88
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‘lib, unga
qo‘yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Taktik
rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo‘yicha ta’minot va
sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun
zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning hozirgi
holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi.
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:
- maqsadga erishish darajasini belgilash;
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash;
- korxona moslashuvchanligi talab qilingan atrof-muhit o‘zgarishlariga
qanchalik mos kelishini aniqlash.
Marketing nazoratining uch turi farqlanadi:
1.
Yillik reja bajarilishini nazorat qilish;
2.
Strategik nazorat;
3.
Foydaga erishishni nazorat qilish;
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‘ljallangan natijalarga
erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa
tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish o‘rtasidagi nisbiy tahlillar,
mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng
foydalaniladi.
Foydaga erishishni nazorat qilish maqsadi firma nima hisobiga daromad
topayotganligini va qaysi o‘rinlarda yo‘qotayotganligini aniqlashdan iborat.
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatan ham firma o‘zidagi
marketing
imkoniyatlaridan
to‘liq
foydalanilayotganligi
yoki
foydalanilmayotganligi aniqlanadi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Strategik rejalashtirishning maqsadi nimadan iborat?
2. Strategik rejalashtirishda korxona dasturining maqsadi nimadan
iborat?
3. Korxonaning o‘sish strategiyasining qanday turlarini bilasiz?
4. Divesifikatsion o‘sish deganda nimani tushunasiz?
5. Korxona taktik rejasining maqsadi va vazifasi nimadan iborat?
6. Marketing nazorati deganda nimani tushunasiz va uning qanday
turlarini bilasiz?
7. Intensiv o‘sish deganda nimani tushunasiz?
8. Integratsion o‘sish mazmunini tushuntirib bering?
Dostları ilə paylaş: