“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Borliq va yo‘qlik 
dialektikasi. 
«Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q», deganida, Parmenid ayni shu holga e’tiborni qaratgan. 
Binobarin, yaxshi, yomon, to‘g‘ri,noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga 
o‘xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar 
tizimiga joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni 
har qanday voqelik ega bo‘ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash 
mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish 
imkonini beradi.
«Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha 
tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, 
hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo‘lishimumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda 
«yo‘qlik» atamasi ayni shuma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas 
deyiladi. Lekin, sof falsafiy ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida 
dialektik o‘zaro aloqa mavjud.
Birinchidan,
dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino 
bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos 
potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar 
mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‘q. Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, 
fiziklar (D.A.Landau va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona 
emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz 
sonidan tashkil topadi. Shu ma’noda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb 
etadi
11
.
Ikkinchidan,
amalda mavjud bo‘lgan narsaning ob’ektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga 
qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda 
mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi»borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, 
ideal obrazi bo‘lib qoladi. Shunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish mumkin. 
Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti 
11
Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века // Онтология, гносеология, логика и 
аналитическая философия. –СП(б).: 1997 г. с. 93.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin