Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli — harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan.

G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari bugun koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda qulayliklar yaratadi, og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi. Shu tarzda kreativlik taraqqiyotning ajralmas bo‘lagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga talab katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni yangi g‘oya so‘raladi.

Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab oshib borayotgan ekan, ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning noodatiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifadir. Haligacha ta’lim tizimida ko‘plab yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash emas, talqin va tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, to‘g‘ri yetkazishga, nari borsa, bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo‘naltirilgan.

Xo‘sh, ta’lim oluvchilarni qanday qilib kreativ fikrlashga o‘rgatish mumkin? Innovatsiya yaratish uchun tafakkurda qanday o‘zgarishlar kechishi lozim? Tasavvur bilimdan muhim(mi?) Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning mazmunini bilish lozim. Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, yaratish ma’nosini bildiradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tagzamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi.

Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir.