“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB 
FALSAFASI 
37
kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotiga ulkan hissa qo‘shgan. Epikurning 
falsafiy-axloqiy ta’limoti o‘z zamonasida ilg‘or ahamiyatga ega bo‘lgan. Rohatfarog‘at, 
xursandchilik deganda, kayf-safo, maishat, shohona hayotni emas, balki jismoniy ezilish hamda 
ruhiy tashvishlardan xalos bo‘lishni, ozodlikni tushunamiz, deydi Epikur. uning fikricha, davlat 
kishilarning o‘zaro kelishuvi asosida tuzilishi lozim. Epikur ilgari surgan ijtimoiy kelishuv g‘oyasi 
keyinchalik XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari hamda XX asr faylasuflari tomonidan davom 
ettirilgan.
Epikur ta’limotini rimlik Lukretsiy Kar (yeramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U 
«Narsalarning tabiati to‘g‘risida» nomli asari bilan mashhur bo‘lgan. YAshashdan maqsad, deb 
yozgan Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham, xuddi tabiat singari, o‘z 
qonunlariga ega hamda tabiat qonuniyatlariga tayangan holda rivoj topadi, deydi u. Uning falsafiy 
qarashlari o‘z davri va o‘rta asr falsafasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib, shaklini 
o‘zgartirib yashash — uning xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab turga 
bo‘linadi. Lukretsiy Kar atom harakatining uchta turini sanab o‘tgan. Bular — narsaning og‘irlikka 
ega bo‘lgani uchun to‘g‘ri chiziqli harakati, narsaning o‘zicha og‘ish harakati, narsaga turtki 
bo‘lgan asosga qaratilgan harakat. Lukretsiyning nazariyasi mohiyatan sodda bo‘lsa-da, 
tabiatshunoslikka ulkan ta’sir ko‘rsatgan.
Biz xorijiy Sharq va antik dunyo falsafasi haqida juda qisqa ma’lumot byerdik. Ularga 
mansub ayrim oqim va mashhur faylasuflar ta’limoti to‘g‘risida nihoyatda muxtasar fikr yuritdik. 
Aslida bu mavzular o‘ta keng qamrovli bo‘lib, ularning mohiyatiga etib borish uchun ko‘p va xo‘b 
o‘qib-o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Ishonchimiz komilki, siz, aziz talabalar ularni mustaqil o‘qib-
o‘rganish jarayonida to‘liq o‘zlashtirib olasiz. Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan o‘rta asrlar 
falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi 1 asrdan milodning X1V asrigacha, bir yarim ming yil 
davomida bir qancha oqimlar paydo bo‘ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni 
ko‘rish mumkin: 1. Xiristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O‘rta 
asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustivor yo‘nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, 
realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o‘sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Gnostiklar. Bu davr falsafasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan gnostitsizm eramizning 150 yillarida 
o‘zining yuksak ravnaqiga yerishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha 
Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatinnig ruhiy jihati bilan xudoga 
moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan 
birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm g‘alaba qilsa, xristianlik qadimgi 
dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo‘lib qolar edi va shunday bo‘ldi ham. 354 yilda Pompey 
sobori xristianlikni Rim impyeriyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo 
o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida matyeriya hamma vaqt 
yovuzlik timsolidir. Bundan ular xudo hech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb 
hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e’lon qilingan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda 
monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Apologetlar xristianlik tarixida 1 va III asrlarda 
vujudga keldi.
«Patristika»- so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G’arbda 
episkoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo‘lgan chyerkov otalaridan biri 
Ioan



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin