Extiyoj faollikni yuzaga keltruvchi turtki sifatida va ehtiyoj o`rganish metodlari
Reja:
1.Ehtiyoj muammosi.
2.Ehtiyojning biologik va psixologik komponentlari.
3.Ehtiyojlar klassifikatsiyasi.
4.Ehtiyojni o’rganish metodlari.
1. Ehtiyoj muammosi.
Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik mavjudodlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha) tevarak- atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan, turli xususiyatli bog’lanishlarni ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'i nazar) ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Ularning faolligi tufayli murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib (onglikning mahsuli sifatida), turli-tuman mohiyatli, har xil ko’rinishdagi ehtiyojlar (ularning toifalarga aloqadorligi, kelib chiqishi jishatidan biologik, moddiy, ma'naviy va boshqalar)ni qondirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik faoliyatining asosiy mexanizmlaridan birinchi bo’lib, tirik mavjudodlarning o’z imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob qilish uquvchanligining tarkibi sanaladi.
Borliqdagi jonli mavjudodlarning o’ziga xos tarzda, muayyan yo’nalishda, ma'lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi. Psixologik manbalarga asoslanib fikr yuritganimizda, ehtiyoj-jonli mavjudod (hayot kechirishining yaqqol ssshart-sharoitlariga uning shularga tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur ssshart-sharoitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalanadi.
Insonning faolligi boshqa mavjudodlardan tub darajada ham mohiyat, ham shakl jishatdan tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida o’z ifodasini topadi. Jumladan, mavjudodlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning a'zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi. Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida, ularning qurshab olgan yashash muhitiga yengillik bilan moslashuvini ta'minlaydi. Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira (nektar) yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni qondirish ob'ektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi tomonda joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. Shu boisdan mavjudodlarning ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar, instinktlar, ssshartsiz reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi.
Lekin insonlarning faolligi va ularning faolligi manbai hisoblanmish insoniy ehtiyojlar tubdan boshqacha manzaraga ega bo’lib, biologik ssshartlanganlikdan tashqari, moddiy va ma'naviy ko’rinishlardan iboratdir. Odamning ehtiyoji unga ta'lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya'ni insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko’nikma malaka, odat, ma'naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tabiat tomonidan vujudga keltirilgan jism, narsa, buyum inson uchun biologik ehtiyojni qondiruvchi o’lja ma'nosini va ahamiyatini yo’qotadi. Odam boshqa mavjudodlardan farqli o’laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zaruriyat talabiga binoan tubdan qayta o’zgartirishga, takomillashtirishga qodir ongli zotdir. Xuddi shu boisdan odamning o’z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy tarixiy taraqqiyot darajasi bilan o’lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol, muayyan maqsadga yo’naltirilganligi, ma'lum rejaga asoslangan ijodiy ko’rinishi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
"Insoniyatga xos bo’lgan ehtiyojlarning mazmuni, shakli va qondirilishi" usuli ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida rivojlanib, o’zgarib va takomillashib boradi. Hozirgi zamon kishisining ehtiyojlari va ularning qondirilishi ajdodlarnikidan ham, avlodlarnikidan ham tubdan farqlanadi, lekin etnopsixologik xususiyatlar ta'siri o’z ahamiyatini yetarli darajada yo’qotmaydi. Shaxsning ehtiyojlarini to’la-to’kis qondirish uni komil inson sifatida kamol toptirishning eng muhim sshartlaridan biri hisoblansa-da, lekin bu uning ustuvor ekanligini bildirmaydi, chunki boshqa ta'sirchan omillar ham mavjuddir. Kamolotga erishishning muhim sshart-ssharoiti hisoblanmish mehnat insonning ehtiyojiga aylanmasa, u o’z ehtiyojlarining yengil, oson yo’llar bilan qondirishga harakat qilsa, inqirozga uchraydi. Yengil yo’l bilan o’z ehtiyojlarini qondirish ijtimoiy qonun va qoidalarga zid xulq-atvor manbaiga aylanishiga, jinoiy xatti-harakat kelib chiqishiga, tekinxo’rlik illatining namoyon bo’lishiga zamin hozirlaydi.
Huquqiy, demokratik jamiyat kishisi shaxsini shakllantirishga nisbatan qo’yilayotgan eng muhim talablardan biri-unda mehnat qilish ehtiyojini, mehnatdan faxrlanish tuyg’usini va undan lazzatlanish hissini tarkib toptirishdan iboratdir. Mehnatga nisbatan ehtiyojning vujudga kelishi sanoatda va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, mehnat qilish ssharoitlarini yaxshilash, mehnat faoliyati umumdorligini oshirish,ish vaqtidan oqilona foydalanish imkoniyatini yaratadi va faqat mehnatdagina o’z imkoniyatini namoyon etuvchi, bunyodkor, vatanparvar, fidoiy shaxslarni shakllantiradi. Kishilarning iqtisodiy ehtiyojlarini qondiruvchi, ba'zan og’ir va zerikarli tuyulgan mehnat turi vatanparvar, komil insonlikka intiluvchi shaxs uchun quvonch, qoniqish, hatto rohat-farog’at his-tuyg’ularining manbaiga aylanishi mumkin.
Yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan "Ta'lim to’g’risida" gi qonunda va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da o’quvchilar va talabalarning mehnat tarbiyasi va kasbga yo’naltirilishiga alohida ahamiyat berilgandir. Respublika fuqarolarida ma'naviy ehtiyojlarni vujudga keltirish va shakllantirish istiqlol sharofati bilan muhim ahamiyat kasb etib, ijtimoiy tarbiyaning muhim bo’g’iniga aylandi.
Huquqiy, demokratik jamiyatning asosiy vazifalaridan biri- insoniy ehtiyojlarni tarkib toptirish, ularni barkamol shaxs kamolotiga yo’naltirish, ma'naviyatni egallash bilan uzviy bog’lab amalga oshirishdan iboratdir.
2. Ehtiyojning biologik va psixologik komponentlari.
Inson bir davrning o’zida ham individuallik, ham ijtimoiylikni aks ettirgan bo’lganligi sababli uning ehtiyojlari shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga egadir. Boshqacha so’z bilan aytganda, undagi tor ma'noli shaxsiy xususiyatga ega bo’lganday tuyg’u uyg’otuvchi (tabiat in'omiga aloqador) ehtiyojlarni qondirish jarayoni ham ijtimoiy hamkorlik faoliyatining mahsuli (dehqonlar, ishchilar, xodimlar va boshqa kasbdagi) odamlarning sa'i-harakati, hamkorlikdagi mehnatining moddiy tarzdagi ifodalanishidan foydalanishida aks etadi.
Ushbu masalaga boshqacha tarzda yondashilsa, unda o’z ixtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy muhit negizida yaratilgan vositalar va usullardan foydalaniladi, natijada u yoki bu ssharoitga nisbatan ehtiyoj his etadi. Masalan, yog’ochdan boltaga dasta yasash uchun unda xohish mavjudligining o’zi yetarli emas, balki bir qator sshart-sharoitlar, dastgoh, duradgorlik asboblari bo’lishi lozim, uning sifatiga nisbatan ehtiyoj ham tug’iladi. Xuddi shu boisdan unda o’z xohish-istaklarini ro’yobga chiqaradigan talab bilan imkoniyatga qaratilgan ehtiyoj vujudga keladi. Insondagi tor ma'nodagi ehtiyojlar uning shaxsiy talablarini qondirish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik faoliyatida yuzaga keluvchi jamoaviy ehtiyojlar yakka holligiga oid xususiyat kasb etadi. Aytaylik, ma'ruza o’qishga taklif qilingan o’qituvchining mashg’ulotga puxta tayyorgarligi o’z predmetining o’ta fidoyisi ekanligi uchun emas, balki jamoa nufuziga dog’ tushirmaslik mas'uliyati, ijtimoiy burch hissiga nisbatan ehtiyoj sezganligi tufayli amalga oshadi Shaxsiy ehtiyoj guruhiy, jamoaviy munosabatlar uyg’unlashib ketganligi sababli o’zaro qorishiq xususiyatga ega bo’ladi. Har qanday individual faoliyatga nisbatan ehtiyojning tug’ilishi ijtimoiy alomat, umumiylik, hamkorlik xususiyatini kasb etib, faoliyatga yondashuvda yakkahollik umumiylikni, umumiylik esa alohidalikni uzluksiz ravishda beto’xtov aks ettirib turadi.
3. Ehtiyojlar klassifikatsiyasi.
Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o’z predmetining xususiyatiga binoan amalga oshiradi.
Odatda o’zlarni kelib chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga ajratiladi.
Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o’z shaxsiy hayotini himoya qilish, o’z avlodi hayotini saqlash, uni qo’llab-quvvatlash uchun zaruriy sshart-sharoitlarga tortilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarning ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan asranish, musaffo havoga intilish, tana a'zolariga dam berish kabilar kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson halokatga mahkum bo’ladi, o’z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostiga qoldiradi. Tabiiy ehtiyojlar insonda hayvonot ajdodlarnikiga va ibtidoiy jamoa a'zolarinikiga o’xshash bo’lsa-da, lekin ular o’zining psixologik mohiyatiga ko’ra mavjudodlarnikidan ham sifat, ham miqdor jishatdan tafovutlanadi. Ehtiyojlarni qondirilish usullari, shakli, quroli tobora takomillashib borishdan tashqari, ularning mohiyati, mazmuni ham o’zgarib bormoqda, misol uchun hozirgi zamon kishisi eramizdan oldingi ajdodlarimizga nisbatan boshqacha tarzda o’z ehtiyojlarini ro’yobga chiqaradi va ularni qondirishga intiladi. Uy ro’zg’or buyumlarining o’zgarishi ehtiyojlarini qondirish yo’llari takomillashuvidan darak beradi. Shuning uchun insonlarning tabiiy ehtiyojlari ijtimoiy tarixiy xususiyatga ega, chunki ular ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsulidan iboratdir.
Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyatini mahsuli bilan bog’liqligini ifodalab, madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to’g’risida mulohaza yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari bilan uzviy bog’lanib ketishini ta'kidlab o’tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o’zaro uyg’unlashgan bo’lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi, chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi. Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar ob'ektiga tabiiy ehtiyojlarini qondiruvchi uy-ruzg’or buyumlar, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan bog’lanish vositalari, madaniy aloqalar o’rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o’qish va tajriba orttirish yo’llari kiradi. Odatda jamiyat ta'lim va tarbiya tizimini egallash, xalq an'analari, marosimlari, bayramlari, odatlari, rasm-rusumlari, xulq-atvor ko’nikmalarini o’zlashtirish jarayonida rang-barang madaniy ehtiyojlar vujudga keladi, yangicha ma'no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta'kidlab o’tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga yetaklaydi, biroq madaniy ehtiyojlarning qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, ammo odamda madaniy fazilatlarning shakllanishiga putur yetkazadi, uning kamolotini sekinlashtiradi.
Shu narsani ta'kidlab o’tish joizki, madaniy ehtiyojlar o’zining darajasiga ko’ra, jamiyat tomonidan o’z a'zolari oldiga qo’yilayotgan talablar bilan bog’liqligiga binoan, ular o’zaro bir-birlaridan keskin tafovut qiladi. Masalan, hozirgi zamon yoshlarining bilim olishga nisbatan tinimsiz izlanishini, ya'ni bilim olish ehtiyojining mohiyatini eng so’ngi moda bo’yicha kiyinishga odatlangan xuddi shu yoshdagi tengdoshining ehtiyojlarini bir xil mezon bilan o’lchash va baholash adolatdan emas. Chunki ehtiyojlarning mohiyatiga, ularni qondirish uchun amalga oshirish ko’zda tutilgan faoliyat natijasiga, ularning xususiyatiga ijtimoiy yoki individual yo’nalganligiga binoan, har qaysisi alohida-alohida baholanadi.
Ijtimoiy jamiyat tomonidan o’z fuqarolari oldiga qo’yilayotgan talablariga, jamiyatning huquq asoslariga, xalq an'analariga, yurish-turish qoidalariga, ma'naviyat va qadriyat tizimiga, maslak va dunyoqarash mohiyatiga mos tushadigan ehtiyojlar yuksak onglilik, ijtimoiy faollik, ma'naviy kamolot uchun xizmat qiladi, jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri bo’lib madaniy ehtiyojlarni tug’ilish va ularni qondirilish darajasi va ma'naviyatni egallashdagi roli hisoblanadi.
Psixologiya fanida ehtiyojlar o’z predmetining xususiyatiga ko’ra moddiy va ma'naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha ekanligi e'tirof etiladi.
Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyiga ega bo’lish, maishiy turmush ashyolariga intilish, komfort hissini qondirish bilan bog’liq madaniyat predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga keltiradi. Ma'naviy madaniyatni yaratish va o’zlashtirish, shaxsning o’z fikr mulohazalari va his-tuyg’ulari bo’yicha boshqa odamlar bilan muomalaga kirishish hamda axborat almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishish, mahalliy matbuotni o’qish, kino va teatr ko’rish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya'ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik manaviy ehtiyojlar tizimini vujudga keltiradi.
Ma'naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, vujudga kelgan ma'naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi chunonchi, kitob, yozuv qog’ozi va boshqalar.
Ehtiyojlarning turlari haqida fikr bildirganda yana shu narsaga e'tibor berish kerakki, kelib chiqishiga binoan tabiiy turga taalluqli ehtiyoj o’z predmetiga ko’ra moddiy guruhga, xuddi shu mezonlar bo’yicha bir davrning o’zida madaniy ehtiyojning moddiy yoki ma'naviy ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. Shu tariqa ehtiyojning kelib chiqishi va predmeti xususiyati bo’yicha ikki mezonga asoslanib muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy taraqqiyotiga nisbatan va ehtiyojlarning ob'ektiga bo’lgan munosabatiga binoan, har xil tasniflanadi va xuddi shu mezonlarga ko’ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning izchilligi, barqarorligi, doimiyligi, ko’lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi, individualligi kabi xususiyatlari bilan o’zaro bir-biridan farqlanadi. Ehtiyojlar faoliyati va xulq-atvor motivlari bilan jips aloqada bo’ladi.
Muayyan muhitda yashovchi hayvonning u yoki bu tarzdagi xatti-harakati aniq ehtiyojni qondirishga qaratilgan bo’ladi. Shu boisdan ehtiyoj hayvonni faollikka undash bilan cheklanib qolmasdan, balki faollikning turlari, shakli, harakatlantiruvchi kuchiga ham o’z ta'sirini ko’rsatadi.
Hayvonda ovqatlanish ehtiyojini tug’ilishi unda faollikni vujudga keltiradi, natijada so’lak bezlari ishlay boshlaydi, o’lja qidirish, uni poylash, tutish va iste'mol qilish bilan bog’liq holatlar majmuasi yuzaga keladi. Mazkur jarayonlar sshartli reflekslar, faollikni keltirib chiqaruvchi yangi qo’zg’ovchilar va unga muvofiq bo’lgan yangi harakatlar bilan bog’lanish mumkin, biroq hayvon xatti-harakatining tuzilishida hech qanday o’zgarish yuz bermaydi. Jahon fiziologlari va psixologlari tomonidan hayvonlarda sshartli reflekslarni shakllantirishga oid tajriba materiallarining ko’rsatilishicha, vosita sifatida foydalanilgan qo’ng’iroq chalinishi hayvon uchun tashqi qo’zg’otuvchilar ichidan faqat ovqatlanishga bog’liq signal (xabar) vazifasini bajaradi, xolos.
O’rgatilgan hayvon tomonidan tepkini bosish jarayoni unga ovqatning berilishi bilan aloqador xatti-harakat tarzida amalga oshiriladi. Shuning uchun hayvon har qanday murakkab sshartli reflekslar yordami bilan o’z xatti-harakatini amalga oshirgan bo’lishiga qaramay, ehtiyojlar bevosita uning psixikasini aks ettirish muayyan ob'ektga yo’naltirish, xulqini idora qilish funksiyasini bajaradi. Chunki hayvon a'zolarining biologik-tabiiy ehtiyojlari psixik aks ettirish mazmuni va sifatini, tashqi olam ta'siriga nisbatan javob sifatida paydo bo’luvchi xatti-harakatlarni muvofiqlashtirib turadi.
Insonning faoliyati, xulq-atvori, xatti-harakati hayvonlarnikidan tubdan farq qiladi, ularni tarkib toptirish mutlaqo boshqa asosga quriladi.
Misol uchun bolaning ovqatlanishi, xatti-harakati, qoshiqdan foydalanish, maxsus ajratilgan joyda o’tirish, ovqat yeyish qurolini ishlata olish uning tabiiy ehtiyojlari tufayli yuzaga kelgan deb e'tirof etish haqiqatdan uzoq fikr, chunki uning negizida yotuvchi mexanizmlar siri tushuntirib berilmagan. O’z-o’zidan ma'lumki, tabiiy ehtiyojni qondirish uchun zarur sshart-sharoitlar yaratilishi sshart emas, insonda uyquga ehtiyoj tug’ilsa, u holda hech qanday yumshoq o’ringa, divanga talab sezilmaydi, charchagan odam duch kelgan joyda o’z ehtiyojini qondiraveradi.
Madaniy xatti-harakatlar, odatlarning insonda vujudga kelishi ijtimoiy tarbiyaning ta'sirida tabiiy ehtiyojlarni qondirishning vositasi, ssharti sifatida gavdalanib, qurollar, buyumlar ularning tarkibiy qismiga aylana boshlaydi. Bunday xatti-harakatlar shaklini keltirib chiqaruvchi asosiy manba tub ma'nodagi ehtiyoj emas, balki uni qondirishning jamiyat taraqqiyoti talab qilgan qoidalari, usullari, kamolot taqozo etuvchi madaniy ko’nikmalar hisoblanadi.
Jamiyatning taraqqiyot bosqichlariga binoan tabiiy ehtiyojlarni qondirishning yangidan-yangi, yanada takomillashgan vositalari insoniyat tomonidan yaratilaveriladi va bular ehtiyojlar tarkibi bilan qorishib ketadi. Madaniy va ma'naviy ehtiyojlar to’g’risida ham xuddi shu tarzdagi o’zgarishlar yuz beradi, shaxsning boshqa kishilar bilan muloqotga kirishish, bilimlarni o’zlashtirishda texnik vositalardan foydalanishi nutq va kiyinish madaniyatining o’sishi ularni qondirishga nisbatan talab darajasining ortishi mazkur ehtiyojlar riojlanishini ta'minlaydi.
Psixologiyada ehtiyojlar rivojlanishining bir necha bosqichlari mavjud ekanliligini ta'kidlab o’tish zarur. Chunki ehtiyojlar inson ontogenezida paydo bo’lib, to umrining oxirigacha o’zgarib, takomillashib boradi. Kishilik jamiyatlarida ehtiyojlar bir-biridan ham mohiyat, ham shakl jihatidan tafovutga ega bo’lganday, yosh davrlariga qarab, ular xuddi shunday mezonlar bo’yicha o’zaro farqlanadilar.
Bola faolligini rivojlantirishning dastlabki bosqichlaridayoq, biologik jihatdan ahamiyat kasb etuvchi buyumlar, jismlar ustuvorlik xususiyatiga ega bo’lmaydilar, aksincha ularning inson tomonidan foydalanish usullari ehtiyojlarning omillari tariqasida gavdalanadi. Binobarin, mazkur buyumlar, aslahalarning ijtimoiy tajribalarini egallashdagi ahamiyati, roli namoyon bo’lishning mexanizmlari sifatida maydonga keladi.
Bolalarning xuddi shu yo’sinda egallaydigan xatti - harakatlarining yangi shakllari - bu jamiyat tomonidan ijtimoiy amaliyot vazifalariga munosib ravishda ishlab chiqilgan usullaridan iborat bo’lib, buyumlar bilan shaxsning munosabati tarzida yuzaga keladi, kishining kundalik faoliyati ichidan muhim joy egallaydi. Stol atrofida o’tirish, qoshiq bilan ovqat yeyish, krovatda uxlash, televizor tomosha qilish, o’yinchoq o’ynash, kattalar bilan muomala qilish yuqoridagi fikr mohiyatini yaqqollashtirishga yordam beradi. Ehtiyojni qondirishning vositalaridan foydalanish qoidalari ijtimoiy muomala usullari, faoliyatni amalga oshirishning yo’l-yo’riqlari katta yoshdagi odamlar tomonidan yoshlarga o’rgatiladi. O’z ehtiyojlarini muayyan buyumlar vositasida qondirishga va ularni muayyan faoliyat turiga tatbiq etishning insoniy shakllarini egallashga o’rgatish maxsus mashqlar orqali amalga oshirilib, "Yetuk shaxs- bola" tarzida yuzaga keladi. Demak, bola ehtiyoji qondirilayotgan insoniy sshart-sharoitlar ta'siri ostida shaxsning xulq-atvori vositalar ahamiyati bilan emas, balki ularning ijtimoiy qiymati bilan belgilanadi. Ehtiyojlarning qondirilish darajasi uning og’ir yoki yengil ko’chishi shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega, shu boisdan ularni qondirish maqsadga muvofiq, oqilona mezonlarga suyanib amalga oshirilsa ijtimoiy ahamiyati yanada ortadi.
Insonda madaniy va ma'naviy ehtiyojlar turmush tajribasi ortishi, bilim saviyasi kengayishi, maxsus mashqlar egallanishi, ijtimoiy hayot qoidalariga uzluksiz ravishda rioya qilishi, narsa va hodisalarga munosabati o’zgarishi tufayli rivojlana boradi. Odam tobora barkamol bo’la borishi uning oldiga yangicha talablar qo’yadi, ularni bajarish esa ehtiyojning yangi, nisbatan murakkab, mohiyat jishatdan teran xususiyat kasb etuvchi shakllarni vujudga keltiradi, ularning qondirilishi esa tuzilishga ega bo’lgan vositalarni taqozo etadi. Ma'lumotlilik aql - zakovat ko’rsatkichining yuksalishi, iste'dod alomatlarining ro’yobga chiqishi, faollikning ortishi, xatti-harakat tarkibida keraksiz bo’g’inlarning kamayish ehtiyoji takomillashgan shaklining namoyon bo’lishini ta'minlaydi. Inson komfort sari intilar ekan, demakki unda yangi ehtiyojlar yuzaga keladi, ularning qondirilishi esa yangi bir sifat darajasiga ko’tariladi. Madaniyatning yangi qirralari ochilishi, ma'naviyatni egallashga nisbatan xohish - istakning kuchayishi, fan va texnikaning taraqqiyoti, millatlararo munosabatlar ko’lamining kengayishi rang-barang ehtiyoj turlari va shakllari rivojlanishiga muhim sshart-sharoitlar yaratadi. Insonning barkamollik sari intilishdagi imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish orzusi ehtiyojlar rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.
Psixologiya fanida ehtiyoj quyidagi tiplarga ajratiladi:
1. Individual - yakka shaxsga yo’naltirilgan.
2. Guruhiy - real guruhlar moddiy va ma'naviy intilishi.
3. Jamoaviy - jipslashgan guruhlar talabi majmuasi.
4. Hududiy - etnik guruhning muayyan o’ziga xos talablari qondarilishi
5. Etnik - ma'lum millat yoki xalqlarning safarbarligini ta'minlash.
6. Umumbashariy - yer yuzi xalqlarining umumiy talablarining majmuaviy aks etishi.
Shaxsning muhim belgisi faqat odamga xos maxsus ehtiyojlarning borligidir. Ehtiyojlar odamning kun ko‘rishi va yashashi uchun zarur narsalar- dir. Odam yashamoq, kun kechirmoq uchun o‘z ehtiyojlarini qondirishi kerak. Ehtiyojlar hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug‘ma ehtiyojlar bo‘ladi – ovqatlanish, saqlanish, nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda esa biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar – bilish ehtiyojlari, ijtimoiy ehtiyojlar, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug‘ma ehtiyojlar emas – ular tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo‘lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatdan o‘zgargan. Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiysiga qarab o‘zgaradi. Har bir ayrim odamning ehtiyojlari ijtimoiy muhit, tarbiya va tajribasiga qarab taraqqiy etadi. Ehtiyojni qondirish jarayoni hayotning muhim bir tomonini tashkil etadi. Odam yuksak darajadagi ma’naviy ehtiyojlari borligi bilangina emas, balki o‘zining ehtiyojlari (shu jumla- dan, biologik ehtiyojlarni ham) anglashi bilan ham hayvonlardan farq qiladi. Ehtiyojlar odamni g‘ayratga kirgizadi, uning faoliyatini hamma turlariga dalda beradi. Yuqorida aytilganidek, hayvonlar o‘zining ehtiyojlarini tug‘ma in- stinktiv harakatlar yordami bilan va instinktlar asosida vujudga kelgan ko‘nikmalar yordami bilan qoniqtiradi. Odam shaxs bo‘lganidan o‘z ehtiyojlarini ongli, oqilona harakatlar yordami bilan qondiradi. Shu bilan birga, odam faqat insonga xos bo‘lgan madaniy ijtimoiy ehtiyojlarnigina emas, balki tabiiy, biologik ehtiyojlarini ham oqilona qondiradi. Shu bilan birga, odamning harakati hayvonlar harakatidan tafovut qilib, ijodiy xarakterda bo‘ladi. Hayvonlar tevarak-atrofdagi muhitga faqat moslashadi, undan tayyorini oladi. Odam muhitga moslashish bilangina cheklanib qolmaydi, balki shu muhitni qayta ko‘radi, o‘zgartiradi, o‘ziga moslashtiradi. Shaxsning oqilona iroda bilan bo‘ladigan faoliyati ijodiy mehnatda sodir bo‘ladi. Odam yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo‘shadi, voqelikni o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Kishilarning ijtimoiy mehnat faoliyati tufayli yer sharining butun qiyofasi o‘zgardi – yangi geografik muhit vujudga keldi, deyish mumkin. Shaxs aktivligining manbalari turli-tuman ehtiyojlardadir. Ehtiyoj- larda shaxsning yashash ssharoitlariga bog‘liqligi motivlar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Motiv deb ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga moyillikka aytiladi. Agar ehtiyojlar inson faolligining asosini tashkil qilsa, u vaqtda motivlar bu mohiyatning aniq namoyon bo‘lishidan iboratdir. Ehtiyoj motivlarda namoyon bo‘ladi va ular keng va tor shakllarda bo‘lib faoliyatning aynan o‘zida amalga oshiriladi. Faoliyat qancha murakkab bo‘lsa motivlar ham shuncha ko‘plikni tashkil qiladi va biz faoliyatni (o‘qish, mehnat, o‘yin) bajarish jarayonida bu motivlarning hammasiga javob beramiz va ko‘zlagan maqsadga erishamiz.
4. Ehtiyojni o’rganish metodlari.
Inson faoliyatining motivlari qoidalar, qonuniyatlar, faktlar bilan belgilanadi, ya’ni biz faoliyat motivini turlicha asoslab boramiz. Bunga faoliyat motivatsiyasi yoki faoliyat motivlarini asoslanishi deb ataladi. Har qanday faoliyatning motivlari asoslab berilganda u insoniyat faoliyati uchun mazmunli, foydali va ahamiyatli bo‘ladi. Faoliyat jarayonida amal qiladigan motivlar anglangan va anglanmagan bo‘lishi mumkin. Anglangan motivlarga qiziqishlar, e’tiqod, dunyoqarash, tilaklar kiradi. Anglanmagan motivlarga ustanovkalar (faoliyatni bajarishga tayyorgarlik holati) kiradi. Qiziqishlar deb, shaxsning bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarning hissiy namoyon bo‘lishiga aytiladi. Qiziqishlar, faoliyat jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Chunki u faoliyat obyektining mazmuniga bo‘lgan moyillik kuchini ifodalaydi. Bu moyillik kuchi shaxsning bilish ehtiyojiga javob beradi va shaxsda yuzaga keladigan «bilish va tushunishga bo‘lgan tashnalik»ni qondirishning yo‘l va usullarini faol qondirishga majbur etadi. Qiziqishlarning mazmuniga, maqsadiga, kengligi va mustahkamligiga qarab turlarga ajratiladi. Qiziqishlarning mazmuni jihatidan farqlari bilish ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni va ularning mazkur faoliyat maqsadi uchun real ahamiyatini aniqlaydi. Qiziqishlarning ijtimoiy qiymatga va ijtimoiy mazmunga egaligi uning mazmunini qan- dayligini ko‘rsatib beradi. Qiziqishlar maqsadiga ko‘ra bevosita va vosi- tali qiziqishlarga ajratiladi. Bevosita qiziqishlar obyektning emotsional jozibadorligi tufayli yuzaga keladi. Vositali qiziqishlar obyektning real ma’nosi va uning shaxs uchun ahamiyati mos kelganda paydo bo‘ladi. Bu qiziqishning paydo bo‘lishi faoliyatning maqsadini anglash bilan bog‘liq bo‘lgan bilish ehtiyojidir. Qiziqishlar kengligiga ko‘ra keng va tor qiziqishlarga bo‘linadi. Keng qiziqish bir sohaga yoki faoliyatga emas, balki ko‘plab sohalarga faoliyat- larga qiziqishdir. Ba’zi odamlarda qiziqishlar bir sohaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Bu tor qiziqishdir. Qiziqishlarning kengligi mehnatga sarflangan quvvatni tiklash uchun faoliyat turlarini almashlab turishning eng yaxshi vositalaridan hisobla- nadi. Qiziqishlar barqarorligi darajasiga qarab barqaror va beqaror bo‘lishi mumkin. Barqaror qiziqishlar uzoq muddat davomida, hatto kishining umrini oxiriga qadar amal qiladigan qiziqishlardir. Shuningdek, shaxs- ning asosiy ehtiyojlarini to‘la namoyon qiluvchi va shuning natijasida shaxs psixologik qiyofasining muhim xislatiga aylangan qiziqishlar barqaror hisoblanadi. Xatti-harakatning muhim motivi e’tiqoddir. E’tiqod shaxsning o‘z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. E’tiqod shaklida namoyon bo‘lgan ehtiyojlarning mazmunini odamni o‘rab olgan tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar va ularni ma’lum darajada tushunish tashkil etadi. Odamning bilimlari, o‘zlashtirib olingandan keyin va tartibga solingan- dan keyin u dunyoqarashga aylanadi. Dunyoqarash – shaxsning voqelik va unga bo‘lgan munosabatini ifo- dalovchi tasavvur, tushuncha hamda qarashlari tizimi, kishining falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik ideal va e’tiqodlarining yig‘indisidir. Dunyo- qarash inson faoliyati va xulqining umumiy yo‘nalishini belgilab beruvchi tizimdir. Yuqorida bayon etilganlarning hammasi anglangan faoliyat motivla- ridir. Inson xulq-atvori va xatti-harakatlarining motivlari orasida anglab yetilmagan mayllar ham muhim ahamiyatga egadir.
Biologik va moddiy ehtiyojlardan farqli o'laroq, ijtimoiy ehtiyojlar o'zlarini shu qadar qat'iy his qilmaydilar, ular odatdagidek mavjud bo'lib, ular odamni tezda qondirishga undashmaydi. Biroq, ijtimoiy ehtiyojlar inson hayoti va jamiyatda ikkinchi darajali rol o'ynaydi, degan xulosaga kelish mumkin emas.
Aksincha, ehtiyojlar ierarxiyasida ijtimoiy ehtiyojlar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Insonning paydo bo'lishi tongida, zoologik individuallikka qarshi turish uchun odamlar birlashdilar, haramlarga egalik qilish taqiqini yaratdilar, yovvoyi hayvon ovida birgalikda qatnashdilar, "do'stlar" va "notanishlar" o'rtasidagi farqlarni aniq tushunishdi va birgalikda tabiat elementlariga qarshi kurashdilar. Ehtiyojlarning "boshqa" uchun "ehtiyojlar" dan "o'zi uchun" tarqalishi tufayli, inson o'ziga aylandi, o'z tarixini yaratdi. Inson jamiyatda, jamiyat uchun va jamiyat orqali bo'lish - bu insonning zaruriy kuchlarini namoyon bo'lishining markaziy sohasi, boshqa barcha ehtiyojlarni: biologik, moddiy, ma'naviy ehtiyojlarni ro'yobga chiqarishning birinchi shartidir.
Ijtimoiy ehtiyojlar cheksiz xilma-xil shakllarda mavjud. Ijtimoiy ehtiyojlarning barcha ko'rinishlarini namoyish etishga urinmasdan, biz ushbu ehtiyojlar guruhlarini uchta mezon, mezonlar bo'yicha tasniflaymiz: 1) boshqalar uchun ehtiyojlar; 2) o'ziga bo'lgan ehtiyoj; 3) boshqalar bilan birgalikda ehtiyojlar.
Boshqalarga bo'lgan ehtiyoj bu insonning umumiy xususiyatini ifoda etadigan ehtiyojlardir. Bu aloqa zarurati, zaiflarni himoya qilish zarurati. "Boshqalar uchun" eng ko'p kontsentrlangan ehtiyoj altruizmda - boshqaning nomi bilan o'zini qurbon qilish zaruratida namoyon bo'ladi. "O'zgalar uchun" ehtiyoj abadiy xudbinlik tamoyilini engib, amalga oshiriladi. "Boshqalar uchun" ehtiyojning misoli Y. Nagibinning "Ivan" qissasining qahramoni. "Unga o'zidan ko'ra birovni sinash unga ko'proq zavq bag'ishladi. Ehtimol, bu odamlarga bo'lgan muhabbatdir ... Ammo minnatdorlik bizni favvoradan chiqarmadi.
"O'ziga" bo'lgan ehtiyoj: jamiyatda o'zini o'zi tasdiqlash zaruriyati, o'zini o'zi anglash zaruriyati, o'zini o'zi aniqlash zaruriyati, jamiyatda, jamoada o'z o'rniga ega bo'lish zarurati, jamoada, kuchga bo'lgan ehtiyoj va boshqalar "O'ziga" bo'lgan ehtiyojlar ijtimoiy deb ataladi, chunki ular ehtiyojlar bilan uzviy bog'liqdir ". boshqalar uchun "va faqat ular orqali amalga oshirish mumkin. Ko'pgina hollarda, "o'zlari uchun" ehtiyojlar "boshqalar uchun" ehtiyojlarning allegorik ifodasi sifatida namoyon bo'ladi. Bu birdamlik va qarama-qarshiliklarning o'zaro bog'liqligi haqida - "o'zlari uchun" kerak va "boshqalar uchun" kerak - P.M.Ershov yozganidek: "O'zlari uchun" va "boshqalar uchun" qarama-qarshi tendentsiyalarning bir odamida mavjudligi va hatto "hamkorlik" mumkin. bu alohida va chuqur ehtiyojlar haqida emas, balki u yoki boshqasini qondirish usullari - xizmat va derivativlarning ehtiyojlari to'g'risida ". Hatto eng muhim joyni" o'zi uchun "da'vo qilish, agar boshqa odamlarning da'volariga zarar etkazish mumkin bo'lmasa, ularni amalga oshirish osonroq; U eng samarali vositalaridan kam xudbin maqsadlari bir xil joy deb da'vo -teh "boshqalar uchun" ba'zi bir tovon taqdim kiradi erishish uchun, lekin xotirjam bo'lishi mumkin va ... "
Ehtiyojlari "boshqalar bilan". Ko'p odamlar yoki umuman jamiyatning rag'batlantiruvchi kuchlarini ifoda etadigan ehtiyojlar guruhi: xavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj, erkinlik zarurati, tajovuzkorga qarshi kurashish, tinchlikka bo'lgan ehtiyoj, siyosiy tuzumni o'zgartirish zarurati.
"Boshqalar bilan birgalikda" ehtiyojlarning xususiyatlari shundaki, ular odamlarni ijtimoiy taraqqiyotning dolzarb muammolarini hal qilish uchun birlashtiradi. Shunday qilib, 1941 yilda SSSR hududiga natsistlar qo'shinlarining bosqini qayta boshlanish uchun kuchli turtki bo'ldi va bu ehtiyoj universal edi. Bugungi kunda Amerika Qo'shma Shtatlari va NATO mamlakatlarining Yugoslaviyaga qarshi keskin tajovuzi dunyo xalqlarining Yugoslaviya shaharlarini tinimsiz portlatilishini qoralashga bo'lgan umumiy ehtiyojini shakllantirdi, Yugoslaviya xalqining bosqinchiga qarshi murosasiz kurash olib borishda qat'iyatliligini ta'minladi.
Eng obro'li kishi bu ijtimoiy ehtiyojlarga boy bo'lgan va qalbining barcha sa'y-harakatlarini ushbu ehtiyojlarni qondirishga yo'naltiradigan kishi. Bu odam astset, inqilobchi, milliy tribunadir, butun hayotini vatan qurbongohiga, ijtimoiy taraqqiyot qurbongohiga olib boradi.
Odamlar mollar va xizmatlarni iste'mol qilishadi, chunki ular zavqlanish (yoki qoniqish) manbai bo'lish xususiyatiga ega. Ushbu mulk iqtisodchilari "foyda" atamasini chaqiradilar. Foydali nazariya asoslarini XIX asrning yirik iqtisodchilari G. Gossen (1810-1859), V. S. Jevons (1835-1882), K. Menger (1840-1921), shuningdek, uning izdoshlari O.Bohm-Bawerk ishlab chiqdilar. (1851-1914) va F. Vieser (1851-1926).
Yuqorida aytib o'tilgan iqtisodchilar iqtisodiy fanlarda "marjinalizm" ("marginallik") deb nomlangan maxsus yo'nalish yaratdilar. Marjinalistik yondashuvning asosiy g'oyasi quyidagilardan iborat edi: mahsulotning qiymati (yoki zamonaviy iqtisodiy tilda - qiymat) uni ishlab chiqarishdagi mehnat xarajatlari bilan emas, balki iste'molchiga etkazadigan foydali samarasi bilan belgilanadi. Ushbu yondashuv klassik maktabning an'anaviy g'oyalariga zid edi (A. Smit, D. Rikardo, K. Marks, D. Mill), chunki u iqtisodiyot faoliyati yakuniy natijalarining ustuvorligini e'tirof etdi. Bu chindan ham to'ntarish bo'lgan va u iqtisodiy fikr rivojlanishida muhim rol o'ynagan, uni "marjinalist inqilob" deb atashgan.
Marjinalizm subyektiv psixologik nazariya deb ataladi va buning uchun barcha asoslar mavjud. Marginalizm asoschilari iqtisodiy fanlarning barcha toifalarini faqat iqtisodiy sub'ektning narsaga bo'lgan munosabati, uning afzalliklari, kutishlari va bilimlariga qarab aniqlash mumkinligiga qat'iy ishonishdi. (Shunday qilib, K. Menger foydalarning o'zi ob'ektiv xususiyatlardan mahrum, bu xususiyatlar ularga odamlarning ularga nisbatan munosabati bilan beriladi) deb yozgan. Bunday fikr u yoki bu shaklda ko'plarning ongiga kelgan va iqtisodchilarnikidan ancha oldinroq - bu, masalan, V. Shekspir dunyoga mashhur pyesaning qahramonlaridan birining og'zi orqali aytgan: "... narsalarning o'zlari yaxshi emas. yomon emas, lekin faqat biz baholaymiz "(W. Shekspir. Gamlet, Daniya shahzodasi. Ikkinchi akt, 2-sahna). Ammo faqat marjinalistlar bu g'oyani butun ilmiy yo'nalishning asosiy boshlang'ich nuqtasiga aylantira oldilar.
Asosiy xususiyatlar bo'yicha marjinalistlarning fikr yuritish yo'nalishi quyidagicha edi. Birinchidan, ular har qanday yaxshilikni iste'mol qilish odatda tabiatda "ortib borayotgan" ekanligiga e'tibor qaratdilar. Boshqacha qilib aytganda, iste'molchi "barchasi yoki hech narsa" tamoyiliga amal qilmaydi, lekin ehtiyojni qondirmaguncha iste'mol qilinadigan tovarning sonini asta-sekin ko'paytiradi (masalan, och bo'lganida, odam bitta sendvichni iste'mol qilsa, boshqasi va hokazo), u o'zini his qilguncha. yaxshi ovqatlangan va chanqaganida u bir stakan suv ichadi, ikkinchisi va boshqalar, chanqoqlik hissi o'tmaguncha).
Dostları ilə paylaş: |