“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB 
FALSAFASI 
36
keyin Aleksandr taxtga o‘tirgach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida «Likkey» nomli 
maktab ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali bo‘lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida 
Aleksandr tomonidan ko‘rsatilgan himmat va rag‘batlar muhim ahamiyat kasb etgan. Iskandar 
vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh ko‘tarib, Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga 
tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko‘chib ketgan Arastu ko‘p o‘tmay o‘sha yerda vafot etgan.
Arastu zabardast olim bo‘lib, mantiq, psixologiya, falsafa, axloq, notiqlik san’ati, tabiiy 
fanlar bo‘yicha o‘lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni o‘rganishga 
qartilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini «Organon» («Qurol») nomli asariga jamlagan. 
Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bo‘lgan. Amaliy fanlar 
shogirdlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. U 
nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan.
Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to‘rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni 
modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad 
sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning 
ulg‘ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‘lgan 
maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo‘lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni 
paytda, olam o‘zining abadiy sababi, ya’ni harakatlantiruvchi kuchiga ega.
Arastuning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida 
bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning yerkin va farovon hayoti uchun 
xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo‘l-ko‘lchilik bilan belgilanmaydi, 
balki syeroblik ma’naviy boylik bilan uyg‘un bo‘lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi. 
Davlatning boyligi, asosan, o‘rtacha mulkka ega bo‘lgan fuqarolarning mehnati bilan ta’minlanadi. 
Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o‘rta biznes sohasini 
rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir.
Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. U haqiqiy borliq — 
moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy 
zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo‘shliqdan iborat deya ta’lim byeradi. Atomlar va bo‘shliq 
o‘zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo‘linmas va o‘zgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning 
miqdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning 
abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir 
narsa tasodifan paydo bo‘lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy 
ta’limot muhim o‘rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy bog‘liqdir. 
Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qo‘rg‘ondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha 
narsalardan ustun turmog‘i lozim.
Me’yor, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga in’om etgan kuch va qobiliyatga mos 
kelishadadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi so‘zlash; yaxshi harakat qilish.
Demokritning axloqiy qarashlari o‘z davridagi amaliy ma’naviy munosabatlarning 
umumlashmasidir. Uning ta’limoti bugungi kunda insonlarni axloq-odobga, diyonatga da’vat 
etadi.
Epikur (341-270 yillar) — qadimgi Yunon mutafakkiri. Demokrit ilgari surgan atomchilik 
ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan va tegishli qarashlar bilan 
boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo‘linmas, 
olam — jism va bo‘shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga 
bo‘lgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan bo‘lsa, ikkinchi guruhga 
atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. Epikur ichki harakat qonuniyatini 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin