11.
2. Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish
tarmog‘ini shakllantiruvchi omillar
Chakana savdo aholiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri tovar sotish va xizmat qilish
bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. Chakana savdo
tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar
sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash,
qo‘shimcha ishlash, narxlarni o‘rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi.
Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini
bajaradi. Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko‘rsatishlari
138
bilan turlanadi. Xususiy, aksiyadorlar, ijara va qo‘shma mulklarga asoslangan
chakana savdo hozir barcha mamlakatlarda, shu jumladan, mamlakatimizda
ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Chakana savdoning moddiy-texnika asosini
do‘konlar, univermaglar, maxsuslashgan do ‘konlar, supermarketlar,
oshxonalar va ko‘pchilik mayda shohobchalar tashkil etadi.
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:
1.
Do‘konning jihozlari.
2.
Mijozga xizmat ko‘rsatish darajasi.
3.
Tovar assortimenti.
4.
Savdoda xizmat ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra farqlanadi.
Bog‘liq bo‘lmagan do‘konlar, odatda bir kishi mulkchiligida bo‘ladi. Bu
qoidaga ko‘ra, kichik do‘konlar bo‘lib, xizmat ko‘rsatishni yuqori darajasi
bilan farq qilib, savdo masalalarini rahbarning o‘zi hal qiladi.
Korporativ tarmoq o‘z ichiga katta do‘konlar sonini oladi. Unda
mulkdor bo‘lib bitta firma hisoblanadi. Chakana savdo tashkilotining bu
turini afzalligi – yirik partiya tovarlariga buyurtma berish imkoniyati orqali
transport xarajatlarini iqtisod qilish va soni bo‘yicha chegirma olish; tashkil
etishni yuqori darajasi; sotishni rag‘batlantirish va bashorat qilish imkoniyati;
tovar zahiralari va narxlarni boshqarish.
Iste’mol kooperativi – bu chakana savdo do‘konlari bo‘lib,
iste’molchilarni o‘zi boshqaradi (ko‘proq oziq-ovqat bozorida).
Savdo kooperativlari – bu bog‘liq bo‘lmagan do‘konlar tarmog‘i bo‘lib,
odatda bitta ta’minotchidan va aynan o‘shandan xarid qiladi. Uning afzalligi
– xaridorlar ko‘z o‘ngida yirik savdo tarmog‘i imidjini yaratish (past narxlari
bilan jalb etuvchi).
Xizmat ko‘rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog‘liq. Kundalik
talabdagi tovarlar uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish; avvaldagi tanlov
tovarlari uchun chegaralangan xizmat ko‘rsatish; yuqori tovarlarga to‘liq
xizmat ko‘rsatiladi, bu o‘z ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish,
solishtirishni, tanlashni, turli savollar bilan maslahat berishni oladi.
Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning
texnologiya jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste’mol
tovarlarini ishlab chiqarish korxonasidan iste’molchilarga yetkazib berish
jarayonida tovarlarni tanlash va aholining shu tovarlarga o‘sib borayotgan
ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana
savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga savdo xizmati ko‘rsatishning
sifati, ya’ni savdo madaniyati chakana savdodagi texnologiya jarayonlarini,
ayniqsa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga bog‘liqdir, shu sababli chakana
savdo korxonalarining butun savdo operativ faoliyati shu vazifaga
bo‘ysundiriladi.
139
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik
vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va
davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo
ahamiyati quyidagichadir:
chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini
kengaytirib taklif etadi;
katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;
yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini
chuqur o‘rganadi;
tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi;
ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa
bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar.
Ulgurjisiga faoliyat ko‘rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi
firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‘lim
yoki firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji
savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik,
qo‘shma va davlat mulkiga asoslangan bo‘lishlari mumkin.
Ulgurji savdo bazasi mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi, maxsus ombor
xo‘jaligiga va malakali xodimlarga ega bo‘lgan firma mavqeida ishlaydi. U
tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchilarga yetkazib
berish jarayonini tashkil etadi. Ulgurji savdoni tashkil etishda tovarlar
bazalari orqali yoki ularning topshirig‘i bilan ishlab chiqarishdan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri iste’molchi firmaga (tranzit usuli) yetkazib berilishi mumkin. Ammo
ulgurji savdo bazalarining tovar harakatini va sotilishini tashkil qilishdagi
ahamiyati beqiyosdir. Ularning faoliyat ko‘rsatishlari uchun obyektiv
zaruriyatlari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanish qonuniyati
maxsuslashtirilishi tufayli tovarlar ko‘p korxonalarda tor assortimentli
bo‘ladi.
Chakana savdo uchun esa aholiga mo‘l-ko‘l, universal assortimentli
tovarlar taklif etish zamonaviy marketing talabidir. Ulgurji savdo bazalari ana
shu tor ishlab chiqarish assortimentidan keng universal savdo assortimentini
shakllantiradi. Tovar birjalarini ulgurji savdo faoliyatining bazalaridan farqi,
ular tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shug‘ullanmaydi, ombor
xo‘jaliklari ham yo‘q, ular faqat vositachilik qiladilar. Agent va brokerlar
vositachilik ishini bajaradilar, ammo moddiy javobgarlikni zimmalariga
olmaydilar. Agentlar ishlab chiqarish firmalarida va ulgurji savdo bazalarida
ishlashadi. Brokerlar tovar birjalarida asosiy o‘rinni egallaydilar. Brokerlar
140
joyi birjada tanlov asosida sotiladi, ular bir tomondan birjadan, ikkinchi
tomondan, o‘z faoliyatlari uchun haq oladilar.
Diler – mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo‘lib, oldi-sotdi ishlarini
bajaradi va moddiy javobgarlikka ega.
Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun
muhim davr hisoblanadi. Avvalo shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab
olinayotgan vositachi bir vaqtning o‘zida sizning firmangizning bozoridagi
raqobatchisi bo‘lmasligi kerak. Umumiy holatda vositachi firmalar ichidan
sizning tovaringizni sotish bo‘yicha maxsuslashganini tanlash zarur. Yana
vositachi firmaning bozordagi obro‘ - e’tibori, mavqei, moliyaviy ahvoli
qanday va qaysi bank bilan ishlaydi kabi savollarga javob olishi kerak. Uning
asosiy belgilaridan savdo shahobchalarining moddiy texnikasi, joylashishi,
sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga
shartnoma tuziladi va vositachi savdo firma vaqili, rahbari - menejeri
vositachini shaxsan o‘rganadi va uning shahobchalariga boradi. Vositachilar
iloji boricha ko‘proq tanlanadi va ularning marketing - bozor dasturlariga
ahamiyat beriladi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilardan huquqiy hamda
xo‘jalik jihatlaridan mustaqil bo‘lgan firmalar vositachilar jumlasiga kiradi
(sanoat korxonalarining shu’ba savdo firmalari va filiallari vositachilarga
kirmaydi). Vositachilarni harakatga keltiradigan narsa foydadir. Ularning
foydasi xarid narxlari bilan sotish narxlari o‘rtasidagi farqdan yoki bozorda
tovar harakatini amalga oshirishdagi xizmatlari evaziga oladigan mukofotdan
tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko‘rsatadigan
xizmat turlari g‘oyat ko‘p. Ular quyidagilardan iborat:
sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash,
sotuvchi nomidan xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to ‘lanishini
xaridor nomidan kafolatlash, reklama kompaniyalarini o ‘tkazish va bozorni
tadqiq qilish;
transport - tashish ishlari, yukni sug‘urtalashni amalga oshirish, savdo
harakatlarini moliyalash;
texnikaviy xizmat, sotishdan keyingi texnikaviy xizmat ko‘rsatish;
bozor to‘g‘risidagi axborot to‘plash va uni taqdim etish.
Aksariyat jami savdo - vositachilik ishlarining oz sonli eng yirik savdo
monopoliyalari
qo‘lida
to‘planishi
vositachilik
bo‘g‘inida
sifat
o‘zgarishlariga olib keladi. Ularning o‘z moliya kompaniyalari bor, banklar
bilan aloqaga ega, o‘z sug‘urta kompaniyalari, o‘z floti, ehtiyot qism
141
omborxonalari, boshqa tarmoqlarda mahsulotni qayta ishlash sanoat
korxonalari, dilerlik firmalari tarmog‘i va chet ellarda filiallari mavjud.
Xalqaro tovar muomalasida umumiy hajmning yarmidan to uchdan ikki
qismiga savdo vositachilari to‘g‘ri keladi. AQSH, Angliya, Gollandiya,
Yaponiya,
Skandinaviya
mamlakatlarining
tashqi
savdosida
savdo
vositachilari xizmatidan keng foydalaniladi. Tashqi iqtisodiyot faoliyat
sohasida savdo vositachilaridan foydalanish sanoat firmalari uchun muayyan
afzalliklar yaratadi.
Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalligi shundaki, sanoat
firmasi mahsulot eksporti bilan shug‘ullanganda importer mamlakat
hududida savdo shahobchalarini tashkil etish xarajatlarini tejaydi, chunki
vositachi firmalar odatda o‘z moddiy - texnika bazalariga omborxonalar,
namoyish zallari, ta’mirlash ustaxonalari va boshqalarga ega bo‘ladi.
Yana bir afzallik shundan iboratki, vositachilar ishlab chiqaruvchilarni
tovar harakati, tovarni sotish bilan bog‘liq juda ko‘p tashvishlar (mahsulotni
yetkazib berish, saralash, joylash, turli xillarga ajratish va boshqalar)dan ozod
qiladi.
Uchinchi bir afzallik-qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlash asosida
bitishuvlarni moliyalash vositachi kapitalidan foydalanish. Bu holda
vositachilarning banklar, transport hamda sug‘urta kompaniyalari bilan
barqaror ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.
Nihoyat, savdo vositachilari ayrim bozorlarga to‘la xoqimlik qilib olgan
hollarda ham uchraydi va bu bozorlarga iste’molchilar bilan bevosita aloqa
qilish foydalanish zaruratiga aylanadi.
Ammo sotishni vositachilar orqali olib borish ham bir qator
kamchiliklarga ega, chunki ishlab chiqaruvchi sotish bozorlari bilan bevosita
aloqa o‘rnata olmaydi, umuman vositachining vijdon va haq so‘zligiga
bog‘liq bo‘lib qoladi.
Ishlab chiqaruvchi bilan vositachi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
mazmuni va vositachi bajaradigan vazifalarga qarab savdo - tijorat
amallarining bir qancha turlarini ta’kidlab ko‘rsatish mumkin: olib-sotish
ishlari, komission savdo ishlari, agentlik va brokerlik ishlari.
Savdo vositachisi olib - sotish ishlarini o ‘z nomidan va o ‘z hisobidan
olib boradi. Olib - sotish harakatlarining ikki turi bor: birinchi holda
vositachi ishlab chiqaruvchiga nisbatan tovarlarni oldi-sotdisi. Vositachi bu
holda tovar egasi bo‘lib qoladi va uni har qanday bozorda xohlagan narxda
o‘zi bilganicha sotishi mumkin. Tomonlar oldi - sotdi bo‘lgach, vositachi
bilan ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi munosabatlar to‘xtatiladi.
Uning ikkinchi turida ishlab chiqaruvchi vositachiga tovarni muayyan
hududlarida va kelishilgan muddat davomida sotish huquqini beradi.
142
Olib-sotish harakatlari mazmuniga qarab, bu ish bilan savdo uylari,
eksport, import, ulgurji, chakana firmalar, distribyuterlar, stokistlar shug
‘ullanadilar. Savdo uylari bunday ishlarni asosan o‘z hisobiga amalga
oshiradi.
Savdo - vositachilik ishlarining navbatdagi turi - komission faoliyat
komissioner deb ataladigan, bir tomonning komitent deb ataladigan ikkinchi
tomon topshirig‘i bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o‘z nomidan
bitishuvlarni amalga oshirishdan iborat. Komitent bilan komissioner
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar komissiya shartnomasi bilan tartibga
solinadi.
Komission ishlarining yana bir ko‘rinishi - konsignatsiya xarakteridir.
Konsignator - eksporter (konsitrat)dan o‘z omboriga tovar konsignatsiya
shartnomasi belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada jo‘natilgan
tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning ko‘rinishlaridan biri,
lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga,
ammo o‘z nomidan olib boradi.
Agentlik harakat (ish)lari - prinsipial deb ataladigan bir tomonning agenti
(savdo va tijorat) deb topshirig‘idan iborat.
Sanoat agenti muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir qancha
sanoatchilar tovarlarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat hollarda savdo
agentlari kommivoyajerlar deb yuritiladi.
Kommivoyajer - savdo firmasining tayyor agenti namunalari.
Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi - broker orqali sotuvchi
va xaridor (sug‘urtachi bilan sug ‘urta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani
ijaraga oluvchi) o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat. Brokerning qaysi
yo‘nalishida faoliyat olib borishidan va u kimning nomidan ish qo‘rishdan
qat’iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma’nodagi vositachi tarzida ish olib
boradi. Broker hech qachon shartnomadagi tomonlardan biri bo‘la olmaydi,
faqat tomonlarni o‘zaro uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish
vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |