“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB 
FALSAFASI 
46
sivilizatsiyali dunyoda sivilizatsiyalashgan ta’limot sifatida maydonga chiqmoqda. O‘z navbatida 
bu demokratiya ustivor bo‘lgan hayot tarziga muayyan darajada mos keladi.
Neokantchilik XIX asr o‘rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan edi. Uning 
vakillari I. Kant o‘z davrida qo‘ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda 
tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar. Bu ta’limotga ko‘ra, inson dunyoga bir marta 
keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o‘zi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, inson 
hayotidan kimdir o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin 
emas. erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari o‘zi xohlagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki 
jamotchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo o‘z haqhuquqlarini 
yaxshi biladigan insonni nazarda tutadilar.
XX asrga kelib, fan va texnika taraqqiyoti bilan ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy 
tahlil qilishga qiziqish nihoyatda ortdi. Bu yo‘nalishda ishlayotgan eng yirik oqimlarga 
neopozitivizm, strukturalizm va germenevtika kabi falsafiy qarash namoyondalari misol bo‘ladi.
Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayyer, Rassel, Vitgenshteyn va 
boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan ma’noni anglatadi. Nepozitivizm G’arbda 
X1X asrning 20 — yillarida paydo bo‘lgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning 
fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo‘la olmaydi. Falsafa — ob’ektiv reallikni 
emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o‘rganib, tahlil qilib 
ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kyerak.
Kont falsafaning o‘zi mustaqil ravishda ob’ektiv dunyo to‘g‘risida hech qanday aniq bilimlar 
byerishi mumkin emas, u shu paytgacha yig‘ilgan bilimlarni formal logika qonunlari asosida tahlil 
etishi va qayta baholashi, uni «absolyut g‘oya, ruh» to‘g‘risidagi ortiqcha fikrlardan tozalashi 
kyerak va yangi falsafani yaratishi kyerak, deb ta’lim byergan.
Neopozitivistlar verifikatsiya prinsipini ilgari suradilar (lot. Vyeritas — xaqiqat.) ularning 
fikricha, faqat tajribada o‘z tasdig‘ini topgan bilimgina haqiqiydir. Lekin nazariy, mavhum 
bilimlarning hammasini ham tajribada ekvivalentini topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish 
mumkin emasligi tufayli bu prinsip keyinchalik inkor etildi.
Shundan so‘ng postpozitivizm (ya’ni keyingi pozitivizm) vakili K. Poppyer 
falsifikatsiyalash metodini ilgari surdi. Bunga ko‘ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning xaqiqatligini 
emas, xato ekanligini isbotlashi kyerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning 
xaqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kyerak, degan 
xulosaga keldilar. XX asrning 60 — 70 yillariga kelib, neopozitivizmning mavqei kamayib, asosiy 
o‘ringa strukturalizm va gyermenevtika chiqdi.
Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning 
ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning 
ob’ektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik tafakkurni 
tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy 
strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga 
to‘la muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko‘ra shunday prinsipga, 
umumiy mantiqqa ega.
Germenevtika — qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga 
tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, 
germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatini qaratadi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin