131
esa muayyan segment uchun mo‘ljallangan, xarajatlar bo‘yicha liderlik strategiyasi
barcha korxonalar uchun eng muhim va zarur strategiyasi barcha korxonalar uchun
eng muhim va zarur strategiya bo‘lib hisoblanadi.
6.3. O‘sish strategiyasi
Ko‘pchilik firmalarning strategiyalari o‘sish maqsadlarini: savdo hajmining,
bozor ulushining, firma daromadining yoki o‘lchamining o‘sishini ko‘zda tutadi.
O‘sish firmaning faoliyatiga ta’sir qiluvchi, tashabbusini rag‘batlantiruvchi hamda
firma jamoasi va rahbariyatining motivasiyasini kuchaytiruvchi omildir.
O‘sish maqsadlari uchta turli xil darajada ifodalagan:
asosiy bozorga nisbatan o‘sish; bu intensiv o‘sish deyiladi;
ishlab chiqarish zanjiriga nisbatan o‘sish, asosiy faoliyatga nisbatan «olg‘a»
yoki «orqaga» integrasiya, bu integrasion o‘sishdir.
odatdagi faoliyat hududidan tashqaridagi imkoniyatlarga asoslangan o‘sish,
bu diversifikatsion o‘sishdir.
Bu o‘sish maqsadlarining har biriga mumkin bo‘lgan strategiyalarning ma’lum
bir soni to‘g‘ri keladi. Ularning turlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: