72
moliyaviy ko‘rsatkichlarni rejalashtirish - shu jumladan, marketing
xarajatlarini aniqlash, bahoni belgilash (talab, xarajatlar, raqobatchilar,
marketing tadbirlaridan olinadigan daromadga asoslanib)ni tashkil etadi;
kadrlar bilan ta’minlash rejasi-rahbariyat va mutaxassislarni joy-joyiga
qo ‘yish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, maslahatchilarni yollash,
boshqa korxonalar tajribasini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Marketing nazorati uch xil shaklda olib boriladi: strategik, yillik va
rentabellikni tekshirib borishdan iborat. Strategik nazorat - ma’lum davr
mobaynida korxona marketing faoliyatini har tomonlama taftish qilib, uning
bozordagi haqiqiy holatiga mos kelish-kelmasligini aniqlashdan iboratdir.
Yillik
rejani
nazorat
qilishda
sotish
hajmi,
bozordagi
ulushi,
iste’molchilarning tovarlarga bo‘lgan munosabati va boshqalar tahlil qilinadi.
Korxonaning foyda va zararlari balansi orqali va foydaning xarajatlariga
solishtirish yo‘li bilan uning rentabelligi nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: