“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə407/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

 4.«Portfolio-kollektor». 
Bu portfolio talaba muallif bo‘lmagan materiallardan iborat bo‘ladi. 
Bunga o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo‘llanma va ko‘rsatmalar, elektron 
o‘quv adabiyotlari, o‘quv-vizual materiallar, maqolalar, lug‘atlar yoki talabaning o‘zi mustaqil 
topgan adabiyotlar hamda boshqa o‘quv materiallari kiradi.
 5.«Jarayon portfoliosi» 
talaba tomonidan o‘quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy, axborot va 
ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini mustaqil qo‘llash 
malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni: 
muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil 
etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani 
baholashni o‘z ichiga olishi kerak.
 6.«Ko‘rsatkichlar portfoliosi» 
talabaning biror bir soha bo‘yicha mahoratini va 
ko‘rsatkichlarini jamlash hamda ko‘rsatish maqsadida yaratiladi. Unga talabaning o‘zi yoki 
ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan namunalar qo‘yiladi.


MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
341 
 7.«Baholash portfoliosi» 
talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat qilish maqsadida 
tuziladi va u turli xil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va 
boshqa topshiriqlardan iborat bo‘ladi. Baholash portfoliosi o‘qituvchi tomonidan mustaqil 
tuziladi va uni rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan natijaga erishish uchun o‘z vaqtida 
talabalarga taqdim etishi talab etiladi.
8.
 
«Yutuqlar portfoliosi» 
talabaning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va 
yutuqlarini ko‘rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o‘z xohishi bilan 
o‘zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliqlari, diplomlari, 
taqrizlar va o‘z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin