga suyanib, ularni tarbiyaviy jarayonida o’rtoqlik, do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini shakllantirish mahoratini o’zlashtirishdan iborat.
Ular:
- Har bir o’quvchi shaxsida o’zaro munosabat aloqalarini yaratish; o’quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarini jamoada jipslashtirish;
- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish; jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyavii kuchga aylanadi.
O’rta umumiy ta’limi maktab o’quvchilar jamoalarini, tashkil qilishda pedagogdan turlituman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
1. Pedagog jamoa a’zolarini yangi sharoitga moslashtirish jarayonida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik o’quvchilarni to’g’ri qo’ya bilish, shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo’lishi kerak
2. o’quvchilar jamoasidagi yetakchi kuch-tayanch o’zagini tanlash.
3. Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish.
4. Jamoada yangi an’ana, qonun-qoidalarning dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish.
5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Har bir pedagog pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali bo’lishi uchun o’z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o’stirishi, o’quvchilar bilan bo’ladigan munosabatlarni puxta o’ylab, ularning ko’ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim. Muomala madaniyati, o’zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir o’qituvchining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo’ladi. Muomalaning asosiy vositasi - tildir. Xalqimizda shunday naql bor "o’quvchi-shirin so’zning gadosi". SHunday ekan o’qituvchi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: "SHirin so’z ko’ngillar uchun bamisoli asaldir." SHuning uchun ham pedagog har on nutq madaniyatiga qattiq, e’tibor berishi, o’zining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. Yuksak tuyg’u madaniyatiga ega bo’lgan pedagog o’quvchilarning kayfiyati, noxushligini darrov fahmlaydi. Qo’pol, odobsiz gaplarga o’rin qoldirmaslik, o’quvchi shaxsiga tegadigan qo’pol muomala qilish pedagogning faoliyatiga putur yetkazadi. O’quvchi ahvolini tushunish unga hamdard bo’lishi, madad berish kerak. Pedagog o’zining pedagogik faoliyatida avvalo to’g’ri so’z bo’lishi, ishlarini adolat bilan olib borishi kerak. Bu xislat o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat insonlar xulqini baholovchi muxim mezondir. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek: «Loqal bir harf o’rgatgan ustozning haqqini yuz ming ganju xazina bilan ham uzib bo’lmaydi». Biz ulardan umrbod qarzdormiz.
Yüklə 38,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin