144
mebelь, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinasi, elektr yoritkich,
gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin.
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o‘ziga
kerakli tovarga do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat korxonasi,
qurilish, muassasa, dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma
qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi. Bu tovar do‘kondan olinadi
yoki buyurtmachining uyiga yoxud buyurtmada ko‘rsatilgan boshqa joyga
eltib beriladi. Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda hamda murakkab
assortimentdagi tovarlarni ichkaridagi qishloq aholi punktlarida joylashgan
va kundalik talab qilinadigan tovarlar bilan savdo qiladigan do‘konlar orqali
sotishda ana shu usulni qo‘llash mumkin.
Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish
hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol xarajatlarini
kamaytirish, iste’molchi hukmron bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyatga
egadir. Hozirgi sharoitda zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan savdo
avtomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi.
Xorijiy mamlakatlarda tovarlarni sotishda qo‘llanilayotgan quyidagi
ilg‘or usullardan mamlakatimiz savdo korxonalari va tashkilotlarida
foydalanish mumkin:
chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda
kataloglari bo‘yicha nooziq-ovqat tovarlarini sotish;
shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy
interyer, uncha ko‘p bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan chakana savdo
korxonalarida narxi tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan
savdo qilish;
«qulay do‘konlar», cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan yangi
oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga butun kun
mobaynida xizmat ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish.
Xorijiy
mamlakatlar
savdo
korxonalarida
tovarlarni
sotishda
qo‘llanilayotgan ilg‘or usullarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi yo‘llar
xaridorga yanada ko‘proq turli xil xizmatlarni ko‘rsatish va tovarlarga
bo‘lgan narxni tushirish hisoblanadi. Bulardan savdo korxonalarida
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: