Strategik ishlab chiqish mazmuni Strategik Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi



Yüklə 112,5 Kb.
səhifə1/6
tarix03.06.2023
ölçüsü112,5 Kb.
#124551
  1   2   3   4   5   6
Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari va mazmuni


Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari va mazmuni


Reja:

  1. Strategik ishlab chiqish mazmuni

  2. Strategik Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari

  3. Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi

  4. Strategik boshqarish ijrochilari

  5. Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari

Strategik menejment fanining mohiyati
Strategiya umumiy tarzda korxonaning mavqeini mustaxkamlash, istemolchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo’lgan turli yo’llari va usullari ichidan eng maqbo’lini tanlab olish demakdir.
Korxonani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funktsiya va bo’linmalarni o’z ichiga oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar.
Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik xarakatlarini yagona tizimga bog’lash demakdir1.
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyalaridan biridir. Ba’zi menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta olmaydilar. Boshqalari o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga oshiradilar. Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va moxirona amalga oshirilgan bo’lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil etilgan kompaniyalar xam kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlarga, kuchli raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi.
«Menejment asoslari» kursidan bizga ma’lumki, menejment quyidagilarni aniqlashdan iboratdir:
-«biz qaerdamiz?»
- «qayoqqa ketyapmiz?»
- faoliyatimizning maqsadlari qanday?»
- maqsadga erishish yo’llari qanday ?»
- optimal yo’lni tanlash mezonlari nimalardan iborat?
- pirovard natija qanday bo’lishi kerak?
Bu savollarning javoblari kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish uchun maqsad va natijalarni aniqlash uchun o’ta muximdir.
Strategik menejment kompaniyaning o’zoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (xarakatlar tarzini) va uning aniq vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada menejmentning yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib xizmat qiladi2.

Yüklə 112,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin