Amaliy mashg’ulot № 8 Mavzu: DIAGNOSTIK XULOSA YOZISH VA RASMIYLASHTIRISH METODIKASI. Magistrant: Nilufar Matkarimova 1-Topshiriq
Diagnostika o`z ichiga nazorat, tekshiruv, baholash, statistik ma’lumotlarni to`plash, ularni tahlil qilish, dinamikani ko`rsatish, voqealarning keyingi rivojini bashorat qilish kabilarni qamrab oladi.
Diagnostika natijalarni unga erishish yo`llari, vositalari bilan bog`liq holda ko`rib chiqadi.
Diagnostika odatdagi an’anaviy o`quvchilar bilim va qo`nikmalarini tekshirishdan farq qiladi.
Ta’lim diagnostikasi ko`p hollarda yosh avlodda u yoki bu hislatlarni (chidamlilik, iroda, qunt va boshqalar) ham aniqlaydi.
Ta’lim jarayonini diagnostikasiz boshqarish mumkin emas.
2-topshiriq
O`quv muassasalarida tahsil oluvchilarning intellektuallik darajasi quyidagi yo`nalishlar bo`yicha farqlanadi va hisobga olinadi:
Jismoniy kamolotga erishganlik yo`nalishi;
Intellektual yo`nalish (differensiyalash qobiliyati, miqdor va ko`plikni tushunishning darajasi, xotiraning rivojlanish darajasi.
Mehnatga munosabati (vazifani bajarishga tayyorgarligi, diqqat va chidamni boshqara olishi).
Ijtimoiy yo`nalish (tarbiyachilardan hissiy mustaqilligi, guruh bilan munosabatga kirisha olish) va h.k.
3-topshiriq
Intellektual rivojlanishning quyidagi nazariyalari mavjud: o`quv nazariyasi, psixometrik nazariya, kognitiv nazariya (yoki axborot tahlili).
O`quv nazariyasini Torndayk asoslagan bo`lib, u intellektni bilim egallsh qobiliyati sifatida qaraydi. Bu nazariyada turli bilimlarni egallsh jarayonining quyidagi bosqichlari keltiriladi: signallarni oddiy egallalsh; operativ taxlil; muammoni yechishning qoida va yo`llarini egallsh.
Psixometrik nazariya o`quv nazariyasidan axamiyatliroq bo`lib hisoblanadi. U turli omillarni analitik tarzda o`rganadi. Statistika metodi kabi psixometrik nazariya omillarni tahlil qilish alohida individual turli ko`rsatkichli va bir–biri bilan bog`liq omillarni guruhlaydi. Keyin bu omillar unda mujassamlashgan vazifalarni hisobga olgan holda verbal interpretatsiya qilinadi.
4-topshiriq
Pedagogik diagnostika va uning metodlari o`quvchi–yoshlarning bilimini, fikr–mulohaza yurita olishlarini, ish bilan harakatning birligi hamda tarbiyalanganlik darajalarini o`rganib, ulardagi ijobiy fazilatlarni takomillashtirish va salbiy xislatlarni yo`qotish uchun zarur bo`lgan korrektsion ishlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Bugungi kunda o`quvchilarning intellektual rivojlanishini aniqlashda J.J. Piajеning “Bolaning aqliy rivojlanishini diagnostika qilish”, L. S. Rubinshtеynning “Modеllashtirilgan pеrtsеptiv harakatlarini egallab olish darajasini aniqlash”, M. Е. Bеrshadskiyning “Ko`rgazmali-obrazli tafakkur harakatlarini tashxislash”, E.Qoziеvning “Mantiqiy tafakkur harakatlarini shakllantirish” kabi mеtodikalari muhim ahamiyat kasb etadi.
O`quvchilarda aqliy darajani (IQ) aniqlaydigan maktab tеsti (SHTUR-ADAMT) ham bugungi kunda mashhur tеstlardan biri bo`lib hisoblanadi. Bu tеst maktab yoshidagi o`quvchilarning aqliy rivojlanishini tashxis qilish uchun mo`ljallangan. Uning tarkibida bir nеcha subtеstlardan iborat topshiriqlar mavjud bo`lib, ular: «bilimdonlik», «analogiya («o`xshashlik»)»,
«klassifikatsiya» (tasniflashtirish), «umumlashtirish», «sonli qatorlar»ni o`z ichiga kamrab oladi. Tеst o`zaro ekvivalеnt bo`lgan A va B shakllardan iborat .
Dostları ilə paylaş: |