EKG tipidagi bir cho’michli ekskavatorlar kuch beruvchi mexanizmlari tuzilishi va ishlash prinsipini o`rganish Ekskavator platformasida ko’tarish, tortish va burilish mexanizmlari lebedkalari va yuritmalari joylashadi.
To’g’ri kurakli ekskavatorlarda cho’michga zo’riqma kuchini berish kuch berish mexanizmlari yordamida bajariladi. Kuch berish mexanizmi yuritmasidan hosil qilinuvchi kuch kanatli-polispast tizimi yoki tishli-reykali mexanizm yordamida egarli podshipnik orqali suriluvchi cho’mich rukoyatiga uzatiladi.
Kuch berish mexanizmining strelada joylashishi ekskavator burilish qismining inersiya momentini va ag’darilish momentini va natijada posangi og’irligini oshiradi, bu esa o’z navbatida cho’mich sig’imini yoki qamrash radiusini kamaytirishni talab etadi. Buriluvchi platforma bilan birga aylanayotgan massalar radiusi va inersiyasining dinamik momenti oshishi natijasida burilish mexanizmi detallaridagi inersion yuklamasi ortib ketadi. Bunday holatda platformaning tezlanish va tormozlanish vaqti oshadi, natijada ish sikli davomiyligi ko’payadi.
Kanat-polispast tizimida kuch beruvchi ekskavatorlarda kuch berish mexanizmining lebedkasi burilish platformasida joylashadi (EKG-10 va boshqalar). Strelada esa faqat yo’naltiruvchi bloklar va egarli podshipnik joylashadi.
Tishli-reykali kuch berish tizimi juda og’ir sharoitlarda ishlatiladigan ekskavator modellarida ishlatiladi.
Tirsak-richagli kuraklarda zo’riqma kuchi yuritish mexanizmidan kuch beruvchi shtanga orqali rukoyatga uzatiladi. Kuch beruvchi shtanga rukoyat va tebranuvchi ustun bilan umumiy sharnirda birlashgan egarli podshipnikda harakatlantiriladi (suriladi). Bunday holda mexanizm yuritmasi ( dvigatel va reduktor) ikki oyoqli ustunda yoki buriluvchi platformada joylashadi (EVG-35.65M). Kuch beruvchi balkaning siljishi kanatli-polispast tizimida yoki tishli-reykali tizimda amalga oshiriladi.
4-rasm. EKG-5A ekskavatori strelasining yig’ilgan tasviri
1-korpus; 2-bosh blok; 3-strelani osuvchi boldoq; 4-bufer; 5-strela tortuvchisi; 6-strelani mahkamlovchi palets; 7-egarli podshipnik; 8-kuch berish mexanizmi dvigateli; 9-tishli g’ildirak; 10-tishli uzatma; 11-cho’mich tag qismini ochuvchi mexanizm dvigateli.
Tishli-reykali kuch berish tizimida dvigatel 8 ning aylanish momenti saqlovchi mufta shesternyasi va tishli g’ildiragi orqali yetaklovchi val shlitsasiga o’tirgan shkiv stupitsasiga uzatiladi. Shkivni o’rab turuvchi uning kolodkalari o’qga o’rnatilgan g’ildirak tanasiga presslangan va mufta bilan tortilgan. Ortiqcha yuklanishlarda shkiv kolodkaga nisbatan sirpanadi. Rukoyat harakatini tezlashtirish va uning surilishini chegaralash uchun komandoapparat xizmat qiladi. Komandoapparat kuch beruvchi val bilan zanjirli uzatma orqali bog’langan.
Kremal’er shesternya (5-rasm) 2 shlitsalari bilan bog’langan kuch berish vali aylanish momentini tishli g’ildirak 1 orqali oraliq valdan oladi. Valga o’rnatilgan egarli podshipniklar 4 ning cho’yandan ishlangan yo’naltiruvchi 7 va 8 polzunlari tishli reykali rukoyatning harakatini ta’minlaydi.
Rossiyaning Ijorskiy zavodida ishlab chiqarilgan to’g’ri kurakli EKG-8I, EKG-12,5 va shunga o’xshash ekskavatorlarida kanatli kuch berish mexanizmi ishlatiladi. Rukoyatning chiqishi va orqaga qaytishi platformada joylashgan lebedka hamda strela va rukoyatda joylashgan bosh blok va yarim bloklar yordamida bajariladi.
5-rasm. EKG-5A ekskavatorining tishli-reykali kuch berish mexanizmi: