“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB 
FALSAFASI 
43
Nemis falsafasi. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya boshqa g’arbiy 
YYevropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Ammo fransuz 
inqilobining kuchli ta’siri ostida shunday falsafiy ta’limot vujudga keldiki, uning shakllanishida 
tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning rivoji asosiy o‘rinni egalladi. Fizika va ximiya fanlari 
yutuqlarga yerishdi, tabiatni o‘rganishga katta e’tibor byerila boshlandi. Matematika fanida yangi 
ixtirolar qilindi. Bu ixtiro va yutuqlar hamda insoniyat jamiyatining rivoji haqidagi nazariyalar 
borliqni o‘rganishning uslubi va nazariyasi bo‘lib xizmat qiladigan rivojlanish haqidagi g‘oyalarni 
ishlab chiqishni tarixiy bir zaruriyat qilib qo‘ydi. Mana shunday tarixiy sharoitlar taqazosi bilan 
XVIII asrning II yarmi va XIX asr boshlarida nemis falsafasi vujudga keldi.
Nemis falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kant (1724-1804) faqat mashhur 
faylasufgina bo‘lib qolmasdan, yirik tabiatshunos olim hamdir. Kant tomonidan yaratilgan gaz 
holatidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi nazariya hozirgi davrda 
ham astronomiya sohasidagi eng muhim ta’limotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy qarashlari 
tabiat hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi ta’limotlarga zarba byerdi. Kant o‘z davri 
tabiatshunosligi yerishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga 
Koinot genezisi va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi. Kantning inson irqlarining tabiiy 
kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega.
Kant ta’limoti bo‘yicha, falsafaning eng muhim muammolari bo‘lmish — borliq, axloq, 
degan masalalarini tahlil qilish uchun eng avvalo, inson bilimining imkoniyatlari va chegaralarini 
aniqlamoq kerak. Bizning bilimlarimiz narsaning hodisasini, ya’ni bizga qanday holatda namoyon 
bo‘la olishini (fenomen) bila oladi. Ular bizning tajribamiz mazmunini tashkil qiladi. «Narsa 
o‘zida»ning bizning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasida sezgilar xaosi vujudga keladi. Bu xaos 
bizning aqlimiz quvvati bilan tartibga solinadi va bir butunga aylantiriladi. Biz tabiat qonunlari 
deb bilgan narsalar aslida aql tomonidan hodisalar dunyosiga kiritilgan aloqadir. Boshqacha qilib 
aytganda, bizning aqlimiz tabiatga qonunlar kiritadi. Lekin hodisalar dunyosiga inson ongiga 
bog‘liq bo‘lmagan narsalarning mohiyati, ya’ni «narsa o‘zida» mos keladi. Ularni mutlaq bilish 
mumkin emas. «Narsa o‘zida» biz uchun faqat aql bilan bilish mumkin bo‘lgan, lekin tajribadan 
kelib chiqmaydigan mohiyatdir. Kant inson aqlining cheksiz qudratiga ishonchsiz qaraydi. Inson 
bilimining nisbatan cheklanganligiga u ma’lum axloqiy ma’no byeradi. Uningcha, agar inson 
mutlaq bilimga ega bo‘lsa, unda axloqiy burchni bajarishi uchun kurash ham, intilish ham 
bo‘lmasdi.
Kant ta’limoti bo‘yicha, makon va zamon g‘oyalari insonga uning tasavvurlaridan oldin 
ma’lumdir. Makon va zamon real emas, balki faqat tushunchada, g‘oyalardadir.
Bilish nazariyasida Kant dialektikaga katta o‘rin byeradi. Qarama-qarshilikni bilishning 
zaruriy omili sifatida qaraydi.
Kant falsafada katta o‘rin qoldirdi. Uning vafotidan keyin nemis falsafasining rivoji Hegel 
(1770-1831) ijodida o‘zining yuksak cho‘qqisiga yerishadi. Hegel dialektikaning qonunlari va 
kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Falsafa tarixida birinchi marta bir tizimga solgan 
holda dialektik logikaning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi. O‘sha davrlarda hukmron bo‘lgan 
metafizik fikrlash uslubini tanqid qildi. Kantning «narsa o‘zida» haqidagi ta’limotiga 
qaramaqarshi qilib, shunday ta’limotni ilgari surdi: «Mohiyat namoyon bo‘ladi, hodisa mohiyatdan 
ajralmasdir». Hegelning ta’kidlashicha, kategoriyalar borliqning ob’ektiv shakllaridir. Borliqning 
asosida esa, «dunyoviy aql», «mutlaq g‘oya» yoki «dunyo ruhi» yotadi. O‘z-o‘zini anglash 
jarayonida dunyoviy aql uch bosqichni bosib o‘tadi:



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin