Qisqa xulosalar
Bozorni
segmentlash
talabni
qondirishga
tabaqalangan
holda
yondoshuvga, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko‘ra har xil talab
qo‘yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo‘llashga
asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim
segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o‘ziga xos bir
talab namoyon bo‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi.
Bozorni segmentlash, bozorni o‘rganishning asosiy usulidir. Uning
yordamida bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo‘linadi. Bozor
segmenti-bu iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan
qismiki, ular uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni to‘g‘ri
segmentlash, shu segmentning maxsus ehtiyojlariga qat’iy rioya qilingan
holda kam xarajatlar bilan tovar yetkazib berishni to‘g‘ri tashkil qilishdan
iborat. Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo‘yicha
ularning sanoatlashuviga qarab bo‘lishni ko‘zda tutadi.
110
Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq
mezonlar bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi.
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari
bilan boshlanib, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari tasnifiga
bog‘liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi.
Chuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari) bilan
boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qo‘llanish sohasidan bog‘liqligiga qarab
kengaytirishni nazarda tutadi.
Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o‘rganishga
mo‘ljallangan marketing tadqiqotining boshlang‘ich bosqichidir.
Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o‘z
imkoniyatlarini tartibga solib o‘tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi
bosqichidir. U iste’molchilar talabiga va firma imkoniyatiga javob beruvchi
segmentga tovarlarni pozitsiyalashtirish maqsadida bozorning optimal
segmentini qidirish bilan bog‘liq.
Bozorni segmentlashning tamoyillari quyidagilardir:
1.
Geografik tamoyil.
2.
Ijtimoiy- iqtisodiy.
3.
Psixografik tamoyil.
4.
Demografik tamoyil.
5.
Xulq-atvor tamoyili.
6.
Holat tamoyili.
Geografik tamoyil orqali bozorning joylashuvi, aholi soni va zichligi,
tijorat faoliyatining tuzilishi, hududning rivojlanish dinamikasi, inflyatsiya
darajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tamoyil orqali aholining daromadi, ijtimoiy kelib
chiqishi, ma’lumoti kabi omillar inobatga olinadi.
Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning turi, jamoat holati
kabi omillar hisobga olinib, turmush tarzi shaxsning o‘z faoliyatida,
qiziqishlarida, qat’iyatida va e’tiqodlarida o‘z aksini topadi. Shaxsning turi
esa hayotdan mamnun, melanxolik, o‘zgalardek ish ko‘ruvchi, o‘zbilarmon va
boshqa hislatlarda bo‘lishi mumkin.
Demografik tamoyillarda oilaning soni va sifat tarkibi, oilaning
hayotiylik davri bosqichi, daromadlilik darajasi, mashg‘ulot turi, jinsi, millati
kabilar
inobatga
olinadi
hamda
bozorni
segmentlashning
asosiy
tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo‘l, foydalanuvchi maqomi,
iste’mol jadalligi, bog‘lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish,
tovarga bo‘lgan munosabati hisobga olinadi.
|