8- labaratoriya mashg‘ulot: Umurtqalilarning qon aylanish va nafas olish tizimlarining solishtirma anatomiyasi. Jihozlar Kerakli materiallar va jihozlar



Yüklə 31 Kb.
tarix24.06.2022
ölçüsü31 Kb.
#62197
8-lab.IV


8- Labaratoriya mashg‘ulot: Umurtqalilarning qon aylanish va nafas olish tizimlarining solishtirma anatomiyasi.
Jihozlar
Kerakli materiallar va jihozlar: Har xil ekologik guruhlarga kiruvchi umurtqali hayvonlarning tulumi.Sut emizuvchilarning tashqi va ichki tuzilishi (mulyaji).Har xil shoxlar.Tablisalar; Umurtqalilarning umumiy ko‘rinishi,a’zolarining solishtirma anatomiyasi; qon aylanishi, nafas olish tizimlari a’zolari tuzilishi.
Mashg'ulotning maqsadi: O‘zbekistonda tarqalgan ayrim guruhlarga kiruvchi sutemizuvchilarning Umurtqalilarning umumiy ko‘rinishi,a’zolarining solishtirma anatomiyasi; qon aylanishi, nafas olish tizimlari a’zolari tuzilishi o'rganish.
Ishning mazmuni:
1. Umurtqalilarning qon aylanish organlari. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi bosh suyaksizlarnikiki kabi yopiq. U o‘zaro bog‘liq qon tomirlaridan iborat bo‘lib, oddiy sxemada ikki oqimga bo‘linishi mumkin : yelka oqimda qon boshdan dumga qarab oqsa , qorin oqimida teskari tomonga qarab oqadi . Bulardagi qonning harakati yurak faoliyatiga bog‘liq.
Umurtqalilarning yuragi bir necha qismga – kameralarga bo‘lingan qalin devorli muskul xaltadan iborat. Yurakning asosiy qismlari qonni qabul qiluvchi yurak bo‘lmasi va qonni tanaga yo‘naltiruvchi qorinchadan iborat.
Umurtqalilarninig har xil sinflarida yurak kameralarining soni turlicha bo‘ladi.
Embrional rivojlanishda yurak qorin aortasining orqa tomonining kengayishi va shu yerda qayrilgan halqa hosil bo‘lishidan shakllanadi. Halqaning oldingi qismidan yurak qorinchasi , orqa qismidan yurak bo‘lmasi paydo bo‘ladi.
Yurak ko‘ndalang yo‘lli muskullardan iborat, ammo uning qisqarishi iroda impulslariga bo‘ysunmaydi.
Yurakning nisbiy hajmi ( yurak massasining tana massasiga foiz hisobidagi nisbati, yani yurak indeksi ) turli sistematik guruhlarga o‘zgarib turadi. Bundan aniq filogenetik qonuniyat kuzatiladi.
Qonning nisbiy massasi ham xuddi shunday qonuniyat asosida o‘zgaradi.
Qon tomirlari ikki sistemaga bo‘linadi : arterial sistemada qon yurakdan chiqadi , venoz sistemada qon yurakka qaytadi.
Tuban umurtqalilarda ( to‘garak og‘izlilar va baliqlarda ) bitta qon aylanish doirasi bo‘lib , butun venalarda va yurakda vena qoni bo‘ladi. Keyinchalik , o‘pka paydo bo‘lishi bilan ikkita : a) yuraqdan qonni butun organlarga ( tipik xolatda chap yurak qorinchasidan ) tarqatuvchi va hamma vaqt qonni o‘ng yurak bo‘lmasiga qaytaruvchi katta qon aylanish doirasi ;
b) qonni yurakdan ( tipik holatda o‘ng yurak qorinchasidan ) o‘pkaga va u yerda yurakning chap bo‘lmachasiga olib keluvchi kichik qon aylanish doirasi hosil bo‘ladi. Katta qon aylanish doirasidagi arteriyalarda arterial qon , kichik qon aylanish doirasidagi arteriyalarda venoz qon bo‘ladi. Katta qon aylanish doirasidagi venalarda venoz qon oqsa , kichik qon aylanish doirasidagi venalarda arterial qon oqadi.
Umurtqalilar qoni rangsiz plazma suyuqligidan iborat bo‘lib, unda qonning shaklli elementlari: qizil qon tanachalari , yani eritrositlar , maxsus bo‘yoq moddasi bo‘lgan gemoglobin va oq qon , yani leykositlar bor.
Eritrositlar kislorod tashigani uchun oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Leykositlar tanaga tushgan mikroorganizimlarni yo‘qotishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, qonda uning ivishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan amyobasimon trombositlar bo‘ladi.
Umurtqalilarda qon aylanish sistemasi bilan bog‘liq bo‘lgan limfa sistemasi ham mavjud. U limfa tomirlari va limfa bezlaridan iborat. Limfa sistemasi ochiq. Uning faqat yirik tomirlari alohida devorli bo‘lib, tarmoqlari turli organlar hujayralari va qon tomirlari orasiga ochiladi. Limfa tomirlarida limfa bezlaridan ajraladigan rangsiz limfa suyuqligi- limfa oqadi. Limfada esa limfositlar bo‘ladi. Limfa oqimi yirik tomirlarning ayrim(limfatik yurak deb ataluvchi) qismlari qisqarishi ayrim organlar tomirlaridagi bosimning doim o‘zgarib turishi natijasida yuzaga keladi.
Limfa sistemasi qon bilan to‘qimalar orasida moddalar almashinuvida vositachi vazifasini o‘taydi.
2. Umurtqalilarning nafas olish organlari ikki xil bo‘ladi: jabralar va o‘pkalar; bundan tashqari, ba’zilarida teri orqali nafas olish ham muhim ahamiyatga ega. Jabra apparati, odatda,halqumni tashqi muhit bilan bog‘lovchi simmetrik joylashgan juft yoriqlar sistemasidan iborat. Jabra yoriqlarining oldingi va orqa devorlari plastinkasimon o‘simta hosil qiluvchi shilliq qobiq bilan o‘ralgan; o‘simtalar jabra yaproqchalaridan iborat.
Yuqorida aytilgan har bir yaproqlarga ega bo‘lgan ( oldingi va orqa) jabra yoriqlari devori yarim jabra deb ataladi. Jabra yoriqlari orasida visseral jabra yoylari joylashgan (visseral skelet haqidagi bo‘limga q.). Shunday qilib, har bir jabra yoyi har xil ikkita jabra yorig‘ining yarim jabralari bilan, ya’ni bir yoriqning oldingi yarim jabrasi va ikkinchi yoriqning orqa yarim jabrasi bilan tutashgan.
Jabra yoriqlari halqumdan tashqariga qarab o‘suvchi juft entodermal o‘simtalar sistemasi sifatida hosil bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda tashqi qavatning entodermal o‘simtalari ham hosil bo‘la boshlaydi. Bu o‘simtalar bir- biriga qarama- qarshi o‘sib, keyin o‘zaro birlashadi. Binobarin, jabra yoriqlari ento va ektodermal kelib chiqishga ega. Odatda, jabra yaproqlari ektodermal murtakdan hosil bo‘ladi. Faqat to‘garak og‘izlilarda va qalqondorlarda ular entodermadan hosil bo‘lgan.
Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning nafas olish ogani o‘pka. U hiqildoq orqali halqumga ochiladigan bir juft xaltachadan iborat. O‘pka embrional rivojlanish davrida halqum devorining qorin tomonida paydo bo‘ladigan bo‘rtmalar sifatida hosil bo‘lib, entodermal kelib chiqishga ega. Rivojlanishning boshlang‘ich davrlarida o‘pka jabra yoriqlarining bir juft ichki, ya’ni entodermal boshlang‘ichini eslatadi. Shu holat va jabra bilan o‘pkaning qon ta’minotidagi o‘hshashlik o‘pka jabra xaltasining oxirgi juftiga gomologik ekanligidan dalolat beradi.

Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
Umurtqalilarning qon aylanish va nafas olish tizimlarining kafedrada spirtda fiksirlangan holda saqlanayotgan ayrim turlarning oganlari asosida o‘rganib, albomga chizib oling.
1.Tog‘ayli va suyakli baliqlarning qon aylanishi va nafas olish tizimini solishtirma anatomiyasini o‘rganish.
2.Amfibiya va Reptiliyalarning qon aylanishini solishtirma anatomiyasini o‘rganish.
3.Xordalilar tipi vakillarining nafas olishini solishtirma anatomiyasini o‘rganish .
4.Sut emizuvchilarning qon aylanishi va nafas olishini solishtirma anatomiyasini o‘rganish.
Yüklə 31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin