Jadvalga ma’lumotlarni kiritish uchun yangi satr qo’shish. Bunda satrning ixtiyoriy maydoniga ma’lumot kiritilganda o’zgarishlar saqlanadi
Delete
Joriy yozuvni o’chirish. Bunda yozuvni o’chirish haqida so’rov chiqariladi va o’chirilgan yozuv qayta tiklanmaydi.
Edit
Joriy yozuvni o’zgartirish, tahrirlash mumkin bo’lgan holatga o’tkazish.
Post
Kiritilgan o’zgaishlarni xotirada saqlash. Bunda joriy maydoning oldingi ma’lumotlari o’rniga kiritilgan o’zgarishlar saqlanadi.
Cancel
Joriy yozuvga kiritilgan o’zgarishlarni bekor qilish. Bu amaldan joriy
yozuvni almashtirguncha foydalanish mumkin.
DBComboBox-ma’lumotlar omboridagi ma’lumotlarni(ochiluvchi ro’yxat) shaklida kombinastiyali tanlash.
DBRichEdit – ma’luotlarni taxrirlashning memo ga nisbatan kengrok imkoniyati. DBMemo dan farqi RTF formatda bo’ladi.
DataSource – Data Access bulimi komponentasi bo`lib, ma’lumotlarni yoki komponentalarni bir-biri bilan bog`lash. Ma’lumotlar manbai bilan ishlash. TDATASOURCE ob’ekti bevosita TTable yoki TAdoTablega bog`lanib, ma’lumotlar omboridagi yozuvlarni tahrirlash, ularga murojaat qilish imkonini beradi. Buning uchun komponentning DataSet xususiyatidagi ro’yxatdan kerakli Table elementi tanlanadi va shu orqali ikki ob’ekt birbiriga bog`lanadi. Har bir alohida . TDATASOURCE ob’ekti bitta ma’lumotlar omboridagi bitta jadvalga ulana oladi.
Buning uchun quyidagicha kodlar yoziladi:
begin
Table1.DatabaseName:='DBDEMOS';
Table1.TableName:='animals.dbf';
Table1.Active:=True;
DataSource1.DataSet:=Table1;
DBGrid1.DataSource:=DataSource1;
end;
MB jadvali uchun oddiy dastur ilovalarini tuzish.
Delphi dasturlash vositasida tuzilgan ilovalarni saqlash uchun yuqoridagi tuzilgan “Proba” katologida “App” nomli podkatolog tashkil qilamiz. Delphi tizimini ishga tushirib, uning komponentalar palitrasi qatoridan Data Accessni ishga tushirib, undan vizual bo’lmagan komponentasi Ttable olinadi (bu komponentani darchaga olish uchun u ko’rsatilib sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez-tez chiqillatmoq kerak bo’ladi). Ttable komponenti ma’lumotlarni saqlash va undan foydalanishda ishlatilib, u ma’lumotlarni akslantirishda vizual komponentalar DTBGrid, Tedit va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladi.
Ttable komponentasini formaga (darchaga) joylashtirgandan keyin, Object Inspectorida uning xossalari quyidagi ketma-ketlikda o’rnatiladi:
-Ttable komponentasi ajratiladi (belgalanadi);
-DataBase Name MB psevdonimi xossasi o’rnatiladi, Proba psevdonimi ro’yxatdan olinadi yoki kiritiladi;
-Table Name (MB jadvali nomi) xossasi o’rnatiladi (bu erda MB jadvali nomi ro’yxatdan olinadi yoki kiritiladi;
-Active xossasi o’rnatiladi (“True” qiymati tanlanadi).
Bu bajarilgan buyruqlardan keyin Ttable komponentasi bilan MB jadvali orasida aloqa to’liq o’rnatiladi. Ttable komponentasi kabi endi formaga TDataSource komponentasini joylashtiramiz. Bu komponenta vizual va vizual bo’lmagan komponentalar o’rtasida aloqa o’rnatish uchun xizmat qiladi. Shu tufayli TdataSource komponentasiga ma’lumotlar manbai deyiladi. TdataSource komponentasi uchun DataSet (ma’lumotlar to’plami nomi) xossalari o’rnatiladi (Table1 nomi olinadi).
Data Controls menyu qatoridan foydalanib formaga TdbGrid komponentasini joylashtiramiz va uning DataSuurce xossasini o’rnatamiz (DataSource1 qiymat bilan). Bu TdbGrid komponentasi ma’lumotlar to’plami yozuvlarini jadval ko’rinishda akslantirishda xizmat qiladi.
Ishlab chiqilgan loyixa (loyiha)ni saqlash uchun menyudan quyidagi buyruqlar ketma-ket bajariladi. File=>Save Project As. Oldin loyixa formasi (masalan Appl1.pas nom bilan), keyin loyixaning o’zi (masalan Appl.dpr nom bilan) saqlanadi.
Delphi tizimidan chiqmasdan turib tuzilgan ilovani ishga tushirish uchun F9 tugmasini bosish kifoya. Ilovani tizimdan tashqarida ishlatish uchun esa oldin tizim ichida Ctrl+F9 tugmasini bosish kerak bo’ladi. Bu holda ilovani tizimdan tashqarida ishlatish uchun maxsus .EXE kengaytmali fayl avtomatik ravishda tashkil etiladi (masalan, Appl.exe). Bu faylni tizimdan tashqarida ishlatganda tuzilgan ilova ishga tushadi. Mbga qo’shimcha yozuv kiritish uchun oxirgi yozuvga kelib Insert tugmasini bosish, kiritilayotgan yozuvdan voz kechish uchun ESC tugmasini bosish, yozuvni to’liq o’chirish uchun esa Ctrl+Del tugmasini bosish kerak bo’ladi.
MB jadvali bilan ishlash uchun oddiy ilova yaratish algortmi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1.Delphi tizimi ishga tushirilib BDE komponentalar palitrasidan Ttable komponentasi formaga qo’yiladi.
2.Formadagi Ttable komponentasi belgilanib, DataBase Name xossasida Mbning psevdonimi aniqlanadi.
3.TableName xossasidan MB jadvali nomi aniqlanadi.
4.Active xossasi True qiymat bilan o’rnatiladi.
5.Data Acciss komponentalar palitrasidan TdataSource komponentasi formaga qo’yiladi.
6.TdataSet xosasi Table1 nom bilan o’rnatiladi.
7.Data Controls komponentalar palitrasidan TDbGrid komponentasi formaga qo’yiladi.
8.DataSourse xossasi DataSourse1 nom bilan o’rnatiladi.
9.Menyudan File=>Save Project As buyrug`i berilib, oldin forma keyin loyiha saqlanadi.
10.Loyihani ishga tushirish uchun F9 tugmasi bosiladi. Natijada quyidagi formaga ega bo’lamiz.
TDBNavigator komponenti. MB jadvalida ma’lumotlarni surish, o’chirish, yozuvni siljitish va taxrirlash uchun Data Controls komponentalar palitrasida maxsus TDBNavigator komponentasi mavjud.
Bu komponentani formadagi MB jadvaliga quyidagi tartibda o’rnatish mumkin.
1.MB jadvali formasi ekranga chaqiriladi.
2.Data Controls komponentalar palitrasidadan TDBNavigator komponentasi formaga joylashtiriladi.
3.TDBNavigator komponentalar xossasidan DataSourse xossasi DataSourse1 nom bilan o’rnatiladi.
4.Menyudan File=>Save Project As buyrug`i berilib, oldin forma keyin loyiha saqlanadi.
5.Loyihani ishga tushirish uchun F9 tugmasi bosiladi.
Natijada jadvali ma’lumotlarni surish, o’chirish, yozuvni siljitish va taxrirlash kabi tugmachalarga ega bo’lgan quyidagi formaga ega bo’lasiz.
Kompyuter quyidagi dastur kodlarini avtomatik ravishda tuzadi
unit xodim;
interface
uses
Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms,
Dialogs, StdCtrls, Grids, DBGrids, DB, DBTables, ExtCtrls, DBCtrls;
type
TForm1 = class(TForm)
Label1: TLabel;
Table1: TTable;
DataSource1: TDataSource;
DBGrid1: TDBGrid;
DBNavigator1: TDBNavigator;
private
{ Private declarations }
public
{ Public declarations }
end;
var
Form1: TForm1;
implementation
{$R *.dfm}
end.
MB bilan ishlashda Delphi grafikasi MBning jadvali ma’lumotlari asosida grafiklar qurish uchun Delphi komponentalar politrasining DataControls sahifachadagi TDBChart komponentasi ishlatiladi. Bu komponenta yordamida grafiklar yaratish uchun ma’lumotlar manbai, ya’ni MB yaratilgan bo’lishi zarur. Grafik yoki gistogrammalar yaratish ketma-ketligi quyidagi qadamlarda bajariladi:
1.Ishlab chiqilgan MBning loyiha formasi ekranga chiqariladi.
2.TDBChart komponenta formasi asosiy formaga joylashtiriladi. Buning uchun TDBChart piktogrammasi sichqonchada ko’rsatilib ikki marta chiqillatiladi.
3.Grafik redaktori chaqiriladi. Forma sarlovhasi ustiga sichqoncha ko’rsatgichini olib kelib ikki marta tez-tez chiqillatiladi yoki o’ng sichqoncha tugmachasi bosilib lokal menyudan Edit Chart buyrug`i beriladi. Edit Chart redaktorida quyidagi parametrlarni o’rnatish mumkin, ularning tavsifi quyidagicha:
Series - bir necha grafiklar variantlarini tavsiya etadi;
General - umumiy parametrlarni o’rnatish mumkin, masalan grafik ulchamini kattartish (kichraytish);
Axis - grafik koordinata o’qlari aniqlaydi;
Show Axis - chap, o’ng, past va yuqori o’qlarni tanlaydi;
Scales - koordinata o’qi masshtabining xossalari qiymatini aniqlaydi;
Automatic - ma’lumotlarni avtomatik masshtablashtiradi;
Title - o’qlar bo’yicha matn yozishni aniqlab, uning joylashishini va shriftlarini aniqlaydi;
Titles - grafik sarlovhasi matnini yozishni aniqlab, uning joylashishi va shriftlarini aniqlaydi;
Ligent - grafiklarga tushuntirish ma’lumotlarini beradi;
Panel - parametrlar panelini joylashtiradi;
Paging - ko’p qatorli grafikning parametrlarini aniqlaydi.
4.Grafik variantlarini chiqarish va tanlash. Kerakli variantni tanlash, Chart sahifasi Series bo’limining ADD tugmachasini sichqonchada chiqillatish bilan amalga oshiriladi. Bu oynadagi boshqa tugmachalar vazifalari:
Delete - tanlangan joriy variantni o`chiradi;
Title - har bir tanlangan variantga sarlovha qo’yishni bajaradi;
Clone - grafikdan nusxa tayyorlaydi;
Change - joriy variantning turini o’zgartiradi.
5.Grafik qurish uchun ma’lumotlar manbai tanlanadi. Buning uchun tanlangan variant ikki marta sichqonchada chiqillatiladi va u yerdan DataSaurce sahifasiga kirilib, DataSet qatoridan Table1 jadvali tanlanadi. Keyin Tables belgisidan (metkasidan) kerakli maydon olinadi va x, u bo’yicha koordinata o’qlari aniqlanadi. Close tugmachasi bosilib oyna yopiladi.
6.Formada grafik joylashtiriladi.
Misol 1. Funkstiyaning jadval qiymatlari yordamida uning grafigini quring. Argument x va funkstiya y qiymatlari quyidagi jadvalda berilgan.
X
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Y
10
15
19
22
25
29
33
38
45
55
Yechish.
Argument “x” va funkstiya “y” nomli maydonlardan iborat MBni tuzamiz:
1.DataBase DeskTop utilitasini ishga tushiramiz. Pusk=>Programmы=>Borland Delphi=>DataBase DeskTop
2.DataBase DeskTop oynasining bosh menyusidan quyidagi buyruqni beramiz. File=>Working Directory
3.Hosil bo’lgan Set Working Directory muloqot darchaining Aliases idan MB psevdonmi aniqlaymiz.
4.Menyudan File=>New=>Table buyrug`ini beramiz.
5.Hosil bo’lgan Create Table muloqot darchasidan MB turini aniqlaymiz.
6.MB strukturasini tashkil qilamiz.
7.Save As buyrug`ini berib, jadval nomini “fun” deb kiritamiz va Ok tugmasi bosamiz.
9.Agar MBga ma’lumotlar kiritish kerak bo’lsa DataBase DeskTop oynasi menyusidan File=>Open buyrug`ini berib, keyin faylni tanlab va Edit Data tugmachasini bosib ma’lumotlarni kiritamiz.
Table oynasida x va y maydonlariga misolda keltirilgan ularning qiymatlarini kiritamiz. Bu qiymatlarni ilova tuzilgandan so’ng kiritsa ham bo’ladi.
Endi tuzilgan MBni boshqarish uchun ilova yaratishga kirishamiz.
1.Delphi tizimini ishga tushirib BDE komponentalar palitrasidan Ttable komponentasini formaga joylashtiramiz.
2.Formadagi Ttable komponentasini uchun, DataBase Name xossasida Mbning psevdonimini aniqlaymiz.
3.TableName xossasidan MB jadvali nomini aniqlaymiz.
4.Active xossasini True qiymat bilan o’rnatamiz.
5.Data Acciss komponentalar palitrasidan TdataSource komponentasini formaga qo’yamiz.
6.TdataSet xosasini Table1 nom bilan o’rnatamiz.
7.Data Controls komponentalar palitrasidan TDbGrid komponentasini formaga qo’yamiz.
9.DataSourse xossasini DataSourse1 nom bilan o’rnatamiz.
9.Label1ga forma sarlovhasini yozamiz.
10.Formaga grafikni joylash uchun yuqorida keltirilgan grafikni qurish algoritmidan foydalanamiz.
9.Menyudan File=>Save Project As buyrug`ini berib, oldin forma keyin loyihani saqlaymiz.
10.Loyihani ishga tushirish uchun F9 tugmasini bosamiz. Natijada quyidagi formaga ega bo’lamiz.
Bu oynada berilgan funkstiyaning jadval qiymatlari o’zgarsa grafik ham mos ravishda o’zgaradi.
Kompyuter quyidagi dastur kodlarini avtomatik ravishda tuzadi
unit Funk;
interface
uses
Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms,
Dialogs, Grids, DBGrids, DB, DBTables, StdCtrls, TeEngine, Series,
ExtCtrls, TeeProcs, Chart, DbChart;
type
TForm1 = class(TForm)
Label1: TLabel;
Table1: TTable;
DataSource1: TDataSource;
DBGrid1: TDBGrid;
DBChart1: TDBChart;
Series1: TFastLineSeries;
private
{ Private declarations }
public
{ Public declarations }
end;
var
Form1: TForm1;
implementation
{$R *.dfm}
end.
Xulosa Men xulosa qilib shuni aytamanki, ma`lumotlar bazasi foydalanuvchilarning ma’lumotlar omboriga bo’lgan barcha talablarini qondiradi. Shuning uchun ma’lumotlar omborini loihalashdan oldin foydalanuvchilarning ma’lumotlar omboriga bo’lgan talablarini keng miqyosda o’rganib chiqish zarur. Ma’lumotlarning mosligi va ishonchliligini kafolatlaydi. Jadvallarni tuzishda foydalanuvchi tomonidan mumkin bo’lmagan ma’lumotlar kiritilashining oldini olish uchun ma’lum shartlarni kiritish kerak. Baza- bu jadvallar, so`rovlar yig`indisidan tashkil topgan.Jadvallarda ma`lumotlar va ma`lumot tiplari joylashadi. So`rovlar esa jadvallarga talablar qo`yadi va ma`lumotlar ustida amallar bajaradi.
Ma’lumotlar omborining maqsadi ma’noga ega bo’lgan ma’lumotlarni bir yoki bir nechta joyda ortiqcha sarflarsiz (xotira va zaxiralarni iqtisod qilib) saqlashdir. Shunday qilib ma’lumotlar ombori ikkita asosiy maqsadlarni ko’zda tutadi: ma’lumotlarni yo’qolishdan saqlash va ularning ishonchliligini oshirish.
Delphi dasturlash tilida ma`lumotlar bazasini tuzish va baza ustida ko`pgina amallarni bajarib,ommaga taqdim etish mumkin.Bu uchun juda ko`p imkoniyatlar mavjud.