69
aniqlash (bozor
segmentlari, marketing vositasi, bozorga kirish vaqti va
boshqalarni tanlash).
4.
Rejani ishlab chiqish. Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama,
sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish
tizimi.
5.
Nazorat qilish. Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor
holatiga to‘g‘ri kelishi). Yillik nazorat (rejadagi
tadbirlar va xarajatlarning
bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.
Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart-
sharoitlari (tashqi muhiti) va o‘zining ichki salohiyati to‘g‘risida batafsil
axborotlar to‘plab, aniq xulosa chiqariladi. Buning uchun «Bozorni
kompleks tadqiq qilish» va «Holatli tahlil» usullaridan foydalaniladi.
Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlang‘ich davri bo‘lib, korxona
marketing dasturi va rejasini tuzish manbai hisoblanadi. Holatli tahlil, firma
faoliyatini o‘ziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni o‘z ichiga oladi.
Korxonaning rivojlanish
maqsadlarini aniqlashda, avvalo, uning ichki
imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada sotishning o‘sishi orqali yoki
bozorda o‘z ulushini ko‘paytirish, obro‘sini ko‘tarish yo‘li
bilan erishilishi
yoki erishilmasligi kabi savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish
maqsadlari marketing tajribasiga ko‘ra, bir necha yo‘nalishlar orqali amalga
oshirilishi mumkin:
birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya’ni egallangan bozorda (bozor
segmentida) ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini ko‘paytirish orqali
daromadni oshirish; ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yo‘l bilan ekstensiv
imkoniyatlar
tugagach, yangi bozorlarga chiqish yoki segmentlarni
kengaytirish yoki bozorga yangi modifikatsiyali tovar taklif etiladi.
Uchinchidan, integratsiyalashgan rivojlanish orqali sotish, korxonalar bilan
hamkorlikda
ular resurslaridan foydalanib, daromadni ko‘paytirish,
to‘rtinchidan, diversifikatsiya yo‘li bilan, ya’ni korxona o‘z marketing
faoliyati doirasida qo‘shimcha xomashyo, tovar, texnologiya, iste’molchilarni
o‘zlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga va ko‘proq foyda olishga
erishadi.
Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish
kerak? - degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning
mahsulot
ishlab chiqarish, iste’molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa
faoliyatiga asosiy yo‘nalish belgilaydi, har bir bo‘limi maqsadini belgilaydi va
ular ishini muvofiqlashtiradi.
Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab, ular korxonalar
faoliyatida hisobga olinishi mumkin:
1.
Bozor bir xil emas, u o‘ziga xos tabaqalar (segmentlar)dan iborat.
70
2.
Korxona bozorda bir yoki bir nechta
segment talablarini nazarda
tutishi mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor tabaqalari (segmentlari)ni
o‘ziga jalb etishda, ko‘proq muvaffaqiyat kozonishni o‘ylash lozim.
3.
Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda
faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
4.
Marketing vositasini tanlashda, ko‘proq bir-biriga mos va o‘zaro
vazifalari bilan bir-birini to‘ldirib turuvchilarni ishga solishni ko‘zda tutish
kerak. Masalan, tovar aylanmasi bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyi,
iste’molchilar bilan aloqalarni reklamaga qo‘shib olib borish tavsiya etiladi.
5.
Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy
holatni har tomonlama
hisobga olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon’yukturasi holatini,
raqobatchilar bilan tutgan o‘rni va boshqalar.
Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo,
korxonani foyda olishga yo‘naltirish hisoblanadi. Uning yechimini topishda
jahon tajribasida quyidagi yondoshuvlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: