“ Ilmiy maqola. Taqriz matni, uning tuzilishi va xususiyatlari. Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qо‘llanilishi” mazulari bo’yicha savol va topshiriqlar
Ushbu topshiriqni Wordda bajarib, modul orqali yuboring.
3-Mavzu: “ Ilmiy maqola. Taqriz matni, uning tuzilishi va xususiyatlari. Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qо‘llanilishi” mazulari bo’yicha savol va topshiriqlar:
Maqola va uning turlarini izohlab bering?
Taqriz yozishda nimalarga amal qilish kerak?
Terminlarning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?
Quyidagi mavzuga doir test topshiriqlarini bajaring: JAVOBLAR
«Maqola» so’zi qaysi tildan olingan bo’lib, qanday ma’noni anglatadi?
A) arabchadan olingan bo’lib, “bob, nutq” degan ma’noni anglatadi
B) arabchadan olingan bo’lib, “qayd” , “qisqacha ta’rif” degan ma’noni anglatadi
C) arabchadan olingan bo’lib, “ijobiy baho” degan ma’noni anglatadi
D) arabchadan olingan bo’lib, “ ta’kidlash” degan ma’noni anglatadi
Maqola qanday tarkibiy qismlardan tashkil topadi?
A) Sarlavha, kirish, reja, annotatsiya, asosiy qism
B) Xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
C) Kirish, asosiy qism, xulosa
D) A va B
Qanday maqolada ijtimoiy hayot hodisalari tahlil qilinib, nazariy va amaliy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar targ’ib qilinadi, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo’jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi?
A) ilmiy maqolada
B) publitsistik maqolada
C) siyosiy maqolada
D) barcha maqola turlarida
………. asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari aks etadi?
A) Maqolada
B) Taqrizda
C) Annotatsiyada
D) Referatda
O‘zbek adabiyotida taqriz qachondan boshlab vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan?
A) XIX asr oxirlarida
B) XX asr o’rtalarida
C) XX asr boshlarida
D) XX asrning 80 yillarida
Qaysi yozuvchilar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratganlar?
A) Shayxzoda, Abdulla Qahhor, Cho’lpon, Shukrullo
B) Oybek, Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Hamza
C) Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, G’afur G’ulom, Ham
D) Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda,O’tkir Hoshimov
Qaysi taniqli olimlar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratganlar?
A) Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonov, I.Haqqulov
B) Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, H. Boltaboyev, N. Mahmudov, I.Haqqulov
C) B. Nazarov, E. Karimov, H.Yoqubov, H. Boltaboyev, I.Haqqulov
D) V.Zohidov, U.Normatov, Ozod Sharafiddinov, M.Qo‘shjonov, E. Karimov
So‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi qanday nomlanadi?
A) morfologiya
B) leksikologiya
C) etimologiya
D) frazeologiya
10.O'zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida hosil bo'lgan so'zlarni toping.
A) osmon, oftob, bahor, barg, daraxt, shamol
B) kitob, maktab, xalq, shoir, ma'no, oila
C) stol, stul, ruchka, pero, pechka, parta
D) limonzor, sportchi, tilshunos, ilmli, maktabdosh, shoirona
11. Tilshunoslikning leksikologiya bo'limiga oid atamalar qaysi qatorda berilgan?
A) umumxalq so'zlari, ko’p ma'noli so’z, atama
B) yordamchi so'zlar, bog'lama, hol
C) grammatik ma'no, undovlar, bog'lovchi
D) ajratilgan bo’lak, undalma, kirish so'zi
12. O'zbek tili lug'atida o’z ichki imkoniyatlari asosida hosil bo'lgan so'zlar qatorini toping.
A) kitob, ma'no, ruchka, parta
B) ijarachi, vazirlik, guldasta, raqobatbardosh
C) kiyim, buyum, ketmon, o'rik
D) oftob, sahro, saraton, mavj
13. Umumxalq ishlatadigan so'zlar qatorini toping.
A) egat, kultivatsiya, chekanka, ko'rak
B) iskana, randa, poytesha, pona, parma, payraxa
C) ko’z, qo’l, radio, gazeta, yaxshi, yomon, kel, tur
D) yostiq, bolish, taka, ko'chik, jastiq
14. O'zbek adabiy tilining boyishida shevalar qanday manba hisoblanadi?
A) ichki manba
B) tashqi manba
C) shevalar adabiy tilning emas, balki o'zbek milliy tilining ichki manbasi hisoblanadi
D) shevalar adabiy til uchun manba bo’la olmaydi
15. Qaysi qatorda atash ma'nosiga ega so'z berilgan?
A) haqiqatan
B) faqat
C) filhaqiqat
D) faraz
16. Dono, kamtar so'zlari qaysi tilga mansub?
A) arab
B) fors-tojik
C) o’zbek
D) turkiy
17. Qaysi qatordagi so'zning tasviriy ifodasi noto'g'ri berilgan?
A) archa – o'rmon malikasi
B) fazogirlar – samo lochinlari
C) shoirlar – mo'yqalam sohiblari
D) makkajoxori – dala malikasi
18. Nutqning ta'sirchanligini oshiruvchi tasviriy ifodalar asosan qaysi so'z turkumlari doirasida keng qo'llanadi?
A) ot
B) sifat
C) fe'l
D) olmosh
19. O'zbek (turkiy) tili o'z ichki imkoniyatlari bilan qay yo'sinda boyib boradi?
A) boshqa tillardan so’z olish
B) so'z yasash va shevadan so'z olish
C) so'z o'zlashtirish
D) kalkalash
20. Predmet, voqea va hodisani o’z nomi bilan emas, balki muhim xususiyatini tasvirlash orqali ifodalovchi birikma qanday nomlanadi?
A) Ibora
B) Ko’chma ma’noli so’zlar
C) Tasviriy ifoda
D) Termin
Savollar
Maqola va uning turlarini izohlab bering?
Taqriz yozishda nimalarga amal qilish kerak?
Terminlarning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?