“ M Behbudiyning “ padarkush yoxud tarbiyasiz bolaning taqdiri”
“Padarkush” – oʻzbek dramachiligining hamma yakdil eʼtirof etgan birinchi namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmunga koʻra yangi oʻzbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif “Milliy fojia” atagan 3 parda 4 manzarali bu drama hajman ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va joʻn edi. Oʻqimagan bolaning buzuq yoʻllarga kirib oʻz otasining oʻldirgani,nodonlik va jaholat haqida edi.“Padarkush” dastlab Samarqandda 1914 yilning 15 yanvarida sahnaga qoʻyidsi. Spektakl oʻz maishatiga oʻralib, dunyoni unutgan millatdoshlarga chakmoqdek taʼsir etdi. U Toshkentda 1914 yilning 27 fevralida qoʻyildi.