O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimida kutubxonachilik ishi: mutolaa madaniyatini shaklantirish. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g’risida” gi PK -381 -sonli qarorida mamlakatimiz kutubxonachilik tizimini islox qilish hozirgi bosqichda eng muhim vazifa ekanligi davlat siyosati darajasida e`tirof etildi. Bugungi o`quvchilar va o`qituvchilarning kitob o`qish madaniyatini oshirish maktab kutubxonalarida faoliyat ko`rsatayotgan kutubxonachi xodimlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish va yangi kasbiy vazifalar asosida o`z mahoratini oshirishigagina bog’liq bo`lmay, ko`p jihatdan, pedagoglar, o`quv fanlari o`quvchilarining ular bilan bahamjihat ishlashlariga ham bog’liq. O’qituvchilarning kasbiy bilim va mahoratini esa pedagogik va metodik adabiyotlardan xabardor bo`lib borishga bo`lgan ehtiyoj hamda ulardan foydalanish darajasi va sifati ilg’or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga bo`lgan imkoniyatlar belgilab beradigan bo`ldi. Jamiyatni axborotlashtirishning usuvchanligi, axborotlashtirish jarayonlarining global tavsifi, axborot texnologiyalarining rivojlanishi – bu omillarning xammasi shaxsning aloxida madaniyati – axborot olish madaniyatini shakllantirish zarurligini shart qilib qo’ydi.
To’plangan ish tajribalarini xisobga olganda, axborot olish madaniyatini shakllantirishning asosiy unsurlari kuyidagilardan iborat: kutubxonachilik-bibliografik bilimlar, kitob o’qish madaniyati, shuningdek, komp’yuter savodxonligi.
Kutubxonachilik-bibliografik bilimlarni yoyish va kitob o’qish madaniyatini yuksaltirish kuyidagilarda uz ifodasini topadi:
kerakli adabiyotlarni bibliografik qidirib topish va kitob bilan ishlash metodikasi buyicha yakka tartibdagi maslaxatlar;
~ idoralarga karashli kutubxonalarning axborot tizimi, undan foydalanish qoidalari haqida guruhli maslaxatlar, suhbatlar, ma`ruzalar;
~ kutubxona buylab sayohat;
~ axborot resurslaridan foydalanish bo’uyicha amaliy mashgulotlar o’tkazish;
~ kutubxonachilik darslari: foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlarini rasmiylashirish metodikasiga o’rgatish yuzasidan mashgulotlar;
~ ishtirokchilarning kutubxonachilik-bibliografik savodxonlik darajasini, kutubxonaning ma`lumotnoma-bibliografik apparatidan, ma`lumotnoma adabiyotlardan, bibliografik ko’rsatkichlar va shu kabilardan foydalanishga doir bilim, kunikma va malakalari saviyasini aniqlaydigan kutubxonachi-likka oid anik bir mavzuga bagishlangan uyin musobakalar.
Kutubxonalarda kitobxonlarning kutubxonachilik-bibliografik savod-xonligi va kitob o’qish madaniyatini egallaganlik saviyasiga baxo berishda quyidagi bilim va malakalarni xisobga olish rusm tusiga kirgan:
~ turli xil darajadagi kutubxonalarning va axborot markazlarining imkoniyatlariga doir bilimlar, kutubxonaning ma`lumotnoma-bibliografik apparat, axborot nashrlarining ma`lumotnoma-kidirish apparatidan foydalanish malakalari;
~ o’qish manbalarini tanlash, ongli ravishda mavzu ajratish xususiyatlariga doir bilimlar;
~ o`qilganlar mazmunini o`zlashtirish va qabul qilish malakalari (konspekt olish, kitob o’qish rejalarini tuzish, annotatsiya yozish);
~ matbuot asarlari bilan avaylab muomala kilish malakasi.
Umumiy ta`lim muassasalarida ma`lumotnoma-bibliografik bilim va malakalar, shuningdek, kitob o’qish madaniyatini tavsiflovchi bilim va malakalar umumiy o`quv bilim va malakalari sifatida kursatilgan. Ularning shakllanishi pedagogikada o`ta muhim vazifa sifatida o`rganiladi, bu vazifani xal etish natijalari esa o`quvchilar o`quv faoliyatining muvaffaqiyatini belgilab beradi. Umumiy o`quv bilim va malakalari tarkibiga o`quvchilarning mustakil ravishda chikishlar, ma`ruzalar, konspektlar tayyorlashlarini kiritish mumkin. Uz navbatida, bu narsa kutubxona imkoniyatlarini bilish, kerakli adabiyotlarni topa olish, reja tuzish, ko’chirmalar olish, belgilangan shakldagi axborot kurinishida tayyorlangan matnni (insho, referat, taqriz va boshqa.) rasmiylashtira bilishni talab etadi. Ayni umum o`quv bilim va malakalari axborotga qayta ishlov berish bilan bogliq xar qanday faoliyatning: o`quv, ilmiy biluv, mustaqil bilim olish, bo’sh vaqtni tashkil etish va boshqalarning asosi xisoblanadi. Ular o`quvchilarga o’z ustida ishlashni samarali amalga oshirish imkonini beradi. shu bilan birga bularsiz shaxs axborot olish madaniyatining qaror topishi mumkin emas.
Shaxsning mutolaa madaniyati – insonning umumiy madaniyati tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, axborot dunyoqarashi majmuasi va an`anaviy xamda axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda yakka tartibda axborot olish extiyojlarini qondirishga doir maqsad sari yo’naltirilgan mustaqil faoliyatni ta`minlovchi bilim va malakalar tizimi.
Shaxsga axborot olish madaniyatini o`rgatishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- shaxsning axborot olish dunyoqarashini shakllantirish, bu narsa axborotga, axborot zaxiralariga, axborot texnologiyasiga bo`lgan umumlashgan karashlari tizimini ifoda etadi;
~ o`quvchilarning o`quv, kasb-kor yoki boshqa o`quv-biluv faoliyatini, o`z-o`zini ta`minlashga doir bilim va malakalarni egallashlari; Axborot olish malakalarini xosil qilish axborot qidirishning an`anaviy va avtomatlashtirilgan (elektron) usullarini mustaqil ravishda yuritish malakalarini uzlashtirishni ko’zda tutadi. Shaxsning axborot olish madaniyati darajasini sezilarli darajada oshirish maxsus axborot olish ta`limini, xususan, ta`lim muassasalari o`quv jarayoniga o`quvchilarda axborot bilan o’z-o’zini ta`minlash sohasidagi bilim va malakalarning bir butun tizimini shakllantirishni talab etadi. Bunga "Shaxsning axborot olish madaniyati asoslari" mashg’ulotlarini majburiy kurs sifatida o’rgatish yo`li bilan erishish mumkin. Kurs o`quvchilarni axborotni umumilmiy, umumiy ta`lim va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan extiyojlarini qondirish maqsadida mustaqil aniqlash va foydalanish imkonini beradigan bilim, malaka va ko`nikmalar olamiga olib kiradi.
Maktab kutubxonalari ham axborot olish madaniyatini o`stirish uchun shart-sharoit yaratishi darkor.
Axborot olish madaniyati asoslarini o`qitish metodikasini bilish xozirgi zamon kutubxonachisi kasbiy kompetentligining ajralmas tarkibiy qismidir.
Axborotdan foydalanuvchi yosh kitobxonlarni tayyorlash jarayonida qo’llaniladigan shakl va metodlar tizimida maxsus kutubxonachilik mashgulotlari, kutubxonachilik darslari eng faol foydalaniladigan ish usullari xisoblanadi. Bunday mashgulotlarni texnologik loyixalash – mutaxassisdan Yuksak kasb maxoratini va faoliyat samaradorligini talab etadigan zamonaviy jamiyatning ehtiyojidir.
Bugungi kunda jadal tarzda kuchayib borayotgan axborotlardan xabardor bo`lish, kerakli ma`lumotni ajratib olish va undan foydalanish mumkin bo`lgan holatda qaydlash tezkorligini va sifati har bir shaxsning axborot olish madaniyati qay darajada shakllanayotganligiga bog’liqdir.
Mutolaa nadaniyatining pedagogik- psixologik asoslari.Jamiyatda shaxsning yosh xususiyatlarini psixologiya fani o`rganadi, kutubxonashunoslik esa uning xulosalariga tayanib, bolalarning kitob o`qishiga ularning yosh xususiyatlari qanday ta`sir etishini o`rganadi. Ya`ni, qaysi yoshda qanday kitoblarni o`qish va tushunish mumkinligini aniqlaydi. Juda ko`p ilmiy tekshirishlar natijasida bolalar kishi pedagogikasi sinf o`quvchilarining kitobxon sifatida shakllanishini bir qator turlarga bo`ladi. Bunda bolalar kutubxonasiga qatnaydigan kitobxonlarning yoshi xisobga olingan. Kutubxonachi o`quvchilarni tarbiyalashda asosiy manba bo`lgan matbuot va kitobdan keng foydalanadi. Kitob, kichkintoylar fikricha, hamma narsasi bor, hamma narsaga javob beruvchi vosita sifatida tan olinadi. Lekin shuni alohida ta`kidlash lozimki, kitob qanchalik qiziqarli, hissiyotlarga boy bo`lmasin, kitobxon qalbiga etib bormasa, hayajon solmasa, bunday kitoblarning tarbiyaviy ta`siri ham bo`ladi. Shuningdek juda ko`p ertak she`r va hikoyalarda mehnatning tagi rohat degan hikmat aks ettirilgan. Masalan, adabiyot namunalaridan bo`lmish “Buvimni deganlari” she`rida qurt boqib, pilla yetishtirish ulug’lansa, U. Rashidning “Ish bilmas va ish qilmas bola haqida ertak” she`rida dangasa, ishyoqmas bolaning sarguzashti tilga olinadi. S. Ochilning Temirchi bobo she`rida temirchi va unga shogird tushgan bolaning temirdan nihoyatda ko`p narsa yasay olishi, ustoz va shogirdni tarbiyaviy tomonlari tasvirlanadi. Yuqorida sanab o`tilgan ishlarning kutubxonada olib borilishi kichik yoshdagi o`quvchilarni maktabda o`tilayotgan darslarni yaxshi, o`zlashtirishlarida katta yordam beradi. Bolalar mehnat faoliyatning tarbiyaviy ahamiyati aksariyat uning to`g’ri tashkil etilishiga bog’liq. Ular kitobdagi kahramonlarning qizikarli qiliqlarini, kulgili voqea va xodisalarni, tasodiflarni ko`proq eslab koladilar. Voqea va xodisalarni, kishilarning, xarakteri o`z munosabatlarini bilib oladilar. Ko`rgan, eshitgan narsalardagi holatlarni, kishilarni, hayvonlarni xarakatlari vositasida yaxshi va yomonga ajratadilar va ularga o`z munosabat bildiradilar. Kichik yoshdagi bolalarni o`zlarini o`rab turgan muhit, tabiat va hayvonlar qiziqtiradi. Hali ular ilmiy bilim beruvchi kitoblar tabiat xaqida tug’ilgan savollarga javob berish bilmaydilar. O`qigan kitoblarining mazmunini to`liq aytib bera olmaydilar. Shuning uchun ham ular o`z qiziqishini qondirish uchun kattalarni xilma-xil savollari ko`mib tashlaydilar. Kutubxonachilar bolalarning o`qish doirasini kengaytirib, ularni tartibli va shoshmasdan o`qishga o`rgatishga, turli adiblarniig kitoblarini muayyan bir izchillikda tavsiya etishga harakat qiladilar. Asosiy maqsad idrok qilishni, badiiy didni tarbiyalashdan iborat, buning uchun xilma xil usullardan foydalanish mumkin. Masalan, biron bir ertak, hikoya yoki she’rni o`qib berib, undan olingan taassurotlarni so`rash, gapirib chunki idrok qilish, badiiy tasavvur, obrazli fikr berish, tahlil qilish. Kitobxonning didini, idrokini tabaqalashtirish albatta nisbiy bo`ladi, chunki bir idrokini o`stirish tanlangan kitobga ham bog’liq. Ya`niki, guruh ichida ham o`ziga xosligi bilan ajralib turuvchi kitobda bayon etilayotgan voqea va hodisalar, xarakterlar bolalarda bo`lish mumkin. Bolalarga yaqin, tanish bo`lsa, ular tezroq va teranroq, ba`zi bolalar kitobni ko`ngil ochish, qiziqishni tushunadilar. Kutubxonachi 8—10 yoshdagi bola ushbu xususiyatlarni hisobga olib ularni asta sekin bolalarga atalgan jurnallarni o`kishga o`rgatish zarur. endi ular voqea va xodisalarga boshqacha ko`z bilan qaraydilar, voqealikni bilishga intiladilar va xolida saqlab qoladilar. Nima uchun korong’i bo`ladi?, .IIima uchun kushlar uchadi Yu odamlar uchmaydi?, Nima uchun qor yog’adi? va xokazo savollar bilan kattalarga murojaat qiladilar. Chunki ularning bu davrdagi rivojlanishi alohida bir boskichni tashkil etib, ak,liy va jismoniy o`sishda va tarbiyalashda o`ziga xos xususiyatlarga amal qilinishini talab etadi.
Kichik yoshdagi kitobxonlar uchun konkret narsani ob`ektiv fikrlash xarakterlidir, o`kish davomida shu fikrlash orkali ularning tushunchalari o`sib borishiga erishish mumkin bo`ladi. Shuning uchun ham ularga atab yoziladigan kitoblar badiiy bo`ladi, qiyinroq kitoblarni ular keyinchalik o`qishga kirishadilar. Mana shu Yuqoridagi yosh xususiyatlar hisobga olinib, ularning kitobi rasmlarga boy qilib bezatiladi, bu esa kitob mazmunini tushunishga, undan estetik zavqlanishga yordam beradi. O`quvchining estetik tarbiyasini takomillashishiga ko`maklashadi.
Bolalarning aqliy faoliyatida o`zlari o`ylab topgan obrazlar katta o`rinni egallaydi. Ular o`zlarini o`rab turgan muhit haqida ancha aniq tasavvurga ega bo`lsalar ham, o`zlari o`ylab topgan obrazlar orasida yashaydilar. Bu yoshdagi bolalar ertaklarga, fantastik hikoyalarga juda o`ch bo`ladilar. Lekin keyinchalik hayotdan olgan tajribalari asosida ularning borlikka bo`lgan munosabatlari oydinlasha boradi, lekin ertaklarga nisbatan qiziqishlari hech qachon yo`qolmaydi.
Kichik yoshdagi kitobxonlar uchun harakterli xususiyatlardan yana biri shundaki, ular kitobdagi voqealarni hayajon bilan qabul qiladilar, kitobni o`qiyotib, joylarida tinch o`tira olmaydilar. Ko`pincha bu yoshda kitob o`qishda ancha diqqatsizlik sezilib turadi, bu esa kitobni Yuzaki o`kishga olib keladi. Bu yoshda o`kilgan narsani so`zma-so`z esda saqlab qolish qobiliyati mavjud bo`lib, 3-sinfda bu asta-sekin yo`kola boshlaydi va ular o`kigan narsanya o`z tillarida so`zlab bera oladilar. Yuqorida ko`rsatilgan xususiyatlar bolalarning kitobga bo`lgan talablarida kam aks etadi. Ular juda ko`p narsaga qiziqadilar, shuning uchun ham ularning talablari umumiy bo`lgan temalarga oid bo`ladi. Masalan, hayvonlar, uchuvchilar, mashiyaalar va xokazo. kichik maktab yoshyadagi kitobxonlarning talabini kondirishda va ularning qiziqishini shakllantirishda kutubxonachining kitob tanlashda ularga yordamlashishi, tavsiyasi, rasmli kataloglardan foydalanishni o`rgatishi katta, ahamiyatga ega. Shuning uchun kutubxonachi ular kutubxonaga kelganlarida iloji boricha ular bilan suhbat o`tkazib olingan kitobni qanday o`qiganlarini, kitobning qaeri ularga yoqqan yoki yoqmaganini, yana qanday kitoblar o`kimoqchi ekanliklarini so`rab, ularning talablarini qondirishga, to`g’ri maslahat berishga harakat qiladi. sinf o`quvchilariga qaraganda Z-sinf o`quvchilari ancha tajribali xisoblanadilar. Ular endi o`qigan kitoblarini ancha tushunadilar, kutubxonaga eng qatnaydigan kitobxonlardan biri bo`lib xisoblanadilar.
Kutubxonachi va o`qituvchilarning mehnati tufayli, endi ular javonlardan, rasmli kataloglardan, kitob ko`rgazmalaridan mustaqil ravishda kitob tanlashga o`rganadilar. Shuning uchun kam, ularnint talablari kar xil bo`ladi. Masalan, ular kosmonavtlar, hayvonlar, urushlar haqidagi kitoblarni so`raydilar. Ularning hayotida Vatanimiz tarixi, urush kahramonlari, bolalar va ularning ishlari, har xil mavzudagi qiziqarli kitoblar katta o`rin egallay boshlaydi. Bolalar kitobdagi voqea va xodisalarni xayajon bilan qabul qilib, o`zlari ham ularga o`xshagilari keladi, voqea, xodisa va kaxramoyalarni eslab qola boshlaydilar, kitob qahramonlarning Yutuqlari bilan g’ururlanib, mag’lubiyatlaridan achinadilar. Shunday bo`lsa ham, kitobning muallifiga unchalik ahamiyat bermaydilar. Keyinchalik tushuntirish va suhbatlar natijasida muallif va uyaing boshqa kitoblari haqida ham ma`lumotga ega bo`ladilar. Bu kutubxonachidan juda katta mehnat, ya`ni kutubxonaning barcha usul va vositalari orqali kitob muallifi na uning boshqa kitoblari haqida tushuntirish ishini olib borishni taqozo qiladi. Kichik yoshdagi bolalar asar qahramonini real kishi deydilar, ba`zida unga xatlar yozadilar, uning keyingi takdirini bilishga qiziqadilar. endi ular kahramonlarni yaxshi va yomonga ajratmasdan, ularni botir, kahramon, xaqgo`y yoki makkor, aldamchi, firibgar deb atay boshlaydilar, ya`ni qiyosiy tushuncha asta-sekin tarki6 topa boshlaydi. Kutubxonachi va o`rtoklarining saviyasi hamda ta`siri natijasida ularda ilmiy-ommaviy kitoblarga qiziqish yanada ortadi. Ular daryolar, uzoq o`lkalar, xalqlar, kosmonavtlar, mashinalar haqidagi Fizika, texnika. biologiya, sportniig orir turlariga oid kitoblarni il bolalar ko`prok o`kisa, qizlar san`at, adabiyotshunoslik, biografik xarakterdagi badiiy adabiyotlarni yoqtiradilar. Shu yoshdagilarning o`qish doirasida ilmiy bilim beruvchi kitoblar asosiy rol’ o`ynaydi. Asosan tarixiy va tarixiy-inkilobiy mavzudagi biografik xarakterga ega bo`lgan kitoblarga qiziqish ortadi. endi ular kitob kahramonining qiziqishlari, ular echayotgan muammolar bilan tanishib, uni davom ettirishga yoki chuqurrok bilishga qiziqishlari natijasida ko`llab kitob-jurnallarni o`kib chikadilar. Kutubxonachi mana shu xususiyatga tayanib, kitobxonlarga bilim berunchi kitoblarni ko`prok kishlarida yordam berishi kerak. Kutubxonachi 7-sinf o`quvchilari bilan ishlaganda ham ularning o`ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. 13—15 yoshli o`quvchilar ko`p narsani tushunadilar, fikrlaydilar, munosabat bildiradilar, o`z nuktai nazarlarini ximoya kila oladilar. endi ular hayotda o`z o`rinlarini izlaydilar, o`zlarida shakllanayotgan g’oya va qarashlar uchun asos qidiradilar, chunki ular bu yoshda kasb tanlaydilar, bu esa mana shu xissiyotni yanada rivojlantiradi. Agar oldyangi yosh guruxlarning qiziqishlari, sengan mashg’ulotlarn xilma-xil blsa, bu yoshga kelib, sevimli mashg’ulot ancha qisqaradi, lekin aniqlashadi. Yirik bo`lmagan shaxarlar hayotida kitob va o`qish deb nomlangan sotsiologik tadqiqot ma`lumotlariga qaraganda 14 yoshli o`quvchilar orasida o`qishning roli pasaygan. Bu ayniqsa, kutubxonaga qatnash va ular talabi doirasiniig qisqarganligida ko`rinadi. Bu asosan o`quvchilarning maktabdagi darslari, o`zi tanlagan, kizikkan mashuloti sohasi bilan ko`prok mashgul bo`lishi bilan boliqdir. Bu yoshdagi kitobxonlarning faqat bir qismigina o`qib, faolligi pasaysa, qolganlarining talablari rivojlanib, chuqurlashib, konkretlashib boradi. Sevgan mashg’ulotlariga doir ilmiy-ommabop kitobni ham tanlab o`qiydilar, bu esa ularning muayyan sohaga qiziqishlari mustahkamligini ko`rsatadi va ular tanlamoqchi bo`lgan kasblari bilan ham bog’liq bo`ladi.
Badiiy adabiyot sohasida ular poeziyaga qiziqadilar, ayniqsa undagi lirika o`ziga tortadi. Ular kitob kaxramonining xarakterini butunligicha tushunadilar, ayniqsa kattalar uchun mo`ljallangan kitoblarni olishga qiziqadilar. Bu sohada qizlar o`g’il bolalarga nisbatan ancha ilgarilab ketadilar. Ular Yurakni to`lqinlantiruvchi, hamma narsa bor bo`lgan romanlarni o`qishga kirishadilar. Bu gurux o`zining mana shunday qarama-qarshi tomonlari bilan ham ular kishiga rahbarlik qiluvchilar; katta mahorat bilan ishlashni talab qiladi.
Kutubxonachi kitobxonlarning qiziqishlarini shakllantirishi va rivojlantirishi, ular o`jyashga rahbarlik ‚ilishi, o`qish doirasini kengaytirishi, o`qish madaniyatini tarbiyalashi, umuman, haqiqiy kitobxonlar bilan til topishib ishlashya lozyam. Biz bu erda aloxida kitobxon o`ziga xos tomonlarinigina qisqacha hulosaladik, xolos. Kutubxonachi buni amalda ijodiy rannshda ko`llab, yana o`o`ziga xos usullar kashf etishi mumkin. Bolalar o`qishini sifatli ravishda tashkil etish va ularni davr talabiga javob bera oladigan kishilar qilib tarbiyalash uchun, avvalo ularni har tomonlama o`rganish lozim, Jamiyat taraqqiyotining nixoyatda ilgarilab ketishi fan, texnika, maorif va madaniyatning rivojlanishi, ma`naviy dunyosining Yuksalishiga ham katta ta`sir ko`rsatadi. Xususan, hozirgi o`quvchi yoki kitobxon 60-70-yillardagi tengdoshlaridan farq qiladi. Hozir O`zbekiston maktab o`quvchilarining ko`pchiligi kutubxonadan foydalanadi va kitob o`qiydi. Bu esa, o`z navbatida, bola shaxsini shakllantiruvchi, uni kamolotga etishtiruvchi tom ma`nodagi o`qish jarayoni bo`lishi lozim. Shuning uchun ham, kutubxonachilar oldida turgan asosiy vazifalardan biri, bolalarning kitob o`qish sifatini ko`tarishdan iboratdir. Ko`pincha Yuqori sinf o`quvchilari ham maktab dasturidan tashqari berilgan, ilmiy-ommabop, aniq fanlarga oid kitoblarni o`kimay, fantastik, dedektiv, sarguzasht kitoblar orqasidan quvadilar. Badiiy adabiyot doimo haqiqiy san`at asaridek qabul kilinmaydi. Ba`zi kitobxonlar ayrim mavzuga oid kitoblarnigina o`qib, boshqa kitoblarga qiziqmaydilar. Shuning uchun ham, ancha yillardan beri kutubxonaga a`zo bo`lib kelgan kitobxonlarda ham biryoqlamalik, chegaralanib qolishlik va kitobga bo`lgan talabning noaniqligi seeilmokda. Bunga asosan kitobxonlarda o`qish madaniyati etarli darajada emasligi sabab bo`lmokda. Kitob—bilim manbaidir. Lekin mana shu kitobdagi byalimni xaqiqatdan o`qib, tushunib oladigan ko`pgina muayyan ma`lumotga ega bo`ladi. Ko`p kitob o`qiydigan ayrim bolalar ham eng yaxshi kitoblarni o`qiy olmasligi, o`qish tartibi vaqtinchalik, zo`rma-zo`raki bo`lishi mumkin.
Bolalarni o`qish madaniyatiga asta-sekinlik bilan o`rgatish lozim. O`qish madaniyati bu juda katta tushuncha bo`lib, u kitobxonni kitobni sevishga, uni o`qiganda yozuvchi fikrini chuqur tushunishga, kitob mohiyatini to`g’ri baholay olishga o`rgatadi. o`qish madaniyati bolalarga badiiy adabiyotni to`g’ri tushunib, undan estetik zavq olish, ilmiy bilim beruvchi kitoblar bilan ishlash, ma`lumot, bibliografik va axborot materiallaridan o`zini qiziqtirgan narsalarni topa olish, umuman kitob va kutubxonadan to`g’ri foydalanish yo`llarini o`rgatadi. Bu tadbirlarning amalda bajarilishi, shubxasiz, bolalar o`qishga, ta`lim va tarbiya jarayoniga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, Kitobxonlarni o`rganish, ularning qiziqishi va o`ziga xos xususiyatlarini bilish o`qishga rahbarlik qilishning sifatini yanada oshiradi, shuning uchun kam, bolalar o`qishini kutubxonalardan tashqari boshqa muassasalar ham o`rganadilar. Lekin bolalar kutubxonalari yosh kitobxonlarga eng yaqin turuvchi vositachi bo`lganligi tufayli ularning asosiy vazifalaridan biri ham kishini o`rganishdir. Yuqorida ko`rsatilgan muassasalar hamkorlikda ish olib boribgina, chiqarilgan xulosalar xaqqoniy bo`ladi. Bu, birinchidan, kutubxonachilarning amaliy faoliyatiga katta yordam bersa, ikkinchidan, pedagog va ilmiy xodimlarning mazkur sohani yanada chuqurroq o`rganishlarida asos bo`lib xizmat qiladi. Bolalar kutubxonasida kitobxonlarni o`rganish har xil usullarda olib borilsa ham, quyidagi printsiplarga asoslaniladi. Asosiy printsiplardan biri — yosh kitobxonni o`rganishni uning shaxsini o`rganish bilan bog’liq holda olib bordi. Avvalo, kutubxonachi kitobxonning shaxsini har tomonlama, maqsadga muvofiq ravishda o`rganishi lozim. Lekin kutubxonachining kitobxonni doimo to`ridan-to`g’ri o`rganishi uchun imkoniyati yo`k, chunki kitobxon bilan kam uchrashadi. Shuning uchun ham, kitobxonni o`rganishning barcha formalari — kitobxon formulyarini taxlil qilish, suhbat, kuzatish va boshqa birgalikda kitobxon hakida to`liq ma`lumot bera oladigan bo`lishi lozim. Shunday qilib, biz yosh kitobxonning kiziqishi va talablarini o`rganish bilan birga uning o`zini ham o`rganamiz. Zero, kitobxonning qiziqishi, talabi uni o`rab turgan muhit (oila, maktab, o`rtoqlari) bilan munosabatini qo`shib o`rganishgina, u haqida to`liq ma’lumot beradi. Shunda biz uning o`qishini to`g’ri tashkil qilib ong tasavvurini to`g’ri shakllanishiga yordam bera olamiz. Ikkinchi printsip, pedagogik va psixologik xususiyatidan kelib chiqadigan fikrlar va xulosalar asosida kitobxonni o`rganish bilan birga, uning qiziqishlari to`g’ri yo`lga solib, yanada rivojlantirishdan iboratdir.13 Kitobxonlarni o`rganish va ular o`qishiga rahbarlik qilish masalalari bilan ta`lim-tarbiya o`rtasida chegara bo`lishi mumkin emas. Chunki biz kitobxonni bilim va tarbiya beruvchi kutubxona miqyosida o`rganamiz uchun kutubxonaniig vazifasi kitobxonni o`qishiga rahbarlik ko`llash va bir vaqtning o`zida uni kitobxon sifatida tarbiyalashdan iborat. Uchinchi printsip shunga asoslanadiki, bolalar kutubxonasida kitobxonni o`rganish, bolalar kitobini ilmiy va estetik jihatdan o`rganish bilan uzviy aloqada olib boriladi. Kutubxonachi bolalarga atalgan badiiy, ilmiy ommabop kitoblarni yaxshi bilishi, uni pedagogik taxlil kila olishi kerak. Kutubxonachi bu kitoblarni o`zining muloxazasi va xulosalari bilangina baholab qolmasdan qitobxonniig xususiyati, saviyasi hamda nuqtai nazarini ham javob olish lozim. Bu esa kutubxona nshini yaxshilash va kitobxonlarni o`rganishning muhim omilidir. Bolalar kutubxonasida kitobxonni o`rganar ekanmiz, Yuqorida ko`rsatilgan printsiplarni bir biri bilan o`zaro bog’lagan holda olib borish lozim. Shu printsiplarni qo`llashda, Yuqorida ta`kidlanganidek kitobxonlar xususiyatlari xisobga olinishi zarur. Kitobxonlarni o`rganishni o`ylab, rejali ravishda, bir maqsadga qaratib to`g’ri tashkil etish lozim. Avvalo o`rganish yo`lini so`ngra unga Yuklatilgan vazifani aniqlab, reja tuzib olish kerak. Bolalar kishini o`rganishning juda ko`p yo`llari bo`lib, ular orqali bir qancha konkret masalalarni hal qilish mumkin . Shunday yo`llardan biri — kishining mazmuni va miqdorini o`rganishdir. Bunda kitobning ko`p yoki ham o`qilishi, har xil yoshdagi yoki sinfdagi o`quvchilarniig kitobga qanchalik murojaat qilishi, ularning imkoniyati, muayyan vaqt ichida (bir oy, yarim yil, bir yil) qancha kitob o`qishi mumkinligi kabi masalalarni hal qilish mumkin. Bularni hal qilish kitobxonlar tomonidan sevib o`qiladigan kitob va uning mualliflari, badiiy adabiyot, ilmiy bilim beruvchi kitoblar, Vaqtli matbuotni o`quvchi tomonidan o`qilishi nisbati, kitobxon talabining uning yoshiga, jinsiga karab o`sib borishi, muhitning ularniig o`qishiga ta`siri haqida kimmatli ma`lumotlar beradi. Kitobxoilarni fganish yo`llaridan yana biri har xil yoshdagi kitobxonlar tomonidan badiiy adabiyot yoki ilmiy bilim beruvchi kitoblardagi ma`lumotlarni qabul qilishni o`rganishdir. Bunda kitobning bolaga ta`sirini, u qaysi qahramon va hodisalarni eslab qolishini, kitobniig mazmuni va yozilishiga bo`lgan munosabatini, kitobdagi ilmiy bilim beruvchi materialni qanchalik o`zlashtirib olganini o`rganish mumkin. Bu erda kutubxonachi o`z oldiga yana ham aniq masalani qo`yishi, ya`ni bolalarning biron bir yozuvchining asariga bo`lgan munosabatlarini, biron bir janrdagi yoki mavzudagi (ertak, poeziya, fantastika, urushlar haqida) kitoblarning qilishi va undagi materialning qabul qilinishini aniqlashi mumkin. Bu kutubxonachi uchun qimmatli ma`lumotlar beradi. Jumladan, kutubxonachi bolalarning kitob beradigan o`ziga xos baholarini, munosabatlarini aniqlab olish bilan ularga eng qo`l keladigan usul vositasida kitob tavsiya etish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bolalar o`qishini o`rganishda har bir kutubxona o`zining imkoniyatlarini hisobga olib amaliy ishda yordam beradigan usullarni tanlab olishi zarur. Belgilangan vazifa va maqsadga qarab kutubxona alohida kitobxonlar, bir guruh kitobxonlar yoki kutubxonaning barcha kitobxonlarining o`qishini o`rganishi mumkin.
XULOSA
Kutubxonada kitobxonlarni o`rganishning eng qiyin tomoni shundaki, kutubxonachining har bir kitobxonni chuqur va har tomonlama o`rganishi uchun vaqti yetishmaydi.14 Shuning uchun kutubxonachi har bir kitobxonni ko`zdan yo`qotmasdan (bunga kitobxonning formulyarini muntazam tahlil qilish yordam beradi) ko`pincha kitobxonlar guruhi o`rganadi. To`g’ri tanlangan kitobxonlar guruhidan olingan xulosalarni shu yoshdagi va jinsdagi kitobxonlarga tatbiq qilish mumkin. Asosan shunday kitobxonlar guruhini tanlash kerakki, kutubxonachi ularning kishidan doimo ogoh bo`lib turishi kerak.. Suhbat usuli orqali u kitobxon fikrini, bilimini, ko`proq tavsiya etishni va ularni ommaviy yoshlarga qobiliyatlarini, qiziqishini, so`zlab berish mahoratini jalb qilishni maqsad qilib oladi. Bu usulning tarbiyaviy akamiyati juda katta. Kitobxonlar guruhini tanlab olar ekanmiz, albatta birgalikda munozara qilish usuli orqali biror bir ularning yoshi va jinsiga, millatiga katta e`tibor berish dolzarb masala xal qilinganda kitobxonning fikrini tinglashimiz lozim. Masalan, o`zbek tilida o`qiydigan 8-sinf o`quvchisining mulohazasi kuzatiladi. Bu ayniqsa kitob haqida o`quvchilarini chet tilidagi kitoblarni qanday kishi munozara, bahs o`tkaznlganda yorqin namoyon bo`ladi. Kitobxonlarning kitobdan olgan taassurotlarini o`rganish uchun kamida 25-30 nafar o`quvchi olinadi, mavzu bo`yicha chizilgan rasmlarni tahlil qilibgina albatta ularning yarmi qizlardan iborat bo`ladi. Kutubxonachilar o`zlarining kundalik faoliyatlarida usuli tanlanadi. Umuman, kitobxonlarni o`rganishda qulay usullardan foydalanadilarki, u bir vaqtda ham umumiy va maxsus usullardan foydalaniladi. Umumiy usullar boshqa fan tarmoqlarida ham ko`llaniladi. Masalan, kitobxon formulyari tahlil qilgan qilinib, umumiy xarakteristika beradi. Umumiy usullar haqida suhbat, kitobxon mulokazalarini taklil kuyidagilardan iborat: mantikiy, statistik usul, kuzatish va jokazo. Formulyarni tahlil qilish orqali kitobxon kishining o`ziga xos tomonlari haqida to`liq ma`lumot ololmaymiz. Bunday holda suhbat va kuzatish orqali kitobxonyai chuqurrok fganishga jarakat qilinadi, shundagina kitobxonning kishi haqida etarli ma`lumot olamiz. Shuning uchun ham kitobxon o`qishni o`rganishda barcha usullardan imkoni boricha to`liq foydalaniladi. Bunda qo`yilgan vazifa va maqsadga qarab, qaysidir usullar asosiy hisoblanadi, qolganlari esa uni to`ldirib boradi. Masalan, alohida bir kitobxonni o`rganishda kitobxon bilan kutubxonachining suhbati, kuzatuv va formulyar tahlili asosiy usullar bo`lib hisoblanadi. Lekin shu kitobxon haqida to`liq ma`lumogga ega bo`lish uchun qo`shimcha usullardan — kitobxonni munozarada, ertaliklarda, badiiy kechalarda qatnashganligi, u chizgan rasm va yasagan asboblari haqida ma`lumotlarni ham e`tiborga olish lozim. Suhbat, talabni xisobga olib borish, interv’yu, anketa usullarini ko`llayotganda undagi og’zaki va yozma savollar qisqa, tushunarli, kitobxonlarni qiziqtirdigan bo`lsa, olingan xulosalar ham aniq va to`g’ri bo`ladi. Asosiy va yordamchi usullar aniqlangandan so`ng ish rejasi tuziladi, ya’ni qaysi usulni qanday, qachon va qancha vaqt qo`llash kerakligi aniqlanadi. Bundan tashqari kutubxona bu ish bilan qancha vaqt shug’ullanishi va bunga kimlar jalb etilishi ham belgilab qo`yiladi. Albatta, olingan xulosalar kitobxon formulyarida ham qisqa aks etishi lozim. Olingan xulosalarni tahlil qilib, uni boshqa guruh kitobxonlarga ham tatbiq etish lozim, bunda albatta o`rganilgan guruhning yoshi, o`ziga xos xususiyatiga mos keladigan kitobxonlargagina tadbiq etiladi. “Kutubxonachi olingan xulosalarni pedagog, tarbiyachi nuqtai nazaridan turib hal qilishi va uni qo`llashi yaxshi natijalar beradi. Quyida qo`llaniladigan asosiy usullarning o`ziga xos tomonlari va ularni ko`llash yo`llarini ko`rib chiqamiz. Kitobxon formulyari kitobxon hamda kutubxonachi uchun nihoyatda zarur hujjat bo`lib hisoblanadi. Doimo ijobiy ish olib boradigan tajribali kutubxonachi kitobxon formulyari orqali o`z kitobxonining o`qiyotgan barcha kitoblari, qiziqishlari sevgan mashg’ulotlaridan xabardor bo`lib turadi. Lekin formulyar rasmiyatchilik nuqtai nazardan to`latilsa yoki tahlil qilinsa, bunday formulyar kitobxonni o`rganish va kishiga rahbarlik qilishda unga hech qanday yordam berolmaydi. Ba`zi kutubxonalarda formulyarda berilgan bilimlar ko`rsatilmaydi, faqat kitob berilganligi haqida ma`lumot yoziladi xolos, shuning uchun bunday formulyarlarni taklil qilib ham bo`lmaydi. Avvalo kutubxonachining o`zi shu formulyarni yaxshi o`rganib, u qanday maqsadni va vazifalarini bajarishini bilib olishi lozim. Kitobxon formulyari muqovasidagi ma`lumotlarni hisobga olmaganda, uning hamma bilimlarini uch guruhga bo`lish mumkin. Birinchisi — kitobxon haqida umumiy ma`lumot beruvchi, ikkinchisi — kitobxonning olgan kitoblari bilan bog’liq, bo`lgan ma`lumotlar, uchinchisi
kutubxonachining belgisidan iborat.15 Kitobxon formulyarining boshida kitobxon haqida ma’lumot to`plovchi savollar mavjud. Masalan, Yana qanday kutubxonalarga a`zolik, maktabda sevgan predmetlari, nimalar haqida o`qishni yoqtiradi qanday to`garaklarga qatnashadi, sevgan mashg’uloti kabi savollar bo`lib, ular kitobxon haqidagina emas, uning kishi, kitobga munosabati hakida ham ma`lumotlar beradi. Kutubxonachi Yuqoridagi savollarga javobni aniq yozib oladi. Yozilgan ma`lumotlarning vaqti belgilab boriladi shu yillar ichida kito6xonning qiziqishi qanday o`zgarib, o`sib borganligini ko`rish mumkin. Kitobxonlarni o`rganishda formulyardagi Kitobxonning talabi, talabning sababi, kitobxonning kitobga munosabati bo`limlari kutuxonachiga eng zarur ma`lumotlarni beradi.
Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqorolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so`z Yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o`z fikr va g’oyalarini, sodir bo`layotgan voqealarga o`z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo`lmasligini o`zimizga yaxshi tasavvur etamiz.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iYundagi “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g’risida”gi 381 sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan 2011 yil 25 martda ma`qullangan O`ZQ-280 “Axborot kutubxona faoliyati to`g’risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilinishi va bu orqali kutubxona faoliyatini jamiyat hayotidagi rolini oshirishning huquqiy asoslarini yaratildi.Ma’lumki, fuqorolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o`z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o`zida mujassam etgan bo`lib, bu O`zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo`lsa, tamal toshi hisoblanadi. Mamlakatimizda o`tgan yillar davomida, ayniqsa oxirgi 10 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so`z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yurtimizda avvalo ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to`la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat ko`rsatishini ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi.