Qon sistemasi fiziologiyasi



Yüklə 26,67 Kb.
səhifə1/4
tarix11.04.2023
ölçüsü26,67 Kb.
#96293
  1   2   3   4
17.Qon sistemasi fiziologiyasi

Qon sistemasi fiziologiyasi



Reja:


  1. Qon sistemasi to’g’risida qisqacha anatomik-fiziologik ma’lumot

  2. Qon yo’qotish oqibatida kelib chiqadigan kamqonlik

  3. Temir yetishmovchiligidan paydo bo’ladigan kamqonlik

Qon sistemasi kasalliklari


Gematologiya qon va qon yaratish a’zolari, ularning normadagi va patologiyadagi tuzilishi va funksiyasi to’g’risidagi fandir. Hozirgi zamon gematologiyasi qon embriogenezi, morfogenezi va morfofiziologiyasini, qon va qon yaratish a’zolarining norma va patologiyadagi holatini o’rganadi.
Anemiya yoki kamqonlik deganda aslida organizmda qizil qon tanachalari va gemoglobin kamayib ketadigan kasallik holatlari tushuniladi. Anemiyalar issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan bo’lib, bu yerda aholining 10—20% ida qonda gemoglobinning miqdori 100% dan kamdir. Bundan ham ko’proq kamqonlik bolalarda (30—40%) va ayollarda, ayniqsa, homiladorlik davrida uchraydi.
Hamshira gematologik kasallarni umumiy shikoyatlari, klinik belgilari, davolash, oldini olish prinsiplari hamda parhez xususiyatlarini (diyetoterapiya) yaxshi bilishi kerak. Bemorni obyektiv va laborator tekshiruvlari asosida hamshira o’z parvarish rejasini tuzadi. Qon kasalliklarida qon ketishi kuzatilishi mumkin (aniq va yashirin), shuning uchun har bir hamshira bemorlarni kuzatishda juda sezgir bo’lishi, shoshilinch yordam ko’rsata bilishi lozim.
Qon sistemasi to’g’risida qisqacha anatomik-fiziologik ma’lumot
Bu sistemaga jigar, suyak ko’migi, limfotik tugunlar, taloq kiradi. Bu yerda qon shaklli elementlari: eritrotsitlar, asosan, qizil suyak ko’migida, leykotsitlar taloqda va limfatik tugunlarda, trombotsitlar qizil suyak ko’migida ishlab chiqariladi. Qon oziq moddalarni organizmning hamma hujayralariga yetkazib beradi va zararli mahsulotlarni tashqariga chiqaradi. Qon plazmadan — qondan shaklli elementlar chiqarilgandan keyin qoladigan tiniq suyuqlikdan iborat. Sog’lom odam organizmida qonning umumiy miqdori taxminan 5 litr bo’ladi. Qon plazmasi—suv bo’lib, unda oqsil moddalar, qand, juda mayda yog’ zarralari, turli xil tuzlar, erigan holatda kislorod (oz miqdorda) bo’ladi. Qonda 5 x1012/l gacha eritrotsitlar bo’lib, ular qonga qizilrang beradi. Eritrotsitlarning yashash davomiyligi taxminan 1 oy, ular ko’proq taloqda parchalanadi, shuning uchun taloqni eritrotsitlar mozori deb ataydilar. Leykotsitlar harakatlanishga qodir, ular organizm uchun yot bo’lgan moddalar, masalan, o’lgan hujayralarni hazm qila oladi (fagotsitoz). Qonda normada 3,2x109/l dan 11,3x109/l gacha leykotsit bor.
Trombotsitlar qon ivish jarayonida qatnashadi. Normada ularning miqdori 180,0 x 109/l dan 320,0 x 109/l gacha yoki 1000 eritrotsitga 50 trombotsit to’g’ri keladi.
Hozirgi vaqtda klinik manzarasi o’ziga xos bo’lgan anemiyalarning ko’p uchraydigan quyidagi turlari farq qilinadi.

  1. Postgemorragik anemiya, qon yo’qotish natijasida paydo bo’ladi.

  2. Temir moddasi yetishmaydigan anemiya, organizmda temir tanqisligi sababli rivojlanadi.

  3. Pernitsioz anemiya (sianokobalamin) yetishmasligiga bog’liq.

  4. Gemolitik anemiya, eritrotsitlar parchalanishidan paydo bo’ladi.

  5. Gipoplastik anemiya, suyak ko’migi funksiyasi pasayibketganda rivojlanadi.


Yüklə 26,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin