Kirish Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir.
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari:
1. Pul birligi - so’m
2. Pul birligining turlari - qoђoz va metal pullar
3. Ularni muomilaga chiqarish qoidalari.
4. Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.
5. Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.
6. Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari.
7. Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari.
8. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov – « bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi.